Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Ключевые слова: ИКТ, комплаенс, комплаенс, глобализированная эра, 
глобальная информация, требования к информационной комплаенсу, 
информационная грамотность. 
Annotation. Nowadays, the speed and variety of information flows require 
critical thinking, Information technologies have already had an impact on every 
aspect of our society. The article considers the possibilities of using information 
culture in the development of global thinking of teachers. 
Keywords: ICT, compliance, compliance, globalized era, global information, 
requirements for information compliance, information literacy. 
 
Jahon taʼlim tizimida o‘quvchilarning tayanch kompetentsiyasini 
rivojlantirishning samarali mexanizmlari taʼlim jarayoniga tadbiq etilgan. Janubiy 
Koreyada o‘tkazilgan Xalqaro taʼlim forumida 2030 yilgacha qabul qilingan 
“Incheon declaration”da “taʼlim sifatini baholash jarayoni va vositalarini 
takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni 
amaliyotga joriy etish” [5], fan va taʼlim yutuqlarini o‘quv materiallari mazmuniga 
singdirib borish, ona tili fanini o‘qitish sifatini oshirishga oid tendentsiyalarni 
amaliyotga tadbiq etishga alohida eʼtibor berilgan. 
O‘zbekiston ta'limini yangi jahon darajasiga o‘tishi, zamonaviy jamiyatni 
intensiv axborotlashtirish kelajakning o‘qituvchilariga professional tarkibiy 
qismlariga ma'lum talablar qo‘yilmoqda va axborot kompetentsiyasi bu 


159 
talablarning asosiylaridan biridir. 
Xozirgi kunda jamiyatni axborotlashtirish darajasi davlatning Rivojlanish 
darajasini baholashning asosiy mezonlaridan biri hamda uning iqtisodiy va siyosiy 
salohiyatining eng muhim omilidir. Jamiyatni axborotlashtirishning ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri shaxsning axborot madaniyatini shakllantirishdan iboratdir. 
“Media” va “kompetentlilik”, “mediakompetentlilik” atamasining tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan atamaning birinchi tarkibiy qismi atamalar 
lugʼatida “media” (lot. Media – vositalar) – (ommaviy) kommunikatsiya vositalari 
– maʼlumotni yaratish, yozib olish, nusxalash, ko‘paytirish, saqlash, tarqatish, 
idrok etish hamda subʼekt (mediamatn muallifi) va obʼekt (ommaviy tinglovchilar) 
o‘rtasida almashishning texnik vositalari sifatida taʼriflangan [5]. 
“Kompetentsiya” (lot. Sompetere – muvofiq bo‘lmoq, to‘gʼri kelmoq), bilim, 
mahoratlarni qo‘llash qobiliyati kabi umumiy turdagi masalalarni hal qilishda 
amaliy tajriba asosida muvaffaqiyatli harakat qilish bilan aniqlanadi; 
kompetentlilik esa (ing. Competence) – kompetentsiyalar yigʼindisi; muayyan 
sohada samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilimlar va tajribalar 
mavjudligi”ni bildiradi [5]. 
O‘zbekiston milliy entsiklopediyasida “kompetentsiya” (lot. Compete – 
erishyapman, munosibman, loyiqman) – u yoki bu sohadagi bilimlar, tajribalar» 
sifatida taʼriflangan [6]. 
O‘qituvchining axborot kompetentsiyasi - bu ko‘p bosqichli proffisional 
kasbiy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘qituvchi shaxsining xarakteristikasi. Bu 
kompitensiya operatsiya jarayonida ma’lum bo‘ladi ya’ni, ma’lumotlarni qidirish, 
yig‘ish, analiz qilish hamda u ma’lumot bilan bo‘lishish operatsiyalarida va bu 
ma’lumotlarni o‘zining kasbiy pedogogik faoliyatida foydalana olish jarayonidir. 
Bu sizga mintaqaviy axborot-ta’lim muhitida tezkor harakat qilish imkonini beradi 
va kasbiy muammolarni hal qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, rivojlantirish uchun 
ishlatiladigan kompetentsiyalar to‘plamidan hisoblanadi. 
Kompitentlik - bu insonning u yoki bu faoliyatda namoyon bo‘ladigan 
universal qobiliyati hisoblanadi. 
O.V.Akulovaning [1] fikricha, o‘qituvchining axborot kompetentsiyasi kasbiy 
martaba qurish uchun ma’lumotni qidirish, tahlil qilish va undan foydalanish 
qobiliyatlari bilan tavsiflanadi (bu erda “martaba” ta’rifi nafaqat ishda 
muvaffaqiyatga erishish, balki inson o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish jarayoni 
sifatida ham qabul qilinadi). 
Kelajakdagi o‘qituvchining axborot kompetentsiyasini shakllantirish bugungi 
kunda asosiy muammolardan biridir, chunki o‘qituvchi oldida turgan vazifalardan 
biri zamonaviy axborot makonida yaxshi yo‘naltirilgan bitiruvchilarni 
tayyorlashdir. Shuni ham yodda tutish kerakki, o‘qituvchi talaba uchun yagona 
to‘g‘ri ma'lumotni tashuvchisi hisoblanadi. 
O‘qituvchining axborot kompetentsiyasi quyidagi ko‘nikmalarni o‘z ichiga 
oladi: 
 Turli xil ma’lumot manbalari bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish: 
kitoblar, 
darsliklar, 
ma’lumotnomalar, 
atlaslar, 
xaritalar, 
aniqlovchilar, 
entsiklopediyalar, kataloglar, lug‘atlar, CD-Rom, Internet; 


160 
Mustaqil ravishda qidirish, olish, tizimlashtirish, tahlil qilish va o‘quv 
muammolarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni tanlash, uni tartibga 
solish, o‘zgartirish, saqlash va uzatish; 
 Axborot oqimlarida harakat qilish, ulardagi asosiy va zarur narsalarni 
ajrata olish; Ommaviy axborot kanallari orqali tarqatiladigan ma’lumotlarni ongli 
ravishda idrok eta olish; 
 Axborot qurilmalaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish: 
Kompyuter, televizor, magnitafon, telefon, mobil telefon, peyjer, faks; 
 Ta’lim faoliyatidagi turli masalalarni hal qilish uchun axborot va 
telekommunikatsiya texnologiyalardan habardor bo‘lish: Audio va video yozuvlar, 
elektron pochta, Internet tarmoqlari. 
Mediakompetentlik tushunchasi ostida yotadigan bir necha atamalar, 
jumladan, mediamadaniyat, mediatarg‘ibot, mediataʼlim, mediaaxborot, kompyuter 
madaniyati, mediasavodxonlik kabi atamalari umumiy maʼnoda axborot 
madaniyatini shakllanishi va rivojlanishining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. 
Kompetentlik shaxs tomonidan alohida bilim va malakalarni egallanishini 
emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va 
harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. 
N.V.Chicherina “mediakompetentlik” atamasini “global axborot makonida 
ommaviy axborot vositalari oqimlari bilan yetarli darajada o‘zaro ishlash 
qobiliyati” deya tushuntirish berib, turli xil ommaviy axborot vositalari va 
kommunikatsiyalar orqali tarqatilgan media-matnlarni har xil shakllarda qidirish, 
tahlil qilish, tanqidiy baholash va yaratish” deb taʼriflaydi [6]. 
Maktabning ta’lim sohasiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish 
sharoitida o‘qituvchining axborot kompetentsiyasining ahamiyati ortib bormoqda. 
Zamonaviy ta’lim mutaxassislaridan quyidagilar talab qilinmoqda: uzluksiz ta'lim, 
kasbiy 
harakatchanlik 
va 
moslashuvchanlik, 
professional 
mutaxassis, 
kompitentlilik, rejalashtirish, amalga oshirish kabi qobiliyatlari. 
Yuqorida 
o‘qituvchining 
axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalar 
kompitensiyasi haqida aytib o‘tgandim. Endi keling o‘qutuvchilarning AKT [2] 
savodxonligi tushunchasiga to‘xtalib o‘tsam. 
O‘qituvchining AKT savodxonligi va AKT kompetentsiyasi kabi 
tushunchalarni farqlash muhimdir. 
Ya’ni, AKT savodxonligi deganda faqat dasturiy mahsulotlar va shu kabi 
kompyuterlar bilan ishlash asoslari, ularning asosiy funktsional imkoniyatlari, 
Internetda ishlashning umumiy tushunchalari haqida tushuncha tushuniladi. 
Bundan tashqari, AKT vakolatlari doirasida faqat bilim yetarli emas. Bu 
ma'lum bir ma’lumot vositalaridan real foydalanishni, ularni o‘quv jarayoniga 
kiritishni o‘z ichiga oladi. Rivojlanishning hozirgi bosqichida ular kognitiv va 
kommunikativ 
masalalarni 
yechish 
jarayonida, 
tajribalar 
o‘tkazishda 
foydalanishlari mumkin. 
Zamonaviy o‘qituvchi malakasining asosiy elementlaridan sir emas bu AKT 
kompetentsiyasidir. Har yili har qanday fanni o‘qitish darajasi oshib bormoqda. 
AKTning joriy etilishi tufayli ta’lim jarayonining o‘zi individual va samaraliroq 
bo‘lib bormoqda. O‘qituvchining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 


161 
foydalanish qobiliyati tufayli ma’lumotni o‘zlashtirish bilan birga o‘quvchilarning 
qiziqish darajasini haqiqatan ham oshirish mumkin. 
Axborot jamiyati talablariga mos ravishda o‘qituvchilarning kasbiy darajasi 
doimiy ravishda takomillashib bormoqda. Professionallikni oshirish uchun ketma-
ket bir necha bosqichlarni bosib o‘tishingiz kerak. 
Agar birinchi bosqichda o‘qituvchi asosiy axborot-kommunikatsiya 
ko‘nikmalarini 
o‘zlashtirsa, 
ikkinchi 
bosqichda 
o‘qituvchining 
AKT 
kompetentsiyasi shakllanadi. Bu pedagogik tarmoqning o‘zaro aloqasi fonida 
hozirgi o‘quv jarayonini doimiy ravishda takomillashtirishni ta’minlaydi. 
Zamonaviy ta’lim maktablarida o‘quv jarayonini tashkil etishda, albatta, 
axborot jamiyatining ehtiyojlari hisobga olinadi. Axborotlashtirish jarayoni 
o‘qituvchilarning o‘zlarining AKT vakolatlarini faol rivojlantirish va 
takomillashtirish bilan birga olib borilmoqda. 
A.I.Rakitov [3], axborot jamiyatining shakllanishini ustida tadqiqotlar olib 
borib,quyidagilarni alohida takidlaydi: 
Axborot texnologiyalarining tarqalishi, fikrlash uslubini, turmush tarzini, 
odamni ijtimoiy makonga yo‘naltirish usullarini o‘zgartirishga yordam beradi. 
A.I.Rakitovning 
fikricha 
o‘qituvchining 
axborot 
kompetentsiyasini 
shakllantirish vazifalari bular: 
 Axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalar bilan boyitish; 
 Axborot bilan ishlashda kommunikativ, intellektual qobiliyatlarni 
rivojlantirish; 
 Ta’lim jarayonining turli sub’ektlari o‘rtasida yagona axborot-ta’lim 
muhitida (makonda) interfaol muloqotni amalga oshirish, ular quyidagilar bo‘lishi 
mumkin mamlakat, mintaqa, universitet va boshqalar. 
L.А.Ivanovaning taʼkidlashicha, “mediataʼlimning maqsadi ommaviy axborot 
vositalari orqali olingan tizimlashtirilgan bilimlarning yigʼindisi, talabalar orasida 
kommunikatsiya sohasida ko‘nikmalarni shakllantirish va media mahsulotlarni 
isteʼmol qilish tanlovini shakllantirish” – deb tushuntirish beradi[6]. 
Maʼlumki, shaxs nima sodir bo‘layotganligini to‘gʼri aniqlash uchun tanqidiy 
fikrlay olish, o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lishi kerak va buning uchun hech 
bo‘lmaganda mediakompetentlikning elementar ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim 
hisoblanadi. 
Mediakompetentlikni rivojlantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
Birinchi– tajriba; 
Ikkinchi– media sohasidagi yangiliklarni o‘zlashtirish; 
Uchinchi– mustaqil bilim olishga intilish kabi tarkibiy qismlarga asoslanadi. 
Media savodxonlik – mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash 
bo‘yicha ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi9. 
Mas tarkibini quyidagi asosiy tushunchalar tashkil etadi: 
– media savodxonlik
– axborot savodxonligi; 
– o‘z fikrini erkin bayon etish savodxonligi; 
–kutubxona savodxonligi; 
– yangiliklar savodxonligi; 


162 
– kompyuter savodxonligi; 
– internet-savodxonligi; 
– raqamli texnologiyalar sohasidagi savodxonlik; 
– elektron o‘yinlardan foydalanish savodxonligi; 
Kompetentsiya insonning mavjud bilim va hayotiy tajribalarga tayangan 
holda, maʼlum bir muammoni hal etishga doir qobiliyati, degan xulosaga kelish 
mumkin. Demak, bizning fikrimizcha ham, kompetentsiya insonga nafaqat kasbiy, 
balki uning butun hayotiy faoliyati davomida kerak bo‘ladigan qobiliyatlar 
yigʼindisidir. Ularni to‘la egallamay turib, hech bir mutaxxasis o‘z pedagogik 
faoliyatini muvaffaqqiyatli yurita olmaydi. Maqola yakunida Kanfutsiyning 
chiroyli gapiga ham o‘z fikrimni bo‘lishmoqchiman. Konfutsiy aytadi “O‘qituvchi 
va o‘quvchi har doim birga rivojlanishadi.” Bu bilan u nima demoqchi? 
Fikrimizcha, faylasuf hech qachon o‘z ustingizda ishlashni va bilim olishni 
to‘xtatmang demoqchi. Agar siz to‘xtasangiz sizga ergashib kelayotgan qora ko‘z 
o‘quvchilaringizni rivojlanishdan to‘xtatib qo‘yasiz. Zamon bilan hamnafas 
bo‘ling. Hamisha izlanishda bo‘ling. Turli yangiliklardan habardor bo‘ling va uni 
tadbiq qila oling. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling