Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
Аннотация: В данной статье освещены дети дошкольного возраста,
их психологические особенности, психологические проблемы в общении, которые допускают взрослые при воспитании детей в семье и разработаны рекомендации. Ключевые слова: Тип лидерской деятельности, установка, психика, стресс, невроз, страх, мышление. Jamiyatimizda ta’lim sifatiga erishish va har tamonlama barkamol yosh avlodni shakllantirish asosiy masalalardan biri. Oilada farzandlar tarbiyasi barcha davrlarda o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Jumladan, hozirgi bolalarda ko‘plab strees, nevroz, qo‘rquv holatlari juda ko‘plab psixologik muammolarni keltirib chiqaryapdi. Bu holatlar oilada ota-onaning farzand tarbiyasi borasida psixologik bilimining yetishmasligi natijasida bolalarga telefon bilan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini hosil qilmasligi, ota-onaning o‘ta qattiqqo‘lligi, o‘ta erkalatishlari va maktabgacha ta’limda esa tarbiyachidan qo‘rqishi “Biron xato qilib qo‘ysam, koyib beradilar” - degan fikrda bo‘lishi kabi muammolardir. Bu haqida ko‘plab psixolog va olimlar tajriba va tadqiqotlar o‘tkazishgan, jumladan bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlari borasida atoqli rus psixologi L.S.Vigotkiyning oliy psixik funksiyalar shakllanishi haqida qonuni va A.N.Leontyevning “Yetakchi faoliyat tipi” kabi izlanishlarida bola taraqqiyotiga ta'siri muammosini chuqur o‘rgangan [1]. Bolaning ota-onasi bilan munosabati yomonligining sababi asosan kattalarning bolaga nisbatan adolatsizligi oqibati hisoblanadi. Bunday holatlarda haqiqatdan ham bolaning psixologiyasida jiddiy o‘zgarishlar va muommolar bo‘ladi. Hammamizga ma'lumki, maktabgacha yoshidagi bolalar balki, kichik maktab 156 yoshidagi o‘quvchilar ham juda ko‘p savol berishadi. Chunki, qiziqqan narsasini bilishga intiladi. Asosan maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onasidan atrofidagi katta yoshdagi odamlardan o‘zi uchun mavhum bo‘lgan narsalarni bilishga qiziqishadi va u nima? bu nima? buni nima qiladi? nima uchun? nima qilish kerak? nima uchun kerak? degan ajoyib savollarga ko‘mib tashlaydi. Bunday savollarning ayrimlariga kattalar ham javob topisholmay qoladi. Bilmagan narsalarini o‘rganishga harakat qiladi. Ayrim ota-onalar ishlarini bahona qilib farzandlarining bunday savollariga javob berishmaydi. Buning asl sabablari avvalo, bola rivojlanish qonuniyatlarini bilmasligi; ikkinchidan, vaqtini bola tarbiyasiga to‘g‘ri taqsimlay olmasligi; uchinchidan “Vertual olam” ularni informatsiya olami bilan band qilganligi; to‘rtinchidan ruhiyatidagi o‘zgarishlar ya’ni stressning ko‘pligi; beshinchidan nosog‘lom psixologik muhit kabilar. O‘zlari berishi kerak bo‘lgan mehrni begona bir enagaga topshirib asosiy vaqtini ish faoliyatiga qaratishadi. Eng achinarlisi bola bilan muloqot ko‘lami kamayib ketgan, bir kunlik bola hayoti bilan qiziqib ko‘rish va unga savollar berib fikrlashga o‘rgatish o‘rniga uyda bo‘lganda ham charchaganliklarini bahona qilib suhbatlashishni xohlashmaydi. Savol bersa “Ko‘p savol berma”, “Mana shu telefonni o‘ynab jim o‘tir” - deb ko‘yishadi. Oqibatda bola ruhiyatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bunday muammolar bugungi kunda juda ko‘plab o‘zbek oilalariga xos bo‘lib borishi achinarli holat. Bolaning kelajagi, uning shaxs bo‘lib kamol topishi ko‘p jixatdan ota-onasi, oilasi, yon atrofdagi insonlar bilan bog‘liq. Hamda ta’lim tarbiyasi ham muhim ahamiyat kasb etadi[2]. Bolani haddan ziyod erkalatish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki ko‘p e'tibor ko‘rsatilgan oilada bola: “Meni yaxshi ko‘rishadi”, “Men kerakman”, “Men uchun yashaydi” degan fikr bolaning tarbiyasini buzadi. Bunday oilada bolalar tug‘ulganidan, o‘zining borligidan mag‘rurlanib ota-onasi har qanday xohish- istaklarini bajo keltirishiga ishonadi va bajo keltirishlarini so‘raydi. Agar bolaning istagini amalga oshirmasa harhasha qila boshlaydi. Istagi amalga oshmagan bola, injiqligi ko‘p yig‘laganliganligi bois kasal bo‘lib qolishi ham mumkin. Bolaga e’tibor juda kam bo‘lgan yoki o‘z holiga tashlab qo‘yilgan oilaning bolalarida ota-ona mehriga to‘ymaslik, “Sizlar meni xafa qilyapsizlar, men ham shunga munosib javob beraman” deb salbiy fikrlay boshlaydi. Bunday sharoitda bola ataylab, ota-onasiga yoqmaydigan qiliqlar qiladi, aytganlarining teskarisini bajaradi. Bu munosabatlar ota-onaga ham, bolaga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi.Oilasidan mehr ololmagan bola ko‘chadan mehr izlaydi. Yuqoridagi har ikkala tarbiya, e'tiborsizlik bolalarda bolalar nevroziga sabab bo‘ladi. Sog‘lom bo‘lmagan bola kelajakda bundanda yomon vaziyatlar egasi bo‘lib qolishi mumkin. Kelajakda tengdoshlari orasida ham o‘z fikrini bayon qilolmaslik, qo‘pollik, yonidagi insonlarga qo‘shila olmaslik, o‘zini yolg‘iz his qilish kabi salbiy tomonlar paydo bo‘la boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsiy rivojlanishining asosiy o‘zgarishlari, ularning shaxsiy sifatlari, layoqatlari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o‘zini-o‘zi anglashi kabi hislarning yuzaga kelishi hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota-onalari haqidagi 157 fikrlari va ularga beradigan baholari nihoyatda ahamiyatlidir. Bog‘cha yoshidagi bolalarning hayoli asosan, ularning turli-tuman o‘yin faoliyatlarida o‘sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar maktabgacha yoshdagi bolalarda xayol qilish qobilyati bo‘lmaganda edi, ularning xayoli ham xilma-xil bo‘lmas edi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning xayollari turli xil mashg‘ulotlarda ham o‘sadi. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar loydan turli narsalar yasashni, qumdan turli narsalar qurib o‘ynashni va rasmlar solishni yaxshi ko‘radilar. Ana shunday mashg‘ulotlar bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir qiladi O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda bolalarga mansub bo‘lgan mehnat ham narsalar haqida fikr yuritish ham san’at, hayol qilish ham dam olish va hushchaqchaqlik manbalari ham mujassamlangandir. Mana shu jarayonlarning barchasi o‘yin faoliyatida namoyon bo‘ladi, hamda bo‘lalar talab qilayotgan darajadagi to‘laqonli hayotni ta’min eta oladi. O‘yinning bolalarni maftun etuvchi tomoni ana shunda. O‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa va hodisalarni bilish vositasi bo‘libgina qolmay, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va mazmunli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual fazilatlari ham shakllanadi. Mana shu nuqtai nazardan o‘yin maktabgacha ta’lim-tarbiya ishlari orasida eng asosisi hisoblanib, markaziy o‘rinda turadi. Demak, maktabgacha yoshdagi ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq ravishda tashkil qila bilishga bog‘liqdir. Bolaning haddan tashqari o‘yinga berilib ketishini (xayoliy tarzda cho‘pdan yasalgan otni, stulchalardan qilingan paroxodni berilib haydashni) real voqelikdan chetga chiqib ketish deb qaramaslik kerak. Bola voqelikni, ya’ni o‘zi yashab turgan muhitni va undagi turli-tuman narsa hamda hodisalarni juda sevadi. Bola o‘zining voqelikka bo‘lgan cheksiz muhabbatini va undagi narsa hamda hodisalarni bilishga bo‘lgan intilishini o‘zining xilma-xil o‘yin faoliyatlarida ifoda etadi. Shuning uchun bola o‘zining turli variantdagi o‘yinlarida xayoliy muhit yaratib, voqelikni mumkin qadar to‘la va to‘g‘ri aks ettirishga intiladi. Chet el psixologlaridan J.Piaje va Koffkaning fikricha, bolalar go‘yoki bir-biridan ajratilgan ikki xil dunyoda, ya’ni xayollar, afsonalar dunyosida va (real) voqeiy dunyoda yashaydilar. Bolalar o‘zlarining faoliyatlarida qanchalik xayolga berilib ketmasinlar, har doim voqeiy dunyoga, undagi real narsalarga nazar tashlab turadilar[3]. Xulosa qilib aytganda bolalarning ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Bo‘sh vaqtlarini esa mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashish kerak. Turli xildagi qiziqarli ertaklar o‘qib berish ham bolaning fikrlashini o‘stiradi. Ota-onalar va tarbiyachilarning tarbiyasi bola hayotida muhim rol o‘ynaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling