Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Key words: teacher, educator, teacher-educator, professional activity, 
education, upbringing, continuous education, continuous upbringing, spiritual and 
moral education.
2017–2021-yillarga mо‘ljallangan “О‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”, О‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Yoshlarni ma’aviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, 
ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga kо‘tarish chora-
tadbirlari”ga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini 
ta’minlash, ta’lim-tarbiyaning zamonaviy metodologiyasini yaratish, о‘quv 
adabiyotlarining yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda 
mutaxassis xodimlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish taqozo etiladi. 
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotida 
innovatsion yondashuvlar, izlanishlar, tadqiqot muammolariga oid yechimlar, 
ilmiy-amaliy tavsiyalar yaratildi. Oliy ta’lim tizimi uzluksiz ta’lim tizimiga - 
maktabgacha ta’lim, umumiy о‘rta ta’lim, professional ta’lim, kasb-hunar ta’limi, 
malaka oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim tizimi uchun 
mutaxassislar tayyorlab berar ekan, ularning kasbiy tayyorgarligi, ma’naviy-
axloqiy qiyofqasiga, о‘qituvchilarning tarbiyachilik darajasiga alohida talablar 
qо‘yilmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimida ishlaydigan har bir mutaxassis kasbiy 
pedagogik ma’lumotga ega bо‘lish bilan cheklanmasdan, aynan shu yoshdagi 
о‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishga maxsus tayyorgarlik kо‘rgan bо‘lishi 
maqsadga muvofiqdir. Bо‘lajak mutaxassislar о‘zini о‘qituvchi sifatida emas, 
ixtisoslik sohasida kasbiy kamol topishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Natijada 


150 
bunday kadrlar pedagogik faoliyat yuritganda ixtisoslik fanidan chuqur bilim 
berishga harakat qiladi, lekin tarbiya jarayonining о‘ziga xos qonuniyatlari, 
tamoyillari, mazmun-mohiyati, metodlari, vositalari va shakllarini professional 
darajada tatbiq etishga qiynaladi. Ular uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarga ustoz-
murabbiy bо‘la olishi, har tomonlama ibrat-namuna kо‘rsatishi davr talabiga 
aylandi. Shuning uchun ham uzluksiz ta’lim tizimi uchun о‘qituvchi tayyorlashda 
bir qancha jihatlarga alohida e’tibor qaratish talab etiladi: 
− о‘z fanini mukammal darajada bilish va amaliy faoliyatda tatbiq etishi;
− psixologik-pedagogik bilimlar bilan qurollangan bо‘lishi, milliy urf-odat, 
an’ana, qadriyatlardan xabardor bо‘lishi;
− о‘zidagi shaxsiy-kasbiy bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘quvchilarga 
yetkaza olishi; 
о‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, tarbiyachi hamdir.
О‘zgalarga tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatish uchun о‘zi mukammal tarbiya kо‘rgan, 
ma’naviy dunyosi boy, axloqiy qiyofasi pok, estetik didi yuqori, о‘qituvchi-
tarbiyachi о‘quvchi-tarbiyalanuvchilarga xos namuna bо‘la olishi zarur. Hozirda 
uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning ma’lum bir qismi 
yuqoridagi talablarga tо‘la javob beradi deb bо‘lmaydi. Ma’lumki, har bir darsning 
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadi bо‘lib, о‘qituvchi maqsadlar 
katalogini ishlab chiqishda uning yechimiga amal qilishi zarur. Mamlakatimizda 
ta’limning uzluksizligi, ayni paytda, tarbiya jarayonining uzluksizligini ham ifoda 
etadi. Ta’lim jarayonida integratsiya bilim va kо‘nikmalar majmuasini 
kengaytiruvchi manba vazifasini bajargan bо‘lsa, tarbiya jarayoniga xos 
integratsiya uzluksiz tarbiya tizimini bog‘lovchi mexanizm vazifasini о‘taydi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonining pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
tatbiqi bilan bog‘liqligi insoniyat tamaddunining avloddan-avlodga uzatuvchi 
axborot sivilizatsiyasi deb yuritiladi. Mamlakatimizda ta’limning uzluksizligi, ayni 
paytda, tarbiya jarayonining uzluksizligini ham ifoda etadi. Ta’lim jarayonida 
integratsiya bilim va kо‘nikmalar majmuasini kengaytiruvchi manba vazifasini 
bajargan bо‘lsa, tarbiya jarayoniga xos integratsiya uzluksiz tarbiya tizimini 
bog‘lovchi mexanizm vazifasini о‘taydi. Buning uchun quyidagi pedagogik 
vazifalarni hal etish lozim bо‘ladi: 
- о‘qituvchi-tarbiyachiga kasb faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan shart-
sharoitlar yaratish; 
- shaxsga yо‘naltirilgan ta’lim mohiyatini belgilovchi о‘quv seminarlar
seminar-treninglar tashkil etish (yosh mutaxassislar va professor-о‘qituvchilarga 
mо‘ljallangan); 
- pedagogik faoliyatni takomillashtirish borasidagi nazariy bilimlarni amaliy 
kо‘nikma va malakalarga aylantirish; 
- uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida о‘qituvchining tarbiyachilik faoliyati 
samaradorligini aniqlash.
Tarbiya bosh mezon sifatida inson xulq-atvori va haq-huquqini 
uyg‘unlashtiradi, uning majburiyatlarini tо‘g‘ri yо‘naltiradi. О‘qituvchi-tarbiyachi 
bu jarayonning mutaxassisi sifatida uni amaliyot darajasiga olib chiqadi. 
Mamlakatimizda 
shakllanayotgan 
milliy 
tarbiyashunoslik 
nazariyasi 
va 


151 
amaliyotida innovatsion yondashuvlar, izlanishlar, tadqiqot muammolariga oid 
yechimlar va ilmiy-amaliy tavsiyalarga bо‘lgan ehtiyojning tobora ortib 
borayotganligi о‘qituvchi-tarbiyachi kasbiy faoliyatini takomillashtirishni talab 
qiladi. Kuzatishlar natijalari bugungi о‘quvchi va talaba-yoshlarni ma’naviy-
axloqiy qadriyatlarimizni о‘rganishga bо‘lgan qiziqishlari tobora ortib 
borayotganligini kо‘rsatdi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, tarbiyachining kasbiy 
faoliyatini rejalashtirishga tizimli va shaxsiy faoliyatli yondashuv talab etiladi. 
Tarbiyashunoslik nazariyasi va uning metodikasi о‘qituvchi-tarbiyachidan ilmiy-
nazariy hamda metodik bilim, tajriba egasi bо‘lishni talab etadi. Nazariy bilimlarni 
amaliyot darajasiga olib chiqa olgan о‘qituvchi-tarbiyachi kasbiy mahorat sirlarini 
egallash imkoniga ega bо‘ladi.
Komil shaxs maqomiga yetishish orzusi, avvalo, oiladan boshlanadi. 
Insonning yoshi ulg‘aygan sari oilasi va jamiyatda tutgan mavqeyiga bо‘lgan 
mas’uliyati yanada ortadi. Tabiiyki, har qanday oila va uning vakili mukammal 
bо‘lish sari intiladi. Tarbiya jarayonining xususiyatlaridan kelib chiqib, о‘qituvchi-
tarbiyachining kasbiy faoliyati oila, mahalla va boshqa ijtimoiy institutlar bilan 
hamkorlikda rivojlanib boradi. Tarbiyashunoslik nazariyasi va amaliyotida ters 
aloqa mexanizmining ishlab chiqilishi tarbiya samaradorligini oshiradi hamda 
kafolatli natijaga erishishni ta’minlaydi. Kuzatishlar va ilg‘or pedagogik tajribalar 
о‘qituvchi-tarbiyachi kasbining о‘z tabiatiga kо‘ra hamisha ijodiy yangilik va 
bunyodkorlikka boy bо‘lgan amaliy faoliyatdan iborat ekanligini kо‘rsatdi. 
О‘qituvchi-tarbiyachi kо‘z о‘ngida mamlakat fuqarosi shakllanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling