Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet109/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Ikkinchi qiyinchilik esa muammoli ta’limni ko‘rinishini aniqlashda yuzaga 
keladi, ya’ni o‘qituvchi muammoni yechishga sinfdagi barcha o‘quvchilarni jalb 
qiladimi yoki vazifani ayrim guruh o‘quvchilariga bajartiradimi? Bu qiyinchilik 
o‘qituvchida muammoli vaziyat va muammoning bayoni haqidagi tasavvurlarni 
yetishmasligidan kelib chiqadi. 
Uchinchi qiyinchilik esa darsda o‘quvchilarni qiziqishini uyg‘otish va uni 
uzluksiz rivojlantirib borishida ko‘rinadi. Chunki o‘quvchilar diqqatini bir nuqtaga 
muntazam to‘plashga o‘qituvchining tajribasi va mahorati etmasligi mumkin. 
Muammoli ta’lim haqidagi to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib, shuni ta’kidlash 
lozimki, bu ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan uch ko‘rinishga ega. 
Muammoli ta’lim asosida o‘qitishda: muammoli vaziyatni vujudga keltirish, 
muammoning qo‘yilishi, muammoning yechishini topishdir. Muammoli vaziyatni 
o‘quv jarayonining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha 


177 
ko‘p shallantirish o‘qituvchiga bog‘liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki 
u o‘quvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o‘quvchilarning 
izlanishiga, fikrlashga o‘rgatadi. Muammoli vaziyatni yaratganda o‘qituvchi 
o‘quvchilar o‘z diqqatlarini nimalarga qaratishlari kerakligini aytishi maqsadga 
muvofiqdir. O‘quvchilar yechish jarayonida o‘qituvchi bilan birga harakat qilib, 
muammo yuzasidan fikr va mulohazalarini bayon etib, muammoning yechishiga 
o‘z hissalarini qo‘shadilar. Muammoni yechish jarayonida o‘qituvchi 
o‘quvchilarga eng zarur fikrni aytmaydi, ammo shu fikrni shakllantiruvchi 
dalillarni, faktlarni keltirib o‘tishi kerak bo‘ladi [4]. 
Xulosa qilib aytganda, muammoli vaziyat hosil qilish o‘qituvchidan alohida 
mahorat talab qiladi va uni hech qanday tayyorgarliksiz amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Muammoli vaziyatni vujudga keltirish, bu muammoni hal qilish uchun 
o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mustaqil fikr yuritishga jalb qilish 
o‘qituvchidan ijodkorlikni talab etadi. Muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida 
o‘quvchilar manbalardan unumli foydalanish orqali mustaqil fikrlash va mustaqil 
tafakkur yuritishga o‘rganadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling