Metodikalari kafedrasi
Bu yo‘nalishni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
Bu yo‘nalishni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:
1. Insonparvarlik texnologiyalari. Bu texnologiya o‘zining insoniyligi bilan, psixoterapevtik yo‘nalishi bilan ajralib turadi. Ushbu texnologiya gumanistik psixologiya asosida yaratilgan bo‘lib, uning mazmuni talaba shaxsini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, unga nisbatan hurmat va mehr bilan qarash, majburlashdan voz kechishdan iboratdir. 179 2. Hamkorlik texnologiyasi. Bu texnologiya demokratiya, hamkorlik, tenglik kabi g‘oyalar asosiga qurilgan. O‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi munosabatlar subyekt - subyekt sifatida qaraladi. Birgalikda ta’lim jarayoni tashkil etiladi va birgalikda ijod etiladi. 3. Erkin tarbiya texnologiyasi. O‘quvchigaga tanlash, mustaqillik erkinligi beriladi. O‘quvchi o‘zi tanlagan vosita va mazmunni to‘liq qabul qiladi hamda bu faoliyatni xohish bilan bajaradi. Ichki extiyoj bilan uyg‘unlik hosil bo‘ladi. 4. Ezoterik texnologiya. Ezoterik (yunon. “ezoterikos” – ichki, maxfiy) bilimlar qonuniyatlarni o‘rganish orqali haqiqatga yaqinlashish nazarda tutiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarning mohiyati va tamoyillari. O‘qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o‘quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o‘qitish samaradorligi, asosan, ta’lim oluvchining o‘qitish jarayonidagi o‘rni, pedagogning unga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda o‘qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo‘naltirilgan. Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatda namoyon bo‘ladi, ta’lim oluvchilar esa faqatgina «ob’yekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda ta’lim oluvchining tashabbusi va mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitishmajburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an’anaviy o‘qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo Ya.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o‘qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko‘p tarqalgan o‘qitish tizimi «sinf - dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling