Metodikalari kafedrasi
Oliy ta’lim, professional ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim tizimi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
Oliy ta’lim, professional ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun,
o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: ishbilarmonlik o‘yinlari; muammoli o‘qitish; tabaqalashtirilgan o‘qitish; dasturlashtirilgan o‘qitish; kompyuterlashtirilgan o‘qitish; modulli o‘qitish. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti jadallashtirilgan davrida rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi [2]. Qadimiy yunon faylasufi Suqrot o‘z chiqishlarida savol-javob usulini ishlatar edi. Bu usul haqiqatni bilib olish uchun yordam berar edi. Bugungi kungacha ushbu usul “Suqrot usuli” yoki “Mayevtika” nomi bilan o‘qituvchilar tomonidan keng qo‘llanib kelinadi. O‘rta asr Sharqining buyuk olim-mutafakkirlari tomonidan ham yirik pedagogik meros qoldirilgan. Asrlar davomida shaxsga muhabbat, izzat-hurmat va odamiylik xislatlari asosida sivilizatsiya shakllanib keldi. Sh.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi. Shalva Aleksandrovich Amonashvili taniqli pedagog olim va amaliyotchidir. U o‘zining eksperimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til va matematika o‘qitishning ajoyib metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tatbiq etdi. Sh.A.Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: - bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug‘dirmoq; - bolaning qalbi va yuragini ulug‘lamoq; - boladagi bilishga bo‘lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish; - keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug‘dirish; - ideal tarbiya – bu o‘z-o‘zini tarbiyalash. Sh.A.Amonashvili o‘zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika va metodik usullardan foydalandi: - insonparvarlik; - shaxsiy yondashuv; - muloqot mahorati; - oila pedagogikasining qo‘shimcha imkoniyati; - o‘quvfaoliyati. Sh.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega. Ba holardan foydalanish o‘ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko‘ra sifatli baholashga urg‘u beriladi, ya’ni tavsif, natijalar paketi, o‘z-o‘zini 183 baholash. Hozirgi kunga qadar bolaga nisbatan eng insonparvar munosabat va yondoshuvni amalga oshirish hamda uni ommalashtirish bo‘yicha Sh.A.Amonashvilining samarali faoliyati davom etmoqda [3]. Xulosa qilib aytganda, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarni qo‘llashda o‘quvchining aqliy qobiliyatlarini ochish, o‘quvchining rivojlanishida sog‘lom psixologik muhitni tashkil qilish, nizo va kelishmovchiliklardan asrash, sog‘lom muloqotga o‘rgatish, tabiiy imkoniyatlarini rivojlantirish, qobiliyatini o‘stirishga qaratiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari o‘qitish jarayonida o‘quv maqsadlariga erishish, ilmiy texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o‘qitish samaradorligiga erishish, ta’lim oluvchining o‘qitish jarayonidagi o‘rni, pedagogning unga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu orqali o‘quv jarayonini tashkil etishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim samaradorligiga erishishda ta’lim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling