Metodikalari kafedrasi


Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet114/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
 ta’lim oluvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish, ta’lim oluvchining 
erkin tanlab olis h huquqi; 
 xatoga yo‘l qo‘yish huquqi; 
 o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi pedagog va ta’lim oluvchilar 
munosabati zayli: taqiqlamaslik;
boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish;
 buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon 
berish. 
Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali 
natija bermaydigan va g‘ayri insoniy hisoblanadigan zo‘ravonlik pedagogikasidan 
voz kechishdir. Muammo bu tamoyilni mutlaqlashtirishda emas, balki uning 
oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida 
zo‘ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini 
susaytiradi, unda qulchilik xususiyatlarini shakllantiradi. 
Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi: 
 ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;
 o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga 
rag‘batlantirish; 
 ta’lim oluvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;
 jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.
Yangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o‘quv 
fanidan ta’lim oluvchiga emas, ta’lim oluvchidan o‘quv fani tomonga 
harakatlanishni taqozo etadi, ta’lim oluvchilarning mavjud imkoniyatlarni inobatga 
olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan b o‘ladi. 
Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan 
iborat: 
 
o‘rtacha ta’lim oluvchiga yo‘naltirishdan voz kechish; 
 
shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;
 
shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish. 
Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi: 
- har bir ta’lim oluvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, 
tushunish, qabul qilish, unga ishonish.
- pedagogda barcha ta’lim oluvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak, 
shaxsga, yutuqni ma’qullovchi, qo‘llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, 


182 
ya’ni o‘qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak.
- bevosita 
majburlashga 
yo‘l 
qo‘ymaslik, 
qoloqlikka 
va 
boshqa 
kamchiliklarga urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik, pedagogik 
jarayonda, ta’lim oluvchilarga o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat 
yaratish va ko‘maklashish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling