Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
Аdаbiyotlаr ro‘yxаti:
1. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda yangilik texnologiyalar (ta’lim tavsiyalari pedagog o‘quvchilar uchun amaliy tavsiyalar). – T.: Iste’dod, 2008. 2. Ishmuhamedov R.J., Abduqodirov A., Pardayev A. Tarbiyada yangilik texnologiyalar (ta’lim mutaxassisliklari o‘qituvchilari, tarbiyachilari, guruhlari) rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: Iste’dod, 2010. 3. Tolipov O‘, Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. – T.: Fan, 2005. 4. Pedagogik atamalar lug‘ati. – T.: Fan, 2008 y DARSLARNI DIDAKTIK O‘YINLAR ASOSIDA TASHKIL ETISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH T.Avazov, Jizzax viloyati PYMO‘MM katta o‘qituvchisi Annotatsiya. Hozirgi davrda ta’lim mazmuni va unda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muammosi juda dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Kalit so‘zlar: innovatsiya, intellektual salohiyat, tezkorlik, texnologiya, yondashuv, matematik to‘garaklar, mantiqiy tafakkur, ijodiy qobiliyatlar. Annotation: The content of education and the use of innovative technologies in it remains one of the most pressing issues today. Key words: innovation, intellectual potential, dexterity, technology, approach, mathematical circles, logical thinking, creativity. Аннотация: Содержание образования и использование в нем инновационных технологий остается одной из самых актуальных проблем сегодня. Ключевые слова: инновация, интеллектуальный потенциал, ловкость, 192 технология, подход, математические кружки, логическое мышление, творческие способности. Ayniqsa, bugungi intellektual salohiyati tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan yoshlarga hamda zamon taraqqiyotiga munosib tarzda innovatsion texnologiyalarni qo‘llamasdan turib ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Bizning mamlakatimizda pedagogik innovatsiyaning rivojlanishi keng jamoatchi pedagoglar harakati, maktabning tez rivojlanishiga bo‘lgan talab va uni pedagoglar amalga oshira bilmasliklari o‘rtasida yuzaga kelayotgan qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy matematik tafakkurini shakllantirishda innovatsiyaga bo‘lgan ehtiyoj kattadir. O‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishda tadqiqotchilik faoliyati muhim o‘rinni egallaydi, bunda o‘quvchilar qandaydir darajada o‘qituvchi tomonidan u yoki bu ko‘rinishda yo‘naltiriladigan bilish jarayonidagi muammolarni yechishda yondashuv va tushunchalarni mustaqil ravishda egallaydilar, natijasi oldindan noma’lum bo‘lgan ijodiy masalalarni yechadilar. Aynan tadqiqotchilik yondashuvi bolalarga ijodiy jarayonning ishtirokchilariga aylanishlariga imkon beradi, o‘quvchi shaxsining bilishga bo‘lgan faolligini va intellektual potensialini oshiradi, tasavvurini hamda mantiqiy tafakkurini rivojlantiradi. O‘quvchilar ijodiy-mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil ilm olish ko‘nikmasi, ularni noma’lum yoki nostandart holatlarda qo‘llay olish - predmet bo‘yicha sinfdan tashqaridagi ishlarda ham bo‘ysundirilgan. Matematik to‘garaklar, fakultativlar, maxsus kurslar o‘quvchilarda predmetga nisbatan qiziqishni uyg‘otadi, o‘quvchilarning matematik dunyoqarashini rivojlantirishga ko‘maklashadi, mustaqil ishlashga ko‘nikma hosil qiladi. Ularni fan haftaligi doirasidagi tadbirlar to‘ldiradi. Bu matematik kechalar, viktorinalar, turli didaktik o‘yinlar: “Nima? Qachon? Qayerda”, “Baxtli hodisa”, “Quvnoqlar va zukkolar” va boshqalar. Bu tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishda o‘zlashtirishi yaxshi o‘quvchilar ham o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar ham birdek ishtirok etishadi. Chunki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘yin faoliyatidan ta’lim faoliyatiga o‘tishda bir qancha muammolarga duch keladilar. Darslarni didaktik o‘yinlar asosida tashkil etish esa bu muammoga dastlabki yechim bo‘ladi. Matematika darslarida ijodiy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning mantiqiy tafakkur faoliyatini faollashtirish imkoniyatini beradi, o‘zlashtirilgan material o‘quvchilar tomonidan amaliyotga tatbiq qilinadi, ko‘nikma va malakalar imkoniyat darajasida anglangan holatda rivojlantiriladi, yechiladigan masalalarning hajmini oshirishga imkon beradi, matematikani o‘rganishga qiziqishni oshiradi. Pedagogik kuzatuvlar axborot kommunikatsion texnologiyalaridan maqsadli foydalanish o‘quvchilarning mustaqilligini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadi, o‘quvchilarning matematikadan bilimlarini tizimlashtirish darajalarini ko‘tarishga imkon beradi, ta’limda individuallashtirish darajasini sezilarli oshiradi. Kompyuterdan ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida foydalanish mumkin: yangi materialni tushuntirishda, mustahkamlashda, takrorlashda, nazorat qilishda, 193 bunda u o‘quvchi uchun: o‘qituvchi, ish quroli, ta’lim obyekti, jamoa bilan hamkorlikda ish yuritish kabi turli funksiyalarni bajaradi. Kompyuter o‘quvchini kompyuter bilan faol muloqoti orqali ma’lumotlarning rang-barangligi (matn+tovush+video+rangli tasvir) bilan o‘qishni motivatsiyasini kuchaytirishga, ta’lim olishni muvaffaqiyatga yo‘naltirish yo‘li (zaruriy yordamga tayangan holda har qanday masalani yechimini oxirigacha yetkaza olish) orqali imkon beradi. Demak, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligi o‘quvchining o‘quv mazmunini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shug‘ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog‘liq. Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o‘quvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini ko‘rsatish mumkin. O‘quvchi o‘qitilmaydi, uni mustaqil o‘qish, o‘rganish, ishlashga o‘rgatiladi. Bunda o‘quvchilar mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o‘zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o‘rgatiladi. O‘quvchilarda yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o‘z pozitsiyasini himoya qila olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. O‘quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni darsliklardan, internetdan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali uning bilim olish malakasi shakllantiriladi. Olgan bilimlari orqali ijodiy mushohada yuritish imkoniyati yaratiladi. O‘quvchini darsliklar bilan ishlash, o‘qish, o‘rganish, aniq yozish, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib mustaqil o‘zlashtirish ko‘nikmalarini egallashga o‘rgatiladi. Bundan maqsad kelajakda mustaqil fikrlovchi, o‘z fikrini benuqson bayon etuvchi, mantiqiy tafakkuri shakllangan kadrlarni yetishtirish. Buning uchun esa ta’lim sohasida ko‘plab innovatsiyalar kiritilishi va amalda qo‘llanilishi lozim. Ma’lumki, innovatsiya tarixiylik nuqtayi nazaridan nisbiy tushuncha. Chunki, har bir innovatsiya boshqasi yaratilgunga qadar o‘z yangilik xususiyatini saqlaydi. Xulosa qilib aytganda, interfaol usullar va innovatsion texnologiyalar o‘quvchilarning kommunikativ bilimi, tushunchasini, ko‘nikma va malakalarini oshiradi. Ularni hamkorlik, hamjihatlik, do‘stona munosabatlarda ishlashni ta’minlaydi. Ayniqsa, bir-birlarini eshitish, fikrini bayon etish va o‘zaro hurmatga undaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling