Metodikalari kafedrasi


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Xolmurodov P.M., Xolmurodov D.P. “Tarixiy Oʼlkashunoslik”. 2014. 61-
bet. 
2. Qadimiy Zomin A.A.Grisina va boshqalar Toshkent Muharrir nashriyoti 
2018-yil. 
3. Ustrushonaning ilk oʻrta asr qishloq makonlari monografiya 
M.X.Pardayev, J.I.Gʻofurov Toshkent 2016. 
4. Немцева Н.П. По караванным дорогом Бухарской степи// Великий 
шелковый пут. Култура и традиции. Прошлое и настоyaшее: Материалы 
международной науchно-теоретиchеской конференции. – Тошкент, 2007.
5. Байпаков К.М. Великий шелковый путь и судьбы цивилизаций. -
Алматы. 2006 
6. Бартольд В.В. Очерки истории Семиречья /Соч. В 9 томах. -М.: Наука, 
1963. 
7. Грицина А.А. Уструшанские были. - Ташкент: изд. народного 
наследия им. А.Кадыри, 2000. 
 
GLOBALLASHUV JARAYONLARIDA ZAMONAVIY TA’LIM
Berdiyeva Durdona Toʻlqinovna,
Jizzax shahar XTBga qarashli 11-umumta’lim
maktabining tarix fani oʻqituvchisi
Ta’lim-tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi 
bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashmoqda. 
Hozirda inson faoliyatdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish 
imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni “texnologiya” ga aylanib bormoqda. 
Shu asosda ta’lim-tarbiya sohasida so‘nggi davrda pedagogik texnologiya amal 
qila boshladi. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy 
yo‘nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. 
Barcha fan o‘qituvchilari dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol usullardan 
borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. 
Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil 
qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila 
bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, 


76 
rivojlanib boradi. Darslarni o‘tishda bugungi kundagi o‘quvchilarning qiziqishi, 
orzulari, imkoniyatlariga katta e’tibor berish lozim. Buning uchun birinchi 
navbatda o‘qituvchining o‘zi ham siyosatshunos, ham ruhshunos, ham hozirjavob, 
san’atkor, ham mohir ustoz bo‘la olishi kerak. Shundagina o‘quvchilarning qalbi 
zulfiga kalit topa olsa bo‘ladi. Bu esa o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashda 
pedagogning yoshlar va hamkasabalar o‘rtasida hurmatini oshiradi, xalq oldidagi 
mas’uliyatini, bo‘yniga olgan vazifasini bajarishi uchun katta imkoniyatlar eshigini 
ochadi. 
Lekin bu yo‘ldan borishda pedagog nihoyatda ehtiyotkor bo‘lishi lozim. 
Darsni o‘tishda o‘qituvchi quyidagilarga e’tibor berishi lozim. 
Avvalo har bir darsga ijodiy yondashish zarur. Xususan, mashg‘ulotlarda bahs 
va munozaralarga mamlakatimiz taraqqiyotiga oid dalillar, xalqimizning tarixi, 
bugungi kuni, davlatimizning olib borayotgan ichki va tashqi siyosati, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, oddiy, hayotdan olingan qiziqarli 
misollardan foydalanish ijobiy natija beradi. 
O‘quvchi yoshlarning Prezident nutqi va ma’ruzalari, kitoblarida asoslab 
berilgan ustuvor yo‘nalishlar va tamoyillarni chuqur anglab, o‘zlashtirib olishlariga 
erishish, ayniqsa muhim. Albatta, yangi vazifalar, maqsad va g‘oyalarni hayotning 
o‘zi ilgari surishi tabiiy. Shunday ekan, bunday yangilanishlarga yoshlarning 
o‘zlari tayyor bo‘lishi, uning faol ishtirokchisiga aylanishi lozim. 
O‘quvchilar mustaqillik buyuk ne’mat ekanligini anglab yetishiga, ularda 
darslarda ilgari surilgan vazifalarning bajarilishi uchun chuqur ishonch hosil 
bo‘lishiga alohida ahamiyat berishi kerak. Bu vazifalar yoshlarning ezgu-
e’tiqodiga aylanishiga erishish uchun, uning ma’no va mohiyatini hayotiy lavhalar, 
har bir shaxs taqdiri, oila, mamlakat misolida talqin etish maqsadga muvofiqdir. 
Dars-mashg‘ulotlarida mavjud muammolar ham atroflicha va ishonarli tahlil 
etilishi lozim. Har bir o‘quvchi bunday muammolarning sababini aniq bilib 
olishiga, jamiyatimiz ularni qadamba-qadam hal etishi xususida o‘zi to‘g‘ri xulosa 
chiqarib, kelajakka ishonch ko‘zi bilan qarashiga erishish ta'lim tizimi xodimlari 
oldidagi muhim vazifalardandir. O‘quvchilar bugungi o‘tish davriga xos 
qiyinchiliklarning ildizlarini, eski tuzumga xos boqimandalik kayfiyatidan 
qutilishning oson kechmayotganligini, bundan xolos bo‘lish uchun odamlardagi 
ong va tafakkur o‘zgarishiga, ularda o‘z imkoniyatlariga bog‘liq ekanligini chuqur 
idrok etishlari lozim. 
Har bir darslarida Vatanimizning boy tarixiy merosiga murojaat qilish orqali 
mavzularning mohiyatini tushuntirish zarur. Mustaqillik to‘g‘risida bir tomonlama 
tasavvur hosil bo‘lishidan saqlanish darkor. 
Darslarni o‘tishda o‘ta ilmiy yondashish, meyordan ortiq mutloqlashtirish 
yoki soddalashtirishga, “nasihatgo‘ylikka” berilib ketishdan saqlanish kerak. Bu 
esa har bir muallimdan hayotni teran bilishi, yutuq va muammolarni xolisona tahlil 
qilishni talab etadi. Yutuq va muammolarni o‘rganib, o‘quvchilarning o‘zini ularga 
javob topishga qiziqtirish, ularning muhokomalarida erkin ishtirok etishini 
ta'minlash kerak. 
Darslarda fikrlar xilma-xilligini erkinlashtirish jarayonlari demokratik hayot 
tarzining tarkibiy qismi ekanligini, shu bilan birga erkinlikning haqiqiy mohiyati 


77 
uning ma'naviy chegaralari bilan belgilanishi o‘quvchilar ongiga yetkazishga 
alohida e'tibor berishi zarur. Bu sohada eskicha tashviqot va targ‘ibot tamoyillarini 
qo‘llash, sayoz fikr va siyqasi chiqqan misollardan foydalanish yo‘lidan mutlaqo 
voz kechish lozim. 
Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘zaro faolligini oshirish 
orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirishga va shaxsiy 
sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars 
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: 
norasmiy bahs-munozaralar, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash 
imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin amaliy mashg‘ulotlar soni ko‘pligi, 
o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruhlar ishi 
shular jumlasidandir. Shu bilan birga katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun 
topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular 
ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. 
Quyida keltirilgan metod barcha fanlarda qo‘llanilsa ta’lim samaradorligini 
oshirishga ko‘mak beradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling