Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Annotation: This article contains the opinions and opinions of the authors 
regarding the fact that the Zomin oasis has become one of the cradles of ancient 
civilization and culture, its convenient geographical location and nature, and the 
role of the Great Silk Road in the socio-economic life of the population.
Key words: Ustrushona, Zomin, Caravanserai, Great Silk Road, Sangzor, 
Zominsoy, Pishagar. 
Insoniyat tamadduniga beshik vazifasini o‘tagan ko‘plab mintaqalar o‘zining 
tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Qadim zamonlardan ming yillar mobaynida 
o‘zaro savdo, madaniy, iqtisodiy sohalarda Markaziy Osiyoning qator vohalari 
qatori Zomin vohasi ham ma’lum rivojlanish bosqichini boshdan o‘tkazdi. 
Mintaqaning turli sohalari faollashishiga shubhasiz bu hududdan o‘tgan Buyuk 
Ipak yo‘lining o‘rni beqiyosdir. Vohaning turli hududlar bilan doimiy aloqalarni 
yo‘lga qo‘yganligi va ushbu munosabatlar rivojlanib borganligi turli yozma va 
arxeologik manbalarda o‘z isbotini topgan. 
Zomin vohasi shimoldan Sirdaryo viloyati, gʻarb tomondan Zarbdor tumani, 
sharq va janubiy sharq tomondan Baxmal tumani bilan chegaradosh. Vohaning 
shimoliy, sharqiy va markaziy qismi pasttekislik, janubiy-sharqi tomoni qir, adir va 
tog‘lardan iborat. Arxeolog S.Suyunovning ma’lumotiga qaraganda, Zomin 
vohasida oʻtroq hayot, shahar va qishloqlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va 
rivojlanishida Zominsoy asosiy suv manbai hisoblanadi. Zominsoy suv miqdori 
jihatidan Sangzor daryosidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab, uning uzunligi deyarli 
50 kilometrga cho‘zilgandir. Zomin vohasida dastavval arxeolog M.Aminjonova 
boshliq guruh kuzatuvi natijalariga ko‘ra, tarixiy yodgorliklarning asosiy qismi 
Zominsoy suv atrofidagi Turkman qishlog‘idagi Mozortepa yodgorliklari, 
Pishag‘ar qishlogidagi Bobotepa, Oqtoshtepa yodgorliklari va Jontutsoy suv 
manbai atrofida Oʻrta asrlarda bunyod bo‘lgan va hozirga qadar saqlanib 
qolganligi isbotlangan. Arxeologlar tomonidan Zomindan sharqda joylashgan 
Gonchi shahrida mil. avv. V-IV asrlarga mansub qishloqlar qoldiqlari va sopol 
idishlar boʻlaklari, shimoli-sharqda esa mil. avv. IV-III asrlarga tegishli ovullar 
topilgan bejizga emas, albatta. Mil.avv. III-II asrlardagi soʻgʻd atvoriga mos ellin 
sopol buyumlari, allaqachon Zominning ilk qatlamlarida topilgan edi. 
Qadimgi davrga oid tadqiqotlar ilk savdo yoʻllari Ahamoniylar 
imperiyasining gʻallaga boy Baqtriya shahridan oʻtganini va u, oʻz navbatida 
Soʻgʻd va Ustrushona bilan chambarchas bogʻlanganini koʻrsatdi. Oʻrta Osiyoni 
bosib olish davrida Soʻgʻd qoʻzgʻolonini bostirishga majbur boʻlgan 
makedoniyalik Aleksandr mashhur yoʻlboshchilariga tayanib ilk savdo yoʻllaridan 
foydalangan holda Aleksandriya Esxata, yaʼni Chekka Aleksandriyadan qisqa yoʻl 
orqali Soʻgʻdga oʻtgan. A.Gritsina tomonidan oʻrganilgan oʻsha davr yodgorliklari 
muallifiga Zomin va Xovos tumanlari chegarasidagi yoʻl hududi, avval boshqa 
hozirgi Zomin-Savat yoʻllaridan anchayin shimolga qarab choʻzilgan, u yunonlarga 
qarshi qoʻzgʻolonda ishtirok etgan ustrushonaliklarning Makedoniyaliklar 
tomonidan tor-mor etilgan turar joy manzillari orqali oʻtgani haqida xulosa qilish 
imkonini beradi [Gritsina,1990, 18-b]. 
Olimlarning fikricha ilk o‘rta asrlardan boshlab, ayrim xususiy savdo yoʻllari 


74 
oʻrniga Xitoydan Yevropa shaharlariga qadar ulkan transqitʼalararo yoʻl tushgan. 
Ana shu yoʻl orqali Sharq mamlakatlaridan Gʻarbga qarab qordek oppoq chinnilar, 
kumush, oltin, gilamlar, nafis matolar, qurol-yarogʻ, sovutlar, turli xil taqinchoqlar 
va boshqa noyob buyumlar ortilgan karvonlar oʻtgan. Hatto, savdogarlar maʼlum 
maʼnoda diplomat ham boʻlganlar, tez-tez tinchlikparvarlik tadbirlarida 
qatnashganlar, aholi bilan muloqatda boʻlishganlar va oʻz shaharlarining gullab 
yashnashida fidoyilik koʻrsatganlar. [3. 192] 
Turk xoqonligi davrida Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘ining 
ahamiyati oshib, Sharqiy Turkistondan Tyan’shan tog‘ dovonlari orqali Yettisuvga 
o‘tuvchi yo‘llardan foydalanish, tog‘ dovonlarini o‘zlashtirish yanada rivojlandi [5. 
14-20]. Shimoliy yo‘lning bir tarmog‘i Zomindan Shosh orqali Isfijob, Taroz, 
Uchbuloq, Qulan (hozirgi Lugovaya stansiyasi), Chu vodiysidagi Aspara, Navket, 
Suyab shahri (Oq-Beshim) orqali Issiqqulning janubiy-sharqiy qishlog‘ida 
joylashgan Yuqori Barskanga kelingan [6. 39]. 
Arab jug‘rofiy olimlari Ibn Xavkal, Al-Muqaddasiy asarlarida berilgan 
ma’lumotlarga ko‘ra, Zomin vohasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot arablar kelmasdan 
ancha ilgari faoliyat ko‘rsatganligi keltirib o‘tilgan. Taniqli tarixchi olim 
N.Ismatov ma’lumotiga qaraganda, Zomin oʻz ahamiyati jihatidan Usturushonada 
eng yirik shaharlardan biri hisoblanadi. Zominning Samarqand, Buxoro, Shosh 
(Toshkent), Dizak (Jizzax) va Fargona shaharlarini bir-biri bilan bog‘lovchi katta 
karvon yo‘lida joylashganligi, Movarounnarhdagi taraqqiy etgan shaharlaridan biri 
darajasiga ko‘tarilishiga olib kelgan [1. 61-bet]. 
Buyuk Ipak yo‘lida joylashuv nuqtasiga ko‘ra Zomin oʻzaro madaniyat 
almashinuvi va savdo-sotiq tizimi asosida shaharlarning shakllanishi, taraqqiy 
etishi, turli mamlakatlarni oʻzaro bogʻlash rivojida katta roʻl oʻynagan. Xalqaro 
savdo yoʻllari koʻrinmas, ammo mustahkam rishtalar bilan koʻplab mamlakatlarni 
Yaponiya va Xitoydan tortib, Oʻrta Yer dengizigacha, Rus va Oltin Oʻrdadan to 
Hind ummoni-u Shimoliy Afrikaga qadar oʻlkalarni bogʻlagan edi [2. 56]. 
Samarqanddan Fargʻona va Shoshga Jizzax va Zomin orqali oʻtilgan. 
Samarqanddan Hoʻjandga oʻtuvchi yoʻlni karvonlar sakkiz kunda bosib oʻtishgan. 
X-XII asrlarda Buxorodan Nurota orqali Shosh va Oʻtrorga olib borgan yoʻllardan 
ham izchil foydalanilgan [4. 137-145] 
Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, Buyuk ipak yoʻlining shaharlar orasida 
joylashgan yoʻllarida karvonlar oʻtadigan muhim markazlari boʻlgan. Ularning 
orasida Soʻgʻd poytaxtidan Xitoyga qarab toʻrt kunlik yoʻl boʻlgan Zomin ham 
bor. U Ustrushonada ham ichki, ham xalqaro savdo aloqalarida asosiy 
markazlardan biri vazifasini oʻtagan. U yerda xorij savdogarlarining karvonlari 
toʻxtab oʻtgan hamda turli yoʻnalishlarga qarab yoʻl olgan, buyum tovarlar qayta 
taqsimlangan. Arxeologik tadqiqotlar va yozma manbalar ma’lumotlarini tahlil 
qilib, ayrim karvonsaroylar tuzilishi haqida ma’lum xulosalarga kelish mumkin. 
Masalan, Zomindan Farg‘onaga va Toshkentga ketuvchi yo‘lda topilgan X-XII 
asrlarga oid To‘rtko‘ltepa karvonsaroyi to‘g‘ri to‘rtburchak (tomonlarining 
uzunligi 106x106 m.) shaklida bo‘lib, shimol tomondan balandligi 5 metrni tashkil 
qiladigan asosiy arkasimon darvozaga ega bo‘lgan [7. 184-185].
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, manbalarga ko‘ra qadimgi 


75 
Zomin o‘zining obod vohalaridagi rabot va karvonsaroylari bilan mashhur bo‘lib, 
Sharq va G‘arbni bir-biri bilan bog‘la turgan. 
Zomin vohasining iqtisodiy 
farovonligini rivojlantirish, mamlakatlar o‘rtasidagi barcha sohalarda madaniy 
hamkorlik va aloqalarni mustahkamlashda Buyuk Ipak yo‘lining o‘rni muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Buyuk ipak yoʻlining muhim markazlaridan biri. Buyuk ipak 
yoʻli oʻtganligi sababli Zomin vohasida koʻplab karvonsaroylar, sardobalar 
qurilgan. Bu karvonsaroylar ichida eng kattalaridan biri Qoraqoʻyli qishlogʻi 
yaqinidagi Sarboztepa hisoblanadi. Bu yerda Buyuk ipak yoʻli orqali oʻtadigan 
savdo karvonlari toʻxtab savdo qilishgan. Aynan Buyuk ipak yoʻlining Zomin 
vohasidan oʻtganligi Zomin vohasining savdo-sotigʻi rivojlanishiga, savdo 
aloqalarining oʻsishiga katta hissa qoʻshdi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling