Metodikalari kafedrasi


MUAMMOLI TA’LIM – RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet106/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

 
MUAMMOLI TA’LIM – RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM 
TEXNOLOGIYASI 
Jabbarova Zuhra Omondullayevna,
Jizzax viloyati PYMO‘MM katta oʻqituvchisi 
Annotatsiya: Maqolada muammoli o‘qitish mazmuni, o‘qituvchining dars 
jarayonlarida muammoli vaziyatlarni yarata olish mahorati va o‘quvchi 
intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta’limni tashkil qilishning psixologik-
pedagogik yo‘llari keltirilgan. Muammoli ta’lim asosida o‘qitishning asosiy 
bosqichlari va didaktik maqsadlari ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar: muammoli ta’lim, muammoli vaziyat, samarali texnologiya, 
o‘qitish, o‘qitish jarayoni, bilish faoliyati, o‘quv muammosi.
Аннотация: В статье представлены содержание проблемного 
обучения, умение учителя создавать проблемные ситуации в ходе урока
психолого-педагогические способы организации обучения, развивающего 
интеллектуальные силы ученика. Обозначены основные этапы и 
дидактические цели обучения на основе проблемного обучения. 
Ключевые слова: проблемное обучение, проблемная ситуация, 
эффективная технология, обучение, учебный процесс, познавательная 
деятельность, учебная проблема. 
Annotation: The article presents the content of problem-based learning, the 
teacher's ability to create problem situations during the lesson, psychological and 
pedagogical methods of organizing learning that develops the student's intellectual 
strength. The main stages and didactic goals of learning based on problem-based 
learning are outlined. 
Key words: problem-based learning, problem situation, effective technology, 
learning, learning process, cognitive activity, learning problem. 
 
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari 
jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin olish uchun 
ma’naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr 
ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab 
qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o‘zgartirish, ularning bilim va 
ma’naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish zarur. 
Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil 
bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo‘ydi. 
Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta’lim texnologiyasi yetakchi 
o‘rinni egallaydi. 
Xozirgi ta’lim tizimida samarali o‘qitish texnologiyalaridan biri – bu 


172 
muammoli o‘qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda 
ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy faol shaxs 
tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Pedagogik adabiyotlarda muammoli 
o‘qitishning turli ta’rif va tavsiflari bor. Muammoli o‘qitishning mohiyati 
muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni mustaqil 
o‘zlashtirishdan iborat. Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda 
maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi. 
Shuningdek, o‘rganilgan mavzular hususiyatlaridan kelib chiqib, bunday 
vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, 
o‘qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo‘lidagi kutilmagan to‘siq» bilan 
bog‘langan aqliy mashaqqat xolati emas. U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan 
aqliy taranglik xolatidir. Bunday vaziyat negizida avval o‘zlashtirilgan bilimlar va 
yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari 
yotadi. Yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog‘lanmasa, aqliy mashaqqat 
muammoli bo‘lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi [1].
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo‘g‘ini muammoli ta’lim 
yo‘nalishi sanaladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling