Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Kalit so‘zlari: Ijtimoiy psixologiya, trening, shaxs, muloqot, trener, empatiya, 
psixologiya, mimika va harakat, qobiliyat, psixodramatik o‘yinlar, psixologik 
professionalism, xatti-harakat. 
Аннотация. Для достижения эффективного общения в социально-
психологическом тренинге целесообразно учитывать следующие факторы: 
ясность цели, ее однозначное восприятие и понимание как инициаторами, 
так и участниками. Отсюда следует, что на этом месте обязательно 
должно быть обращено внимание на наличие соответствия и согласия 
между групповыми и индивидуальными целями; на наличие двустороннего 
общения, т. е. на принципы точности, открытости и правдивости 
суждений и эмоциональных переживаний. 
Ключевые слова: социальная психология, тренинг, личность, общение, 
тренер, эмпатия, психология, мимика и движение, способности, 
психодраматические игры, психологический профессионализм, бихевиоризм. 
Annotation. In order to achieve effective communication in social 
psychological training, it is desirable to take into account the following factors: 
the specificity of the goal, its perception and understanding by the beginner and 
the participants alike. So this place must necessarily focus on the existence of 
harmony and harmony between the group and individual goals; the presence of 
bilateral communication, that is, attention to the principles of clarity, openness 
and truthfulness of thoughts and emotional experiences. 
Keywords: social psychology, training, personality, communication, trainer, 
empathy, psychology, mimics and action, ability, psychodramatic games, 
psychological professionalism, behavior. 
 
Ijtimoiy psixologik trening insonlar o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarning 
bo‘lishiga erishishni maqsad qilib qo‘yar ekanman, uni o‘tkazuvchi, uyushtiruvchi 
shaxs va uning o‘z ishini mukammal bilishi faoliyat samarasini ta’minlovchi asosiy 
omillardan biridir.
Trening o‘tkazuvchiga qo‘yiladigan asosiy shartlardan va talablardan biri 
shuki, u muloqot jarayonining barcha qirralarini professional darajada mukammal 
egallagan bo‘lishi kerak.


164 
U ham bo‘lsa - nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda, trening jarayonida 
qo‘llay olishidir. Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar, deb atashadi.
Demak, treninglar uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotda eng avvalo e’tibor 
berilishi zarur bo‘lgan narsa ham shuki, u yerda ijtimoiy psixologik treningni olib 
boruvchilarni o‘qitish, tayyorlash, ulardan mutaxassis yetishtirishdir.
Trener shaxsiga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:
- u avvalo o‘zgalar shaxsiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni juda yaxshi 
bilishi va bunda inglizlar aytganidek, “O‘zgalar psixologiyasini bilish - ular 
ustidan xukmronlikning bir shaklidir”, degan naqlni esdan chiqarmaslikdir. Lekin 
bunda pedagogik altruizm, ya’ni o‘zgalar manfaatini o‘zinikidan ustun qo‘yish 
xislati mavjud bo‘lishi kerak;
- o‘zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni 
boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur;
- har qanday chigal yoki ziddiyatli vaziyatlardan chiqib ketishgina emas, balki 
uning oldini ola bilish, vaziyat to‘g‘ri kelganda esa uni bartaraf etib, 
ishtirokchilarga to‘g‘ri maslahat bera olish;
- empatiya, ya’ni o‘zgalar holatlarini chuqur his qila olish qobiliyatining 
mavjudligi;
- o‘zgaruvchan, moslanuvchan aql sohibi bo‘lish, kutilmagan holatlarga o‘zini 
oldindan tayyorlash, o‘zini yo‘qotmaslik;
- o‘z xatti-harakatlarini doimo ma’lum maromda ushlash va kerak bo‘lsa 
o‘zidagi motorikani rivojlantira olish;
- o‘zgalar nutqi, reaktsiyalarini aniq tushunish va tinglash, mimika va 
harakatlar mohiyatini to‘g‘ri talqin etish va tushunish;
- tinglovchilar va o‘yin ishtirokchilarining ehtiyojlari va qiziqishlariga qarshi 
bormaslik;
- rejalashtirish qobiliyatining bo‘lishi, bunda oldinda kutilayotgan 
jarayonning barcha muhim va nomuhim jihatlarini oldindan taxminan bo‘lsa ham 
tasavvur qilib, aniq reja tuza olish;
- o‘ziga ishonch, e’tiqodning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo‘lishi.
Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari ham uning shaxsiga qo‘yiladigan 
talablardan bevosita kelib chiqadi. Ya’ni, u avvalo ta’lim dasturiga ega bo‘lishi 
kerak.  
Dasturga mos stsenariylar tanlay bilishi, ularni kerak bo‘lsa, har bir aniq holat 
va vaziyatga moslashtirishi, mashg‘ulotlarni tashkil qilishda ham ushbu holatlarga 
e’tibor qaratishi shart. Qatnashchilarning yoshi, jinsi, kasbiy malakalari, 
madaniyati darajasi va ehtiyojlariga mos ravishda dastur va stsenariylarga o‘z 
vaqtida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo‘lishi, mashg‘ulotlar shakli, vaqti, 
joyini ham yuqoridagi omillarga mos ravishda tanlashi ularning samaradorligiga 
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Imkoniyat boricha, tinglovchilarni mashgulotlar 
boshlanishidan avval mavzu bo‘yicha yozma matnlar bilan ta’minlashi va 
ma’ruzalarni iloji boricha, o‘zi o‘qib, amaliy mashg‘ulotlarga ham begonalarni jalb 
qilmagani ma’qul.
Tanlovni umuman xolis ekspertlar o‘tkazib, trenerlarni tayyorlash kurslari 
ham nisbatan uzoq muddatga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar tizimidan iborat bo‘ladi.


165 
Ijtimoiy psixologik treningda samarali muloqotga erishish uchun quyidagi 
omillar hisobga olinishi maqsadga muvofiq: maqsadning aniq bo‘lishi, uning 
boshlovchi va ishtirokchilar tomonidan bir xil idrok qilinishi va tushunilishi. 
Demak, bu o‘rinda guruhiy va individual maqsadlar o‘rtasidagi moslik va 
kelishuvning mavjudligiga e’tibor qaratilishi shart; ikki tomonlama muloqotning 
mavjudligi, ya’ni fikr va hissiy kechinmalarning aniqligi, ochiqligi va rostgo‘ylik 
tamoyillariga e’tibor berish; faol ishtirok va guruhdagi liderlikning a’zolar 
o‘rtasida teng taqsimlanishiga erishish, ya’ni guruhda yaqqol ko‘zga tashlangan 
lider yoki doimo o‘z hissiy kechinmalarini va irodasini boshqalarga o‘tkazishga 
harakat qilayotgan shaxsning bo‘lmasligi; ta’sir ko‘rsatish yoki ruhiy tazyiqning 
ishtirokchilar bilimlari, qobiliyatlari va malakalariga asoslanishi, lekin bunda 
boshqalarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur; qaror qabul qilish va 
munozaralarni yakunlash bosqichlarida vaziyatga qarab, boshlovchining 
tashabbusni o‘z qo‘liga olish huquqidan foydalanish; bahs va tortishuvlarga doimo 
to‘g‘ri, oqilona, odilona, konstruktiv tus bera olish, bu omil ishtirokchilar 
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi va ularda shakllanadigan sifatlarning 
mustahkamlanishiga zamin hozirlaydi; guruh faoliyatining samaradorligi masalasi 
ham o‘sha guruh a’zolari tomonidan baholanishi o‘yin yoki munozarani yana 
davom ettirish yoki to‘xtatish masalasiga oydinlik kiritadi, aks holda boshlovchi bu 
mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olsa, unda guruh o‘z faoliyatidan qoniqmay qolishi 
mumkin; T-guruh a’zolarining maksimal tarzda o‘zini ko‘rsatish, hattoki, o‘zidagi 
yashirish emotsiyalarni va yangiliklarni ro‘y-rost namoyon etishga undash lozimki, 
toki u har qanday sharoitda ham o‘z individualligini ko‘rsatish qobiliyatiga ega 
bo‘lsin.
Shunday qilib, ijtimoiy psixologik treningning samaradorligi bir tomondan
ishtirokchilarning faol qatnashishlari va o‘zlarini erkin his qilishlariga bog‘liq 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bu narsa, boshlovchi trener shaxsining xususiyatlariga 
bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham trener yosh bo‘lsa va unda ijtimoiy 
psixologik trening o‘tkazish tajribasi yetishmasa, u o‘ziga xos va mos auditoriyani 
topib ishlashi, birdaniga kattalar guruhida, noma’lum kishilar bilan ishlashdan 
o‘zini tiyishi kerak.
Chunki agar u o‘z amaliy faoliyati boshidayoq mag‘lubiyatga uchrasa, 
keyinchalik u hech qachon trening mashg‘ulotlari o‘tkaza olmasligi mumkin. Bu 
unda shaxsiy tushkunlikni keltirib chiqarib, o‘zi yordamga muhtoj bo‘lib qoladi.
Boshlovchi 
ham 
o‘z faoliyatining amalga oshirishida yuqorida 
ta’kidlanganidek, ijtimoiy psixologik treningning turli usullaridan o‘ziga 
ma’qulroq turidan boshlashi mumkin. Masalan, o‘zidan yosh bo‘lgan bolalar 
guruhida turlicha oson o‘yinlar tashkil qilish, savol-javob guruhlarini uyushtirish
aylana stol atrofida turli hayotiy kazuslarni muhokama qilishga o‘rgatishi mumkin.
Shuning uchun maxsus ijtimoiy psixologiya kurslarida tahsil olmagan, 
professional tayyorgarlikka ega bo‘lmagan shaxslar treningni boshqara olmaydilar. 
Bundan 
tashqari, 
boshqaruvchi 
shaxslardan 
fidoyilik, 
o‘z manfaatini 
o‘zgalarnikidan pastroq qo‘yish, sabr-chidam, tezkorlik, fahm-farosat sifatlari talab 
qilinadi. Bu sifatlar, ma’lumki, nafaqat nazariy tayyorgarlik asosida, balki ko‘proq 


166 
hayotiy muloqot va ijtimoiy faoliyatning murakkab turlarida faol ishtirok etish 
natijasidagina qo‘lga kiritiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling