Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
Ключевые слова: ИКТ, комплаенс, комплаенс, глобализированная эра,
глобальная информация, требования к информационной комплаенсу, информационная грамотность. Annotation. Nowadays, the speed and variety of information flows require critical thinking, Information technologies have already had an impact on every aspect of our society. The article considers the possibilities of using information culture in the development of global thinking of teachers. Keywords: ICT, compliance, compliance, globalized era, global information, requirements for information compliance, information literacy. Jahon taʼlim tizimida o‘quvchilarning tayanch kompetentsiyasini rivojlantirishning samarali mexanizmlari taʼlim jarayoniga tadbiq etilgan. Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Xalqaro taʼlim forumida 2030 yilgacha qabul qilingan “Incheon declaration”da “taʼlim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy etish” [5], fan va taʼlim yutuqlarini o‘quv materiallari mazmuniga singdirib borish, ona tili fanini o‘qitish sifatini oshirishga oid tendentsiyalarni amaliyotga tadbiq etishga alohida eʼtibor berilgan. O‘zbekiston ta'limini yangi jahon darajasiga o‘tishi, zamonaviy jamiyatni intensiv axborotlashtirish kelajakning o‘qituvchilariga professional tarkibiy qismlariga ma'lum talablar qo‘yilmoqda va axborot kompetentsiyasi bu 159 talablarning asosiylaridan biridir. Xozirgi kunda jamiyatni axborotlashtirish darajasi davlatning Rivojlanish darajasini baholashning asosiy mezonlaridan biri hamda uning iqtisodiy va siyosiy salohiyatining eng muhim omilidir. Jamiyatni axborotlashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri shaxsning axborot madaniyatini shakllantirishdan iboratdir. “Media” va “kompetentlilik”, “mediakompetentlilik” atamasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan atamaning birinchi tarkibiy qismi atamalar lugʼatida “media” (lot. Media – vositalar) – (ommaviy) kommunikatsiya vositalari – maʼlumotni yaratish, yozib olish, nusxalash, ko‘paytirish, saqlash, tarqatish, idrok etish hamda subʼekt (mediamatn muallifi) va obʼekt (ommaviy tinglovchilar) o‘rtasida almashishning texnik vositalari sifatida taʼriflangan [5]. “Kompetentsiya” (lot. Sompetere – muvofiq bo‘lmoq, to‘gʼri kelmoq), bilim, mahoratlarni qo‘llash qobiliyati kabi umumiy turdagi masalalarni hal qilishda amaliy tajriba asosida muvaffaqiyatli harakat qilish bilan aniqlanadi; kompetentlilik esa (ing. Competence) – kompetentsiyalar yigʼindisi; muayyan sohada samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilimlar va tajribalar mavjudligi”ni bildiradi [5]. O‘zbekiston milliy entsiklopediyasida “kompetentsiya” (lot. Compete – erishyapman, munosibman, loyiqman) – u yoki bu sohadagi bilimlar, tajribalar» sifatida taʼriflangan [6]. O‘qituvchining axborot kompetentsiyasi - bu ko‘p bosqichli proffisional kasbiy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘qituvchi shaxsining xarakteristikasi. Bu kompitensiya operatsiya jarayonida ma’lum bo‘ladi ya’ni, ma’lumotlarni qidirish, yig‘ish, analiz qilish hamda u ma’lumot bilan bo‘lishish operatsiyalarida va bu ma’lumotlarni o‘zining kasbiy pedogogik faoliyatida foydalana olish jarayonidir. Bu sizga mintaqaviy axborot-ta’lim muhitida tezkor harakat qilish imkonini beradi va kasbiy muammolarni hal qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, rivojlantirish uchun ishlatiladigan kompetentsiyalar to‘plamidan hisoblanadi. Kompitentlik - bu insonning u yoki bu faoliyatda namoyon bo‘ladigan universal qobiliyati hisoblanadi. O.V.Akulovaning [1] fikricha, o‘qituvchining axborot kompetentsiyasi kasbiy martaba qurish uchun ma’lumotni qidirish, tahlil qilish va undan foydalanish qobiliyatlari bilan tavsiflanadi (bu erda “martaba” ta’rifi nafaqat ishda muvaffaqiyatga erishish, balki inson o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish jarayoni sifatida ham qabul qilinadi). Kelajakdagi o‘qituvchining axborot kompetentsiyasini shakllantirish bugungi kunda asosiy muammolardan biridir, chunki o‘qituvchi oldida turgan vazifalardan biri zamonaviy axborot makonida yaxshi yo‘naltirilgan bitiruvchilarni tayyorlashdir. Shuni ham yodda tutish kerakki, o‘qituvchi talaba uchun yagona to‘g‘ri ma'lumotni tashuvchisi hisoblanadi. O‘qituvchining axborot kompetentsiyasi quyidagi ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi: Turli xil ma’lumot manbalari bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish: kitoblar, darsliklar, ma’lumotnomalar, atlaslar, xaritalar, aniqlovchilar, entsiklopediyalar, kataloglar, lug‘atlar, CD-Rom, Internet; 160 Mustaqil ravishda qidirish, olish, tizimlashtirish, tahlil qilish va o‘quv muammolarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni tanlash, uni tartibga solish, o‘zgartirish, saqlash va uzatish; Axborot oqimlarida harakat qilish, ulardagi asosiy va zarur narsalarni ajrata olish; Ommaviy axborot kanallari orqali tarqatiladigan ma’lumotlarni ongli ravishda idrok eta olish; Axborot qurilmalaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish: Kompyuter, televizor, magnitafon, telefon, mobil telefon, peyjer, faks; Ta’lim faoliyatidagi turli masalalarni hal qilish uchun axborot va telekommunikatsiya texnologiyalardan habardor bo‘lish: Audio va video yozuvlar, elektron pochta, Internet tarmoqlari. Mediakompetentlik tushunchasi ostida yotadigan bir necha atamalar, jumladan, mediamadaniyat, mediatarg‘ibot, mediataʼlim, mediaaxborot, kompyuter madaniyati, mediasavodxonlik kabi atamalari umumiy maʼnoda axborot madaniyatini shakllanishi va rivojlanishining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Kompetentlik shaxs tomonidan alohida bilim va malakalarni egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. N.V.Chicherina “mediakompetentlik” atamasini “global axborot makonida ommaviy axborot vositalari oqimlari bilan yetarli darajada o‘zaro ishlash qobiliyati” deya tushuntirish berib, turli xil ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar orqali tarqatilgan media-matnlarni har xil shakllarda qidirish, tahlil qilish, tanqidiy baholash va yaratish” deb taʼriflaydi [6]. Maktabning ta’lim sohasiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish sharoitida o‘qituvchining axborot kompetentsiyasining ahamiyati ortib bormoqda. Zamonaviy ta’lim mutaxassislaridan quyidagilar talab qilinmoqda: uzluksiz ta'lim, kasbiy harakatchanlik va moslashuvchanlik, professional mutaxassis, kompitentlilik, rejalashtirish, amalga oshirish kabi qobiliyatlari. Yuqorida o‘qituvchining axborot kommunikatsiya texnologiyalar kompitensiyasi haqida aytib o‘tgandim. Endi keling o‘qutuvchilarning AKT [2] savodxonligi tushunchasiga to‘xtalib o‘tsam. O‘qituvchining AKT savodxonligi va AKT kompetentsiyasi kabi tushunchalarni farqlash muhimdir. Ya’ni, AKT savodxonligi deganda faqat dasturiy mahsulotlar va shu kabi kompyuterlar bilan ishlash asoslari, ularning asosiy funktsional imkoniyatlari, Internetda ishlashning umumiy tushunchalari haqida tushuncha tushuniladi. Bundan tashqari, AKT vakolatlari doirasida faqat bilim yetarli emas. Bu ma'lum bir ma’lumot vositalaridan real foydalanishni, ularni o‘quv jarayoniga kiritishni o‘z ichiga oladi. Rivojlanishning hozirgi bosqichida ular kognitiv va kommunikativ masalalarni yechish jarayonida, tajribalar o‘tkazishda foydalanishlari mumkin. Zamonaviy o‘qituvchi malakasining asosiy elementlaridan sir emas bu AKT kompetentsiyasidir. Har yili har qanday fanni o‘qitish darajasi oshib bormoqda. AKTning joriy etilishi tufayli ta’lim jarayonining o‘zi individual va samaraliroq bo‘lib bormoqda. O‘qituvchining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 161 foydalanish qobiliyati tufayli ma’lumotni o‘zlashtirish bilan birga o‘quvchilarning qiziqish darajasini haqiqatan ham oshirish mumkin. Axborot jamiyati talablariga mos ravishda o‘qituvchilarning kasbiy darajasi doimiy ravishda takomillashib bormoqda. Professionallikni oshirish uchun ketma- ket bir necha bosqichlarni bosib o‘tishingiz kerak. Agar birinchi bosqichda o‘qituvchi asosiy axborot-kommunikatsiya ko‘nikmalarini o‘zlashtirsa, ikkinchi bosqichda o‘qituvchining AKT kompetentsiyasi shakllanadi. Bu pedagogik tarmoqning o‘zaro aloqasi fonida hozirgi o‘quv jarayonini doimiy ravishda takomillashtirishni ta’minlaydi. Zamonaviy ta’lim maktablarida o‘quv jarayonini tashkil etishda, albatta, axborot jamiyatining ehtiyojlari hisobga olinadi. Axborotlashtirish jarayoni o‘qituvchilarning o‘zlarining AKT vakolatlarini faol rivojlantirish va takomillashtirish bilan birga olib borilmoqda. A.I.Rakitov [3], axborot jamiyatining shakllanishini ustida tadqiqotlar olib borib,quyidagilarni alohida takidlaydi: Axborot texnologiyalarining tarqalishi, fikrlash uslubini, turmush tarzini, odamni ijtimoiy makonga yo‘naltirish usullarini o‘zgartirishga yordam beradi. A.I.Rakitovning fikricha o‘qituvchining axborot kompetentsiyasini shakllantirish vazifalari bular: Axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalar bilan boyitish; Axborot bilan ishlashda kommunikativ, intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish; Ta’lim jarayonining turli sub’ektlari o‘rtasida yagona axborot-ta’lim muhitida (makonda) interfaol muloqotni amalga oshirish, ular quyidagilar bo‘lishi mumkin mamlakat, mintaqa, universitet va boshqalar. L.А.Ivanovaning taʼkidlashicha, “mediataʼlimning maqsadi ommaviy axborot vositalari orqali olingan tizimlashtirilgan bilimlarning yigʼindisi, talabalar orasida kommunikatsiya sohasida ko‘nikmalarni shakllantirish va media mahsulotlarni isteʼmol qilish tanlovini shakllantirish” – deb tushuntirish beradi[6]. Maʼlumki, shaxs nima sodir bo‘layotganligini to‘gʼri aniqlash uchun tanqidiy fikrlay olish, o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lishi kerak va buning uchun hech bo‘lmaganda mediakompetentlikning elementar ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim hisoblanadi. Mediakompetentlikni rivojlantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Birinchi– tajriba; Ikkinchi– media sohasidagi yangiliklarni o‘zlashtirish; Uchinchi– mustaqil bilim olishga intilish kabi tarkibiy qismlarga asoslanadi. Media savodxonlik – mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo‘yicha ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi9. Mas tarkibini quyidagi asosiy tushunchalar tashkil etadi: – media savodxonlik; – axborot savodxonligi; – o‘z fikrini erkin bayon etish savodxonligi; –kutubxona savodxonligi; – yangiliklar savodxonligi; 162 – kompyuter savodxonligi; – internet-savodxonligi; – raqamli texnologiyalar sohasidagi savodxonlik; – elektron o‘yinlardan foydalanish savodxonligi; Kompetentsiya insonning mavjud bilim va hayotiy tajribalarga tayangan holda, maʼlum bir muammoni hal etishga doir qobiliyati, degan xulosaga kelish mumkin. Demak, bizning fikrimizcha ham, kompetentsiya insonga nafaqat kasbiy, balki uning butun hayotiy faoliyati davomida kerak bo‘ladigan qobiliyatlar yigʼindisidir. Ularni to‘la egallamay turib, hech bir mutaxxasis o‘z pedagogik faoliyatini muvaffaqqiyatli yurita olmaydi. Maqola yakunida Kanfutsiyning chiroyli gapiga ham o‘z fikrimni bo‘lishmoqchiman. Konfutsiy aytadi “O‘qituvchi va o‘quvchi har doim birga rivojlanishadi.” Bu bilan u nima demoqchi? Fikrimizcha, faylasuf hech qachon o‘z ustingizda ishlashni va bilim olishni to‘xtatmang demoqchi. Agar siz to‘xtasangiz sizga ergashib kelayotgan qora ko‘z o‘quvchilaringizni rivojlanishdan to‘xtatib qo‘yasiz. Zamon bilan hamnafas bo‘ling. Hamisha izlanishda bo‘ling. Turli yangiliklardan habardor bo‘ling va uni tadbiq qila oling. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling