Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet98/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Аннотация: В данной статье освещены дети дошкольного возраста
их психологические особенности, психологические проблемы в общении, 
которые допускают взрослые при воспитании детей в семье и разработаны 
рекомендации. 
Ключевые слова: Тип лидерской деятельности, установка, психика, 
стресс, невроз, страх, мышление. 
Jamiyatimizda ta’lim sifatiga erishish va har tamonlama barkamol yosh 
avlodni shakllantirish asosiy masalalardan biri. Oilada farzandlar tarbiyasi barcha 
davrlarda o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Jumladan, hozirgi bolalarda ko‘plab 
strees, nevroz, qo‘rquv holatlari juda ko‘plab psixologik muammolarni keltirib 
chiqaryapdi.
Bu holatlar oilada ota-onaning farzand tarbiyasi borasida psixologik 
bilimining yetishmasligi natijasida bolalarga telefon bilan to‘g‘ri foydalanish 
ko‘nikmasini hosil qilmasligi, ota-onaning o‘ta qattiqqo‘lligi, o‘ta erkalatishlari va 
maktabgacha ta’limda esa tarbiyachidan qo‘rqishi “Biron xato qilib qo‘ysam, 
koyib beradilar” - degan fikrda bo‘lishi kabi muammolardir. 
Bu haqida ko‘plab psixolog va olimlar tajriba va tadqiqotlar o‘tkazishgan, 
jumladan bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlari borasida atoqli rus psixologi 
L.S.Vigotkiyning oliy psixik funksiyalar shakllanishi haqida qonuni va 
A.N.Leontyevning “Yetakchi faoliyat tipi” kabi izlanishlarida bola taraqqiyotiga 
ta'siri muammosini chuqur o‘rgangan [1]. 
Bolaning ota-onasi bilan munosabati yomonligining sababi asosan 
kattalarning bolaga nisbatan adolatsizligi oqibati hisoblanadi. Bunday holatlarda 
haqiqatdan ham bolaning psixologiyasida jiddiy o‘zgarishlar va muommolar 
bo‘ladi. 
Hammamizga ma'lumki, maktabgacha yoshidagi bolalar balki, kichik maktab 


156 
yoshidagi o‘quvchilar ham juda ko‘p savol berishadi. Chunki, qiziqqan narsasini 
bilishga intiladi. Asosan maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onasidan atrofidagi 
katta yoshdagi odamlardan o‘zi uchun mavhum bo‘lgan narsalarni bilishga 
qiziqishadi va u nima? bu nima? buni nima qiladi? nima uchun? nima qilish kerak? 
nima uchun kerak? degan ajoyib savollarga ko‘mib tashlaydi. Bunday savollarning 
ayrimlariga kattalar ham javob topisholmay qoladi. Bilmagan narsalarini 
o‘rganishga harakat qiladi. Ayrim ota-onalar ishlarini bahona qilib farzandlarining 
bunday savollariga javob berishmaydi. Buning asl sabablari avvalo, bola 
rivojlanish qonuniyatlarini bilmasligi; ikkinchidan, vaqtini bola tarbiyasiga to‘g‘ri 
taqsimlay olmasligi; uchinchidan “Vertual olam” ularni informatsiya olami bilan 
band qilganligi; to‘rtinchidan ruhiyatidagi o‘zgarishlar ya’ni stressning ko‘pligi; 
beshinchidan nosog‘lom psixologik muhit kabilar.
O‘zlari berishi kerak bo‘lgan mehrni begona bir enagaga topshirib asosiy 
vaqtini ish faoliyatiga qaratishadi. Eng achinarlisi bola bilan muloqot ko‘lami 
kamayib ketgan, bir kunlik bola hayoti bilan qiziqib ko‘rish va unga savollar berib 
fikrlashga o‘rgatish o‘rniga uyda bo‘lganda ham charchaganliklarini bahona qilib 
suhbatlashishni xohlashmaydi. Savol bersa “Ko‘p savol berma”, “Mana shu 
telefonni o‘ynab jim o‘tir” - deb ko‘yishadi. Oqibatda bola ruhiyatida jiddiy 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bunday muammolar bugungi kunda juda ko‘plab o‘zbek 
oilalariga xos bo‘lib borishi achinarli holat.
Bolaning kelajagi, uning shaxs bo‘lib kamol topishi ko‘p jixatdan ota-onasi, 
oilasi, yon atrofdagi insonlar bilan bog‘liq. Hamda ta’lim tarbiyasi ham muhim 
ahamiyat kasb etadi[2]. 
Bolani haddan ziyod erkalatish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki ko‘p e'tibor 
ko‘rsatilgan oilada bola: “Meni yaxshi ko‘rishadi”, “Men kerakman”, “Men uchun 
yashaydi” degan fikr bolaning tarbiyasini buzadi. Bunday oilada bolalar 
tug‘ulganidan, o‘zining borligidan mag‘rurlanib ota-onasi har qanday xohish-
istaklarini bajo keltirishiga ishonadi va bajo keltirishlarini so‘raydi. Agar bolaning 
istagini amalga oshirmasa harhasha qila boshlaydi. Istagi amalga oshmagan bola, 
injiqligi ko‘p yig‘laganliganligi bois kasal bo‘lib qolishi ham mumkin. 
Bolaga e’tibor juda kam bo‘lgan yoki o‘z holiga tashlab qo‘yilgan oilaning 
bolalarida ota-ona mehriga to‘ymaslik, “Sizlar meni xafa qilyapsizlar, men ham 
shunga munosib javob beraman” deb salbiy fikrlay boshlaydi. Bunday sharoitda 
bola ataylab, ota-onasiga yoqmaydigan qiliqlar qiladi, aytganlarining teskarisini 
bajaradi. Bu munosabatlar ota-onaga ham, bolaga ham salbiy ta'sir 
ko‘rsatadi.Oilasidan mehr ololmagan bola ko‘chadan mehr izlaydi. 
Yuqoridagi har ikkala tarbiya, e'tiborsizlik bolalarda bolalar nevroziga sabab 
bo‘ladi. Sog‘lom bo‘lmagan bola kelajakda bundanda yomon vaziyatlar egasi 
bo‘lib qolishi mumkin. Kelajakda tengdoshlari orasida ham o‘z fikrini bayon 
qilolmaslik, qo‘pollik, yonidagi insonlarga qo‘shila olmaslik, o‘zini yolg‘iz his 
qilish kabi salbiy tomonlar paydo bo‘la boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsiy rivojlanishining asosiy o‘zgarishlari, 
ularning shaxsiy sifatlari, layoqatlari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini 
anglash, o‘zini-o‘zi anglashi kabi hislarning yuzaga kelishi hisoblanadi. 
Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota-onalari haqidagi 


157 
fikrlari va ularga beradigan baholari nihoyatda ahamiyatlidir. 
Bog‘cha yoshidagi bolalarning hayoli asosan, ularning turli-tuman o‘yin 
faoliyatlarida o‘sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar maktabgacha 
yoshdagi bolalarda xayol qilish qobilyati bo‘lmaganda edi, ularning xayoli ham 
xilma-xil bo‘lmas edi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning xayollari turli xil 
mashg‘ulotlarda ham o‘sadi. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar loydan turli 
narsalar yasashni, qumdan turli narsalar qurib o‘ynashni va rasmlar solishni yaxshi 
ko‘radilar. Ana shunday mashg‘ulotlar bolalar xayolining o‘sishiga faol ta’sir 
qiladi 
O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda bolalarga mansub 
bo‘lgan mehnat ham narsalar haqida fikr yuritish ham san’at, hayol qilish ham dam 
olish va hushchaqchaqlik manbalari ham mujassamlangandir. Mana shu 
jarayonlarning barchasi o‘yin faoliyatida namoyon bo‘ladi, hamda bo‘lalar talab 
qilayotgan darajadagi to‘laqonli hayotni ta’min eta oladi. O‘yinning bolalarni 
maftun etuvchi tomoni ana shunda. O‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa va 
hodisalarni bilish vositasi bo‘libgina qolmay, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. 
Ijodiy va mazmunli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan 
birgalikda ularning individual fazilatlari ham shakllanadi. Mana shu nuqtai 
nazardan o‘yin maktabgacha ta’lim-tarbiya ishlari orasida eng asosisi hisoblanib, 
markaziy o‘rinda turadi. Demak, maktabgacha yoshdagi ta’lim-tarbiya ishlarining 
muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq 
ravishda tashkil qila bilishga bog‘liqdir.
Bolaning haddan tashqari o‘yinga berilib ketishini (xayoliy tarzda cho‘pdan 
yasalgan otni, stulchalardan qilingan paroxodni berilib haydashni) real voqelikdan 
chetga chiqib ketish deb qaramaslik kerak. Bola voqelikni, ya’ni o‘zi yashab turgan 
muhitni va undagi turli-tuman narsa hamda hodisalarni juda sevadi. Bola o‘zining 
voqelikka bo‘lgan cheksiz muhabbatini va undagi narsa hamda hodisalarni bilishga 
bo‘lgan intilishini o‘zining xilma-xil o‘yin faoliyatlarida ifoda etadi. Shuning 
uchun bola o‘zining turli variantdagi o‘yinlarida xayoliy muhit yaratib, voqelikni 
mumkin qadar to‘la va to‘g‘ri aks ettirishga intiladi. Chet el psixologlaridan J.Piaje 
va Koffkaning fikricha, bolalar go‘yoki bir-biridan ajratilgan ikki xil dunyoda, 
ya’ni xayollar, afsonalar dunyosida va (real) voqeiy dunyoda yashaydilar. Bolalar 
o‘zlarining faoliyatlarida qanchalik xayolga berilib ketmasinlar, har doim voqeiy 
dunyoga, undagi real narsalarga nazar tashlab turadilar[3]. 
Xulosa qilib aytganda bolalarning ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish 
lozim. Bo‘sh vaqtlarini esa mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashish kerak. Turli 
xildagi qiziqarli ertaklar o‘qib berish ham bolaning fikrlashini o‘stiradi. Ota-onalar 
va tarbiyachilarning tarbiyasi bola hayotida muhim rol o‘ynaydi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling