Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
Key words: teacher, educator, teacher-educator, professional activity,
education, upbringing, continuous education, continuous upbringing, spiritual and moral education. 2017–2021-yillarga mо‘ljallangan “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’aviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga kо‘tarish chora- tadbirlari”ga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’lim-tarbiyaning zamonaviy metodologiyasini yaratish, о‘quv adabiyotlarining yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda mutaxassis xodimlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish taqozo etiladi. Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotida innovatsion yondashuvlar, izlanishlar, tadqiqot muammolariga oid yechimlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar yaratildi. Oliy ta’lim tizimi uzluksiz ta’lim tizimiga - maktabgacha ta’lim, umumiy о‘rta ta’lim, professional ta’lim, kasb-hunar ta’limi, malaka oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim tizimi uchun mutaxassislar tayyorlab berar ekan, ularning kasbiy tayyorgarligi, ma’naviy- axloqiy qiyofqasiga, о‘qituvchilarning tarbiyachilik darajasiga alohida talablar qо‘yilmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimida ishlaydigan har bir mutaxassis kasbiy pedagogik ma’lumotga ega bо‘lish bilan cheklanmasdan, aynan shu yoshdagi о‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishga maxsus tayyorgarlik kо‘rgan bо‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bо‘lajak mutaxassislar о‘zini о‘qituvchi sifatida emas, ixtisoslik sohasida kasbiy kamol topishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Natijada 150 bunday kadrlar pedagogik faoliyat yuritganda ixtisoslik fanidan chuqur bilim berishga harakat qiladi, lekin tarbiya jarayonining о‘ziga xos qonuniyatlari, tamoyillari, mazmun-mohiyati, metodlari, vositalari va shakllarini professional darajada tatbiq etishga qiynaladi. Ular uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarga ustoz- murabbiy bо‘la olishi, har tomonlama ibrat-namuna kо‘rsatishi davr talabiga aylandi. Shuning uchun ham uzluksiz ta’lim tizimi uchun о‘qituvchi tayyorlashda bir qancha jihatlarga alohida e’tibor qaratish talab etiladi: − о‘z fanini mukammal darajada bilish va amaliy faoliyatda tatbiq etishi; − psixologik-pedagogik bilimlar bilan qurollangan bо‘lishi, milliy urf-odat, an’ana, qadriyatlardan xabardor bо‘lishi; − о‘zidagi shaxsiy-kasbiy bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘quvchilarga yetkaza olishi; - о‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, tarbiyachi hamdir. О‘zgalarga tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatish uchun о‘zi mukammal tarbiya kо‘rgan, ma’naviy dunyosi boy, axloqiy qiyofasi pok, estetik didi yuqori, о‘qituvchi- tarbiyachi о‘quvchi-tarbiyalanuvchilarga xos namuna bо‘la olishi zarur. Hozirda uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning ma’lum bir qismi yuqoridagi talablarga tо‘la javob beradi deb bо‘lmaydi. Ma’lumki, har bir darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadi bо‘lib, о‘qituvchi maqsadlar katalogini ishlab chiqishda uning yechimiga amal qilishi zarur. Mamlakatimizda ta’limning uzluksizligi, ayni paytda, tarbiya jarayonining uzluksizligini ham ifoda etadi. Ta’lim jarayonida integratsiya bilim va kо‘nikmalar majmuasini kengaytiruvchi manba vazifasini bajargan bо‘lsa, tarbiya jarayoniga xos integratsiya uzluksiz tarbiya tizimini bog‘lovchi mexanizm vazifasini о‘taydi. Ta’lim-tarbiya jarayonining pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tatbiqi bilan bog‘liqligi insoniyat tamaddunining avloddan-avlodga uzatuvchi axborot sivilizatsiyasi deb yuritiladi. Mamlakatimizda ta’limning uzluksizligi, ayni paytda, tarbiya jarayonining uzluksizligini ham ifoda etadi. Ta’lim jarayonida integratsiya bilim va kо‘nikmalar majmuasini kengaytiruvchi manba vazifasini bajargan bо‘lsa, tarbiya jarayoniga xos integratsiya uzluksiz tarbiya tizimini bog‘lovchi mexanizm vazifasini о‘taydi. Buning uchun quyidagi pedagogik vazifalarni hal etish lozim bо‘ladi: - о‘qituvchi-tarbiyachiga kasb faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan shart- sharoitlar yaratish; - shaxsga yо‘naltirilgan ta’lim mohiyatini belgilovchi о‘quv seminarlar, seminar-treninglar tashkil etish (yosh mutaxassislar va professor-о‘qituvchilarga mо‘ljallangan); - pedagogik faoliyatni takomillashtirish borasidagi nazariy bilimlarni amaliy kо‘nikma va malakalarga aylantirish; - uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida о‘qituvchining tarbiyachilik faoliyati samaradorligini aniqlash. Tarbiya bosh mezon sifatida inson xulq-atvori va haq-huquqini uyg‘unlashtiradi, uning majburiyatlarini tо‘g‘ri yо‘naltiradi. О‘qituvchi-tarbiyachi bu jarayonning mutaxassisi sifatida uni amaliyot darajasiga olib chiqadi. Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy tarbiyashunoslik nazariyasi va 151 amaliyotida innovatsion yondashuvlar, izlanishlar, tadqiqot muammolariga oid yechimlar va ilmiy-amaliy tavsiyalarga bо‘lgan ehtiyojning tobora ortib borayotganligi о‘qituvchi-tarbiyachi kasbiy faoliyatini takomillashtirishni talab qiladi. Kuzatishlar natijalari bugungi о‘quvchi va talaba-yoshlarni ma’naviy- axloqiy qadriyatlarimizni о‘rganishga bо‘lgan qiziqishlari tobora ortib borayotganligini kо‘rsatdi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, tarbiyachining kasbiy faoliyatini rejalashtirishga tizimli va shaxsiy faoliyatli yondashuv talab etiladi. Tarbiyashunoslik nazariyasi va uning metodikasi о‘qituvchi-tarbiyachidan ilmiy- nazariy hamda metodik bilim, tajriba egasi bо‘lishni talab etadi. Nazariy bilimlarni amaliyot darajasiga olib chiqa olgan о‘qituvchi-tarbiyachi kasbiy mahorat sirlarini egallash imkoniga ega bо‘ladi. Komil shaxs maqomiga yetishish orzusi, avvalo, oiladan boshlanadi. Insonning yoshi ulg‘aygan sari oilasi va jamiyatda tutgan mavqeyiga bо‘lgan mas’uliyati yanada ortadi. Tabiiyki, har qanday oila va uning vakili mukammal bо‘lish sari intiladi. Tarbiya jarayonining xususiyatlaridan kelib chiqib, о‘qituvchi- tarbiyachining kasbiy faoliyati oila, mahalla va boshqa ijtimoiy institutlar bilan hamkorlikda rivojlanib boradi. Tarbiyashunoslik nazariyasi va amaliyotida ters aloqa mexanizmining ishlab chiqilishi tarbiya samaradorligini oshiradi hamda kafolatli natijaga erishishni ta’minlaydi. Kuzatishlar va ilg‘or pedagogik tajribalar о‘qituvchi-tarbiyachi kasbining о‘z tabiatiga kо‘ra hamisha ijodiy yangilik va bunyodkorlikka boy bо‘lgan amaliy faoliyatdan iborat ekanligini kо‘rsatdi. О‘qituvchi-tarbiyachi kо‘z о‘ngida mamlakat fuqarosi shakllanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling