Metodikalari kafedrasi


Download 68.63 Kb.
bet2/3
Sana25.09.2020
Hajmi68.63 Kb.
#131268
1   2   3
Bog'liq
Parpieva Rano 2 guruh


2. 1-4 sinf o’quvchilarning o’qish darslarida shakllangan fanga oid kompitensiya elementlari O’quvchilarda shakllantiriladigan kompetentsiyalarni tanlash Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan tahlim ўқuvchilarda bilim, kўnikma va malakalarni aloҳida shakllantirishni emas, balki ularni kompleks ravishda egallashni taqozo etadi. SHunga ko’ra, o’qitish metodlari ham o’zgaradi. Kompetentsiyaviy yondoshuvda o’qitish metodlarini tanlash va konstruktsiyasini tuzish asoslarini kўrib chiқaylik. Buning uchun kompetentsiya va kompetentlik tushunchalarini aniқlashtiramiz. Uning strukturasini, funktsiyasini belgilab olamiz. So’ngra tayanch va predmet kompetentsiyalarini loyihalash texnologiyasini tuzamiz. Undan o’qitish metodlarini tanlash tamoyillari kelib chiqadi. Kompetentsiya – o’quvchining ma’lum sohada samarali faoliyat ko’rsatishi uchun tahlim tayyorgarligiga oldindan qo’yilgan ijtimoiy talab. Kompetentlik ko’p qirrali bo’lib uning bir necha talqinlari mavjud. Kompetentlik – o’quvchi tomonidan tegishli kompetentsiyalarga ega bo’lishi. Kompetentlik – o’quvchida tarkib topgan shaxsiy sifatlar va berilgan sohadagi faoliyati bo’yicha to’plagan minimal tajribasi. Kompetentlik – o’quvchining shaxsiy sifatlari to’plami (bilimlar, ko’nikmalar, malakalar, layoqatlar) bo’lib, belgilangan ijtimoiy va shaxsiy sohadagi faoliyatida orttirgan tajribasi bilan belgilanadi. Kompetentsiyalarni, ta’lim kompetentsiyalaridan farqlash lozim.Ta’lim kompetentsiyasi o’quvchini kelajakdagi to’la qonli hayotidagi faoliyatini modellashtiradi. Masalan, fuqaro ma’lum bir yoshga yetgunga qadar ba’zi bir kompetentsiyalarni tatbiq eta olmaydi. Lekin, bu degani, ularni o’quvchida shakllantirilmaydi, degani emas. Bu holatda biz ta’lim kompetentsiyasi haqida gapiramiz. Masalan, o’quvchi maktabda fuqarolik kompetentsiyasini o’zlashtirsada, uni to’la qonli ravishda maktabni tugatganidan so’ng ishlatadi.

Birinchi sinf o’quvchisi xorijiy til tugul, o’z ona tilini hali mukammal bilmaydi. Xuddi shunday beshinchi yoki to’qqizinchi sinf o’quvchilari ham ona va xorijiy tillarni faqat ma’lum darajada biladi. SHunga ko’ra, mazkur kompetentsiyalarni o’quvchining yoshini hisobga olgan holda sinflarga taqsimlab olishi kerak bo’ladi. Masalan: Kommunikativ kompetentsiya 1-sinfda

 harflarni, so’zlarni to’g’ri yoza olish;

 mashq va topshiriqlarni ko’chirib yozish;

 mavzu bo’yicha savollarga javob berish, tushunmaganlari yuzasidan savollar berish;

 o’z fikrini og’zaki bayon qilish;  suhbat jarayonida ilk tushunchalarni xorijiy tilda ayta olish.

2-sinfda

 darsga oid ko’rsatmalar va o’qituvchi nutqini tushunish;

 so’z, so’z birikmalarini to’g’ri yozish;

 salomlashish, o’zini tanishtirish, minnatdorchilik bildirish, iltimos qilish, kechirim so’rash kabi muomala odobini bilish;

 daftar muqovasi, kundalik daftarini mustaqil to’ldirish;

 o’qituvchi va o’quvchilarni tinglash, o’z fikrini tushuntira olish, turli vaziyatlarda o’zini tuta olish.

3-sinfda

 birorta xorijiy tilda sodda muloqot o’rnata olish;

 voqea-hodisa yoki predmet tasvirini sodda bayon qilish va munosabat bildirish;

 qisqa matnlarni gapirib berish;

 mavzu bo’yicha savollar berish hamda savollarga javob berish;

 tinglanayotgan sodda matnni to’g’ri yoza olish;

 muloqotda muomala odobiga rioya qilish;

 suhbatdoshining fikrini tinglay olish, o’z fikrini tushuntira bilish;

 maktabda, ko’chada, uydagi turli vaziyatlarda o’zini tuta olish;

 muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilish;

 olgan bilimlari asosida mustaqil fikr yuritish;

 jamoaviy hamkorlikda ishlay olish.

4-sinfda

 muloqotga kirishishda muomala madaniyatiga rioya қilish;

 muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilish;

 olgan bilimlari asosida mustaқqil fikr yuritish;

 voqea, hodisalarga mustaqil ravishda munosabat bildirish;

 mavzudan kelib chiqib savollarni to’g’ri qo’ya olish va javob berish;

 jamoaviy hamkorlikda ishlay olish.

SHaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetentsiyasi 1-sinf

 o’quv fanlarini o’rganish;

 kun tartibiga amal қilish;

 yolg’onchilik va chaqimchilik qilmaslik, to’g’rilik, mehribonlik kabi sifatlarga ega bo’lish;

 jamoat joylarida tozalikka rioya qilish;

 odobli bo’lishga harakat qilish;

 kattalarni gapiga quloq tutish;

2-sinfda

 o’quv fanlarini o’rganish va bir-biridan farқlash;

 mehnatsevarlik, to’g’rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo’lish;

 kun tartibiga қathiy amal қilish, jismoniy kamolatga erishish uchun muntazam badantarbiya bilan shuғullanish;  ўz xatosini tushunish va tuzatish.

3-sinfda

 maktabda, tўgarakda fanlarni ўқib-ўrganish, uyda rasmli kitoblar, jurnallar orқali mustaқil ўrganish orқali bilimini oshirib borish;

 sportning yoshiga mos turi bilan shuғullanish;

 ўzini nazorat қila bilish;

 ўzini tuta olish, tўғri sўz bўlish, ўzining xatosini tushunish, ўrtoқlarining xatosini tushuntirish;

kattalarga, kichiklarga, ўrtoқlariga yordam berish.

4-sinfda

 ўқib-ўrganish orқali bilimini oshirib borish;

 kun tartibini tўғri tashkil қilish;

 turli yўnalishdagi (ertak, sarguzasht, ҳikoya va sanhatga doir) kitoblarni muntazam ўқish va ўrganish;

 ўzining xato va kamchiligini tўғri tushunish, ўzini nazorat қilish, xatolarini tuzatishga ҳarakat қilish;

 ҳalollik, tўғrilik, rostgўylik, meҳnatsevarlik kabi sifatlarga ega bўlish;

 yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farқlash, yaxshi fazilatlarga rioya қilish. Ijtimoiy faol fuқarolik kompetentsiyasi

1-sinfda

 maktabda, oilada bўlayotgan jarayonlarda ishtirok etish;

 ўzining ўқuvchilik burch va ҳuқuқlarini bilish, unga rioya қilish.

2-sinfda

 davlat ramzlarini bilish;

 ўzining ўқuvchilik burchi va vazifalarini bilish, unga rioya қilish;

 sinfda va oilada ўz ўrniga ega bўlish;

 ўzidan kattalarga, ўrtoқlari va ўzidan kichiklarga yordam berish.

3-sinfda

 davlat ramzlariga ҳurmat va eҳtirom kўrsatish;

 farzandlik va ўқuvchilik burchini bilish, unga amal қilish;

 ўzining yoshiga nisbatan қanday ҳuқuқlari borligini bilish.

 sinfdagi jiҳozlar, ўқuv қurollarini asrab-avaylash;

 maktabda, oilada, turar joyida bўlayotgan jarayonlarda (turli tadbirlar, shanbalik va x.k.) ishtirok etish.

4-sinfda


 ўқuvchilik burch va ҳuқuқlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya қilish;

 maktabdagi va maktabdan tashқari tadbirlarda (kўrik tanlovlar, ҳashar va ҳ.k.) ishtirok etish va muomala madaniyatga amal қilish; (kattaga ҳurmat, kichikka izzatda bўlish kabi sifatlarga ega bўlish;

 oiladagi ўz ўrnini ҳamda vazifalarini anglay olish;

 maktab binosi, sinfdagi jiҳozlar, mebellarni asrab-avaylash.

Umummadaniy kompetentsiyalar 1-sinfda

 orasta kiyinish va doimo shunga amal қilish;

 dўstlariga, yaқinlari va atrofdagilarga meҳribon bўlish.

2-sinfda


 orasta kiyinish, yurish-turishda kattalardan ўrnak olish;

 ўz uyi, maktabi, turar maҳallasini қadrlash;

 ozodalikka rioya қilish;

 milliy bayramlarini bilish;

 odob-axloқ қoidalariga doimiy ravishda rioya қilish.

3-sinfda


 ўzi yashab turgan diyordagi tarixiy obidalarni bilish;

 mustaқillik yillarida bunyod etilgan inshootlarni ҳamda muқaddas қadamjolarni bilish va ularni ҳurmat қilish;

 sanhat turlarini bilish va ularni bir-biridan farқlay olish;

 ziyorat қilish odobini bilish.

4-sinfda

 sanhat asarlarini taҳlil қilish;

 maktabning ichki tartib-қoidalariga rioya қilish;

 yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farқlay olish;

 ziyorat қilish odobiga amal қilish;

 milliy қadriyatlarni (milliy-madaniy anhanalar, bayramlar, sayillar) bilish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bўlish ҳamda foydalanish kompetentsiyasi

1-sinfda


 kun tartibiga rioya қilish;

 kundalik faoliyatda turli chizma chiza olish va foydalanish;

 ўқuv қurollarini saranjom saқlash;

 oilasida nechta odam borligi, kim katta-yu, kim kichikligini bilish.

2-sinfda

 maktabga kelib ketadigan vaқtni bilish;

 tejamkorlikka rioya қilish;

 kundalik rejalarini tuza olish;

 kundalik faoliyatda turli chizmalarni chiza olish.

3-sinfda

 mamlakatimizdagi bayram kunlarini bilish;

 isrof va tejamkorlikning mahnosini tushunish va kundalik ҳayotda unga amal қilish;

 eҳtiyoji uchun kerak bўlgan narsalardan (ўқuv қurollari, kiyim-kechagi.) tejab foydalanish. 4-sinfda  bir kunlik xarajatlarini ҳisoblashni bilish;

 milliy ўyinlarimizning қanday paydo bўlganligini bilish;

 texnika қachon paydo bўlganligini bilish.

Zamonaviy darsga tayyorgarlik kўrishda va ўtkazishda nimalar ўzgaradi?

Bunday darslarga қanday didaktik talablar қўyiladi?

Dastlab ўқuv jarayonini boshқarishning tamoyillarini қaraylik:

1. Rejalashtirish.

2. Tashkil etish.

3. Amalga oshirish va nazorat.

4. Korrektsiyalash.

5. Analiz қilish.

O’quv jarayonining asosiy shakli bўlgan dars shu tamoyillarga asoslanib tuziladi. Ўқituvchi bunda ҳam oldingiga ўxshash darsini rejalashtirishi, uni қanday tashkil etishni ўylashi, darsni o’tkazishi, ўzining va ўқuchilarining faoliyatini analiz(ўz-ўzini analiz) va nazorat (ўz-ўzini nazorat) қilib borishi orқali korrektsiyalab borishi kerak. Anhanaviy dars paytida қatnashayotgan va ўқituvchi kўrsatmasini passiv ravishda bajarayotgan ўқuvchidan bosh “faoliyatchi” ga aylanadi.

K.D.Ushinskiy tomonidan aytilgan “ bolalar imkon қadar mustaқil ravishda ўқisinlar, ўқituvchi esa bu mustaқil jarayonni boshқarib unga materiallar bersin”, degan gap zamonaviy dars maғzini akslantiradi. Uning asosida tizimli – faoliyat tamoyili yotadi. Ўқituvchi ўқuvchilarni ilҳomlantirgan ҳolda, ўқish jarayonini pinҳoniy ravishda boshқarishi kerak. Bunda Uilg’yam Uordning aytgan sўzlari “Ўrtacha ўқituvchi bayon қiladi. Yaxshi ўқituvchi tushuntiradi. Mashҳur ўқituvchi kўrsatib beradi. Buyuk ўқituvchi ilҳomlantiradi” yanada aҳamiyat kasb etadi. Ўқituvchi қanday қilib zamonaviy tipdagi darsni tayyorlashi kerak? Barcha ўқituvchilar anhanaviy tipdagi darsni tayyorlash bosқichlaridan albatta , yaxshi xabardor:

 Maqsad va vazifalarni aniқlab olish;

 O’quv materiali mazmunini ajratib olish;

 O’qitish metodlari va uslublarini tanlash;

 O’quvchilar faoliyatini tashkil etish shakllarini aniқlash;

 O’quvchilarga uy vazifalarini berish uchun material tayyorlash;

 Nazorat usullarini aniқlash;

 Dasda paytida ўқuvchilar faoliyatini baҳolashni қachon va қaysi joyida ўtkazishni ўylab kўrish;

 Darsni yakunlash uchun savollarni tanlash.

Demak, tahlimiy vazifa bolaning ҳarakatini rўyobga chiқarish uchun shart-sharoitlarni tashkil etishdan iborat. Bunda ўқuv vaziyati degan yangi tushuncha kiritiladi. Bu degani shunday maxsus ўқuv jarayoni birligi tushuniladiki, unda bolalar ўқituvchi yordamida ўzlarining ҳarakati predmetini topadilar, ularni tadқiқ etadilar, turli ўқuv faoliyatlarini takomillashtiradilar, ўzgartiradilar. Masalan, boshқacha tahriflaydilar yoki ўzlarining tahriflarini taklif қiladilar va ҳ.k.қisman eslab қoladilar. Zamonaviy darslar, bir maқsadga birlashtirilgan turli operatsiyalar majmuasidan foydalangan ҳolda ўzgaruvchan bўlishi kerak. Eng muҳimi ўқuvchining tashabbusini mahlum yўnalishda қўllab-қuvvatlashi va ўzining faoliyatini ўқuvchiniki bilan ҳamoҳang қilishi, ҳar bir bolaning қobiliyatlarini ochishi – maқsadni amalga oshirishdagi eng muҳim resurs ҳisoblanadi.

O’quv vaziyati sifatida қuyidagi vazifalar berilishi mumkin: ўқigan matniga doir grafik yoki diagramma tuzish, mahlum қoida yoki vazifani bajarish bўyicha algoritm tuzish; ўқigan asari mazmunini ukasiga yoki қuyi sinfdagi ўқuvchiga tushuntirib berish yoki amaliy ish bajarish va ҳ.k. Bunda ўrganilayotgan ўқuv materiali ўқuv vaziyatini yaratish uchun xizmat қiladi yahni bola turli mahlumotnomalar, luғatlar bilan ishlaydi, matnni analiz қilib moslarini guruҳlarga ajratadi.

3.Pedagogning kasbiy kompetentligi

Kompetentsiyalar quyidagi guruhlarga ajratiladi.

O’quv – o’rganish kompetentsiyasi – o’quvchida real hayotdan bilimlarni olish, nostandart jarayonlarda harakat usullariga, muammolarni yechishning evristik metodlariga, o’lchash malakalariga, bilishning boshқa metodlaridan foydalana olish layoqatini hosil қilish.

Kompetentsiyalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

Lingvistik kompetentsiya -til sathlari (fonetika, leksika, grammatika) ҳaqida bilimlar va tilning ifoda vositalarini (o’qish texnikasi, o’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash, fikrni yozma shaklda bayon etish) egallashni nazarda tutadi.

Sotsiolingvistik kompetentsiya – so’zlovchining biror bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda vositalarini tanlash imkonini yaratadi.

Pragmatik kompetentsiya – kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo’lganda takroran so’rash, uzr so’rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish, egallangan bilimlarning amaliy imkoniyatlaridan o’rinli foydalana olish qobiliyatini nazarda tutadi.

O’quvchining mustaқilfikrlashi, o’zgalarfikrini anglashi, nutq va muloqot madaniyati rivojlanishi uchun ona tili ta’limi standart talablariga javob berishi, ona tilini kommunikativ va lingvistik kompetentsiyasi bo’yicha yetarli darajada egallashlari ko’zda tutiladi. SHu maqsadda ushbu o’quv fanining asosiy mazmunida quyidagi talablar ko’zda tutiladi:

1. Ona tilidan muloqot malakasini egallash (kommunikativ kompetentsiya).

2. Til materiali va vositalarini nutqda qo’llay bilish uchun yetarli bilimlarni o’zlashtirish (grammatik kompetentsiya). Ushbu mazmun asosan kommunikativ kompetentsiyani egallash orqali ona tilini o’rgatishning umumtahlimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadini ko’zda tutadi.

1. Kommunikativ kompetentsiya Ona tili fanidan Davlat ta’lim standarti shu til bo’yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy uch turi: o’qish, gapirish va yozish amallari bo’yicha ҳar bir sinfda taқozo etiladigan bilim va kўnikmalar mehyorini belgilab beradi. Bunda o’quvchining notanish matnni ifodali ўқiy olishi, o’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash ҳamda uni og’zaki qayta bayon қila olish darajasi, fikrni mantiқiy izchillikda ifodalay olishi, tilning ifoda vositalaridan o’rinli va unumli foydalana bilishi, imloviy savodxonligi kabi kompetentsiyalarni egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi.

2. Grammatik kompetentsiya Standartda nutqiy faoliyatning ҳar bir turi yuzasidan til materiali, til vositalari va grammatik bilimlar, ҳosil қilinadigan zaruriy kўnikma va malakalar belgilanadi. Bunda ўrganilayotgan ўzbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bўyicha nutқning oғzaki va yozma shakllaridan keng va tўғri foydalanish uchun zarur bўlgan ilmiy-amaliy mahlumotlar berish, ўzbek tilida tўғri talaffuz, imlo va punktuatsiyaning asosiy қoidalarini ўzlashtirish, muayyan bir xabarni yoki mahlumotni turli shakllarda bera olish, kundalik ҳayot uchun zarur bўlgan ish қoғozlarni yuritish, badiiy, ilmiy, siyosiy asarlarni ўrganib, ular ҳaқidagi fikr-muloҳazasini shaxsiy munosabatini oғzaki va yozma shakllarda tўғri bayon eta olish imkoniyatlaridan ўrinli foydalanish talab etiladi. Inson ўz ҳayotida shaxsiy, ijtimoiy, iқtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda ўz ўrnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini ҳal etishi, eng muҳimi ўz soҳasi, kasbi bўyicha raқobatbardosh bўlishi uchun zarur bўlgan tayanch kompetentsiyalarga ega bўlishi lozim. Bundan tashқari, tahlimda ҳar bir ўқuv fanini ўzlashtirish jarayonida ўқuvchilarda, shu fanning ўziga xosligi, mazmunidan kelib chiққan ҳolda, soҳaga tegishli xususiy kompetentsiyalar ҳam shakllantiriladi. Ўzbekiston Respublikasida tahlimning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yўnaltirilganligidan kelib chiққan ҳolda, umumiy ўrta, ўrta maxsus, kasb-ҳunar talimida(9+3) ўқitiladigan umutahlim fanlari mazmunining izchilligini tahminlash maқsadida tayanch kompetentsiyalar ҳamda ҳar bir ўқuv fani mazmunidan kelib chiққan ҳolda xususiy kompetentsiyalar belgilandiPedagogik texnologiyalar ҳaқida umumiy mahlumotlar Pedagogik texnologiya deyilganda, қisқacha қuyidagini tushunish mumkin: rejalashtirilgan tahlim natijalariga, ўқuvchilar tomonidan eng samarali ravishda erishishlariga kafolat beradigan pedagogik jarayonni loyiҳalashtiradigan pedagogika fani yўnalishi. “Pedagogik texnologiya” (education technology) atamasi ўtgan asrning 60-yillarida pedagogik nashriyotlarda paydo bўlgan.

AҚSH da “Pedagogik texnologiya” nomli jurnal 1961 yildan, Buyuk Britaniyada “Pedagogik texnologiya tahlim jarayoni sifatida” nomi bilan 1964 yildan, Yaponiyada “Pedagogik texnologiya” jurnali 1965 yildan, Italiyada 1971 yildan chiқa boshladi. YuNESKO tomonidan “Pedagogik texnologiya” nomli 93 byulletenlar tahlim bўyicha xalқaro byuro tomonidan chiқarib turiladi. “Texnologiya” sўzi grekcha techne – maҳorat va logos – tahlimot sўzlaridan kelib chiқadi. SHunga kўra, atamani sўzmasўz tarjima қilinsa, pedagogik maҳorat ҳaқidagi tahlimot deyish mumkin. Istalgan pedagogik texnologiya aniқ ilmiy kontseptsiyaga tayanishi, bir butun va samarali bўlishi, boshқa tahlim muassasalarida қўllanilganda shunday natijani berishi kerak. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy қismi

1. Kontseptsiyasi (falsafiy, psixologik, didaktik, sotsialpedagogik asoslari).

2. Ta’lim maқsadi, tahlim natijalarini rejalashtirish.

3. Tahlim mazmuni.

4. O’quvchining istalgan vaқtdagi ҳolatini tashxis қilish vositasi.

5. Mavjud sharoitlar uchun optimal modellarni tanlash mezoni.

6. O’qitish modellari majmuasi(ўқuvchi va ўқituvchi faoliyatining shakli va usullari). Pedagogik texnologiyalar klassifikatsiyasi Pedagogik texnologiyalarni turli alomatlariga kўra sinflarga ajratiladi.

1. Qo’llanilish darajasiga ko’ra:

 umumpedagogik;

 xususiy o’quv predmetlari;

 lokal yoki xususiy metodikaga doir.

2. O’zlashtirish kontseptsiyasiga ko’ra:

 assotsiativ-reflektorli;

 rivojlantiruvchi;

 interiorizatorli;

bixevioristik;

 geshtalt texnologiya;

 suggestiv;

 neyrolingvistik.

3. Tashkiliy shakliga ko’ra:

 sinf-dars yoki alternativ;

 akademik yoki klublar shaklida;

 individual yoki guruhlarda;

 jamoa holda o’qitish shakllari;

 tabaqalab ўқitish.

4. Bolaga yondashuviga kўra:

 avtoritar;

 shaxsga yo’naltirilgan;

 hamkorlik texnologiyasi va h.k..

5. Ustuvor metodikasiga ko’ra:

 reproduktiv;

 ko’rgazmali – tushuntirish;

 dasturlangan o’qitish;

 dialogik ;

 rivojlantiruvchi ta’lim;

 o’yin;

 muammoli-izlanuvchan;

 o’z-o’zini rivojlantiruvchi tahlim;

 ijodiy;

 axborot kommunikatsion (kompyuter).

6. Ta’lim oluvchilar kategoriyasiga ko’ra:

 ommaviy texnologiya;

 to’ldiruvchi texnologiya;

 tarbiyasi qiyin o’quvchilar bilan ishlash texnologiyasi;

 iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash texnologiyasi va h.k.

Mazkur ta’lim texnologiyalardan qaysi birlari o’quvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirishda samarasi yuқori bo’lishini aniqlashdan oldin kompetentsiyaviy yondashuvning mazmuni haqidagi mahlumotlarni o’rganish zarur bo’ladi.

O’quvchilarda tayanch kompetentsiyalarni shakllantirish uchun tahlim texnologiyalarini tanlash O’quvchilarda tayanch kompetentsiyalarni shakllantirish uchun tahlim texnologiyalarini tanlashda o’quv fani ўқituvchisi taқvim-mavzu rejada mazkur sinf uchun belgilangan tayanch kompetentsiyalarni belgilab oladi. SHundan sўng, ўrganilishi zarur bўlgan mavzu va shakllantiriladigan kompetentsiyalarni ҳisobga olgan ҳolda darsni ўtish metodi, usuli tanlanadi.

Metod - yunoncha (“biror maқsadga yetish uchun yўl”) sўzdan olingan bўlib, “yўl, faoliyatni tartibga solish” mahnolarini anglatadi. Tahlim metodi ўқuv jarayonining asosiy vositasi ҳisoblanadi.

Metod - tahlim jarayonida takdim etilgan nazariy va amaliy bilimlarni egallash, ўzlashtirish,ўrgatish, ўrganish, bilish uchun xizmat қiladigan yўl- yўriқlar, usullar majmui.

Usul - ўқituvchi va ўқuvchi faoliyatining bir қismi, faoliyat natijalari. Pedgogikada ўқitish metodlari turlichadir.

Ta’lim jarayoni ўқuvchilar faoliyati bilan boғliқ bўlib, passiv, faol, interfaol turlarga bo’linadi. Passiv yondashuv. Ўқituvchi mavzuni ўz mahruzasi orқali aytib berishi yoki bayon etadi. Ўқuvchi ularni tinglaydi va tegishli қismlarini yozib oladi. Uy vazifalarini қўllanma, darsliklardan ўқib ўrganadi. Bu jarayonda ўқuvchi bilan ўқituvchi orasida bir tomonlama aloқa ўrnatilgan. Ўқuvchi ўz darajasida - қobiliyati, қiziқishi, istagi, xoҳishi darajasida ўzlashtiradi. Unda tahlim mazmunini ўzlashtirish kafolatlanmaydi. Faol yondashuv. Ўқituvchi tahlim mazmunini bayon etish uchun bor kuchini, maҳoratini ishga solib dalil, kўrgazmali қurol, didaktik tarқatma materiallar yordamida yaxshilab tushuntirishga ҳarakat қiladi. Ўқituvchi ўқuvchilar bilan mavzu yuzasidan fikr almashadi, ijodiy ishlar, amaliy topshiriқlar beradi. Ўқ

O’quvchilar uy ishlarini mustaқil ishlash, takrorlash orқali bajaradilar. Bu jarayonda ўқuvchi bilan ўқituvchi orasida ikki tomonlama aloқa ўrnatiladi. Tahlim mazmunini birmuncha o’zlashtirishga erishiladi.

Interfaol yondashuv.

O’qituvchilar dars jarayonini yaxshi tashkil etish uchun қulay muҳit yaratadi. Ўқuvchilarning o’zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon beriladi. Yechimini kutayotgan masalalarni ҳamjiҳatlikda muҳokama etadilar, yechadilar. Vaziyatdan chiқishda ҳamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar. Bir-birlaridan ilҳomlanib, ruҳiy қoniқish ҳosil қiladilar. Ҳar bir ishtirokchi ўzini tahlim mazmunining muallifidek ҳis etadi. Tahlim mazmunini tўla ўzlashtirishga erishiladi. Tayanch kompetentsiyalarni shakllantirishda қўllaniladigan kўpgina usul, metod va texnologiyalar mavjud. Ulardan yuқori samara beradigan metodlardan ayrimlarini kўrib chiқamiz. Loyiҳalash metodi. Loyiҳalash metodi- ўқuvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy topshiriқni rejalash, konstruktsiyalash va bajarish jarayonida bilim, kўnikma va malakaga ega bўladigan ўқitish tizimidir.

Ta’lim oluvchilar keng miқyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va ҳ.k.)masalalar bilan boғliқ loyiҳalarni bajaradilar. Mazkur metodning yuқori samara berishi uchun loyiҳani bajarishda ўқuvchilarda motivatsiyaning yuқori darajada bўlishi, shart ҳisoblanadi.

Loyiҳalash metodi orқali ўқuvchilarda қuyidagi shaxsiy kompetentsiyalar shakllanadi: jamoada ishlash; ishchanlik; mahsuliyatni ҳis etish; ўziga ishonch; ўқitishlilik; tezkor fikrlash; jarayon rivojini kўra bilish; mushoҳada қila bilиш; uzoқni kўra bilish; tashxislash; motivatsiya. Afsus bilan shuni tahkidlash kerakki, bugungi kunda ҳamma ўқituvchilar ҳam bu metodni muvaffaқiyatli қўllay olmaydi. Muammoli modulli tahlim metodi Muammoli modulli tahlim metodi olingan nazariy bilimlarni amaliyotda қўllashni nazarda tutadi. Mazkur metod ўқitishning turli modellarining didaktik asosini tashkil etib, ўқitish vositalari va pedagogik texnikaning қўllash usulari bilan farқlanadi. U ўқuv predmetini nisbatan kichik bўlaklarga – modullarga bўlishni ifodalaydi. Modulg’ nisbatan mustaқil va tugallangan tahlim dasturi birligi bўlib be larini); shaklini va ўқitish metodlarini; kompetentsiyani rivojlantirish darajasi lgilangan kompetentsiyani shakllantirishga қaratilgan bўladi. Ҳar bir modul ўқitish natijasini (ўқiyotganlar faoliyati); tahlim mazmunini (faoliyati va baҳolash mezon bilan aniқlanadigan modulning chegarasini aks ettiradi.



Download 68.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling