Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menjment ”
Download 292.5 Kb.
|
Mahammadkulova Madina
Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha ta’limda sohasida qilinayotgan barcha islohotlar yoshlarning har tomonlama sog’lom intelektual salohiyatli erkin fikrlaydigan shaxs bo’lib tarbiyalanishini qaror toptirishdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan barcha faoliyatlar “Ilk va Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” o’quv dasturiga mos bo’lishi kerak. Shundagina olib boriladigan pedagogik jarayon ham kutilayotgan natija ham shunga yarasha bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan pedagogik jarayon Maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlayotgan pedagog xodimlar tomonidan olib boriladi, unga bevosita mtt metodisti va mtt direktorsi ma’sul hisoblanadi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomilllashtirish borasida davlat miqiyosida amalga oshirilayotgan ishlar kelajak avlodni har tomonlama intellektual qobiliyatga ega bo’lgan shaxslar bo’lib yetishishiga zamin hozirlaydi. Zero, “Ayni paytda farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo’g’in hisoblangan Maktabgacha ta’lim tizimini zamon talablariga mos kelmasligi ham sir emas. Ushbu sohaga bir paytlar e’tiborimizni susaytirib yuborganimiz oqibatida ko’pgina muammolar yig’ilib qolganini ochiq aytish lozim. Bog’cha tarbiyasini ko’rgan bolaning ongi, dunyoqarashi qanday yuqori bo’lishini bugun kimgadir isbotlab o’tirishning, o’ylaymanki, hech qanday hojati yo’q” deydi Sh.M.Mirziyoyev. “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida1”gi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirliging 2021-yil 30-dekabrdagi 255-son buyrug’i ham maktabgacha ta’lim tarmog’ida hizmat qilayotgan xodimlarning yangi malaka tavsiflarini tasdiqlashdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi Maktabgacha ta’lim tahkilotlar qurish bo’yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga olinib, nodavlat ta’lim tashkilotlari, jumladan, nodavlat Maktabgacha ta’lim tahkilotlar tarmog’ini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sog’lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko’paytirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Biz qabul qilayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga bilim asoslarini, eng zarur hayotiy tushuncha va ko’nikmalarni o’rgatadiganlar yuqori malakali tarbiyachi va murabbiylardir, deya ta’kidlandi yig’ilishda. Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg’or pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, o’quv va o’quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va nashr etish ham g’oyat dolzarb vazifadir. Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini yanada oshirish va ular ko’rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo’ldi.Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning Maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy o’quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to’ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko’rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish Chora-tadbirlari to’g’risida2” PQ-3261 09.09.2017 dagi qarori ham maktabgacha ta’lim tizimidagi so’ngi yillarda tashkil etilayotgan tub burulish yasadi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomilllashtirish borasida davlat miqiyosida amalga oshirilayotgan ishlar kelajak avlodni har tomonlama intellektual qobiliyatga ega bo’lgan shaxslar bo’lib yetishishiga zamin hozirlaydi. Zero, “Ayni paytda farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo’g’in hisoblangan Maktabgacha ta’lim tizimini zamon talablariga mos kelmasligi ham sir emas. Ushbu sohaga bir paytlar e’tiborimizni susaytirib yuborganimiz oqibatida ko’pgina muammolar yig’ilib qolganini ochiq aytish lozim. Bog’cha tarbiyasini ko’rgan bolaning ongi, dunyoqarashi qanday yuqori bo’lishini bugun kimgadir isbotlab o’tirishning, o’ylaymanki, hech qanday hojati yo’q3” deydi Sh.M.Mirziyoyev. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda kurs ishining dolzarbligi asoslandi. Download 292.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling