Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menjment ”


Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik jarayonni tashkil etishni boshqarish


Download 292.5 Kb.
bet7/9
Sana07.02.2023
Hajmi292.5 Kb.
#1174143
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mahammadkulova Madina

2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik jarayonni tashkil etishni boshqarish.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining direktori amaldagi qonunchilik doirasidagi pedagog xodimlari va ma'muriyatini, ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuviga chek qo'yuvchi zarur choralar ko'radi. Shuningdek, jamoaga nisbatan ma'muriy-buyruqbozlik urinishlariga, uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo'yadi, shu masalalar bo'yicha tegishli organlarga murojaat qiladi.
Direktor ishonch qog'ozisiz maktabgacha ta'lim tashkiloti nomidan harakat qiladi, barcha shirkat va jamoat korkabinetlari, tashkilotlar va tashkilotlarida uning manfaatini himoya qiladi; kreditlar tarqatadi; lozimnomalar tuzadi, ishonch qog'ozlarini beradi, banklarda va boshqa hisoblarini ochadi; maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun zarur bo'lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korkabinetlardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pul o'tkazish yo'li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega.
Direktor maktabgacha ta'lim tashkiloti huquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko'rsatma beradi. Bu buyruq va ko'rsatmalar maktabgacha ta'lim tashkilotining barcha xodimlari uchun majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta tibbiy yordam hamshirasi, xo'jalik direktorining o'z huquqlari doirasida bergan ko'rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat: Ma'muriy guruh (direktor, tarbiyachi- metodist, xo'jalik direktori, katta tibbiy yordam hamshirasi), pedagogika, tibbiy yordam, xizmat ko'rsatish tarmoqlari
xodimlari.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti ma'muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli moddiy resurslarni berkitadi. Mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig'ilishidir.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining umumiy yig'ilishi:
- maktabgacha ta'lim tashkilotining Ustavini ko'rib chiqadi va qabul qiladi;
- maktabgacha ta'lim tashkiloti kengashini tuzish zarurini aniqlaydi, kengash tarkibini va uning raisini saylaydi;
- yillik va istiqbol rejalarni muhokama qiladi, tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida ma'muriyat hisobotini eshitadi, pedagogik va xizmat ko'rsatish mehnatining samaradorligini oshirish yo'llarini belgilaydi;
Jamoa lozimnomasini muhokama qiladi va kasaba uy ushmasi qo'mitasiga taqdim etadi.
Direktor ishini rejalashtirish.
Direktor ishida qiyosiy tekshiruv ham muhim o'rin egallaydi. Uning farqlovchi xususiyati tarbiyachining pedagogik jarayonini boshqa pedagogning ish tajribasi bilan solishtirish, tahlil qilish va baholashdir. Parellel guruhlar tarbiyachilar ishlarini solishtirish mumkin.
Qiyosiy tekshiruvni dasturning ayrim bo'limlarini bajarilishini tekshirishda turli tarbiyachilar bolalardagi bilim, ko'nikma va malakalar sifatini tahlil qilishda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Solishtirma natijalari pedagoglar kengashida muhokoma materiali bo'lishi mumkin.
Qiyosiy tekshiruv - guruhlarga kirish va tarbiyachilar ishlarini kuzatish, rejalarni, bolalar ishlarini va boshqa hujjatlarni, tahlil qilish shaklida o'tkazilish mumkin.
Direktor - kundalik pedagogik jarayonlarni, ish, o'qishlarni va boshqalarni, bilimlar sifatini, bolalarning faoliyatlarini tarbiyachilar bilan birga tahlil qiladi, birgalikda ishning samaraliroq shakllarini izlaydi.
Qiyosiy tekshirish - eng yaxshi ish tajribaning tarqalishiga, ta'lim-tarbiyaviy jarayonining va barcha guruh tarbiyachilarining umumpedagogik darajasini oshirishga yordam beradi.
Nazoratning istalgan turi-agarda unga direktor jiddiy, puxta tayyorgarlik ko'rgan holdagina samarali bo'lishi mumkin.
Eng avvalo, tekshirish maqsadini aniq belgilash lozim.
Masalan: kichik guruhda bolalarning kun davomidagi xilma- xil faoliyatlari uchun sharoitlarni yaratilishini kuzatish; katta guruhda bolalarning o'yin va mehnatdagi o'zaro munosabatlarini kuzatish (ular inoq o'ynay oladilarmi va hamjihatlik bilan mehnat qila oladilarmi).
O'rta guruhda nutq o'stirishga doir dasturning o'zlashtirilishi bolalarning nutq faolligi, nutqiy ko'nikmalar darajasini tekshiradi. Maqsadni belgilab, direktor tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi bilan "Ilk qadam” dasturi talablarini solishtirib topishadi, oldingi tekshiruv natijalari tahlilining yozuvlari bilan tanishadi, bolalarning ishlarini o'rganadi, oldindan tarbiyachi va kichkintoylar bilan suhbatlashadi. Shuningdek, metodik adabiyotlar yangiliklari, ilg'or pedagogik tajribani umumlashtirish materiallari va ilmiy tadqiqotlar materiallari bilan va nihoyat tekshirish jarayonida javob olmoqchi bo'lgan savollarni mo'ljallab tekshirishning qisqa hamda aniq rejasini ishlab chiqadi.
Guruhlarga kirish mo'ljallanganligi haqida direktor pedagogni, agarda bu kirish ishida ilgari kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida amalga oshirilayotgan bo'lsa, oldindan ogohlantiriladi. Guruhga ko'proq ogohlantirishsiz kirish yoki kirish haqida ertalab ogohlantirish lozim. Bu esa tarbiyachilarda asta-sekin ishda ma'lum mas'uliyatni shakllantiradi. Biror bir bo'lim bo'yicha dastur talablarining bajarilishini tekshirish haqida tarbiyachi oldindan ogohlan­tiriladi. Bunday ogohlantirish pedagoglarni o'z ishlaridagi kamchiliklarni mustaqil aniqlashga, har bir bolaning rivojlanishi va dasturni o'zlashtirishini xolisona baholashga safarbar etadi. Shuni unutmaslik kerakki, guruhga bir marta, bir lahzaga kirish tarbiyachining ishi haqida xulosa chiqarish
■ huquqini bermaydi.
Agar direktor bir faoliyat turishi yoki kun tartibi jarayonini tahlil qilishni maqsad qilib qo'ygan bo'lsa, u holda faoliyatningbu turini boshdan oxirigacha to'liq kuzatib chiqish kerak bo'ladi.
Har qanday tekshiruv agarda direktor qabul qilgan ko'rsatma, tavsiya qarorlarning ijrosini tekshirib bormasa, ijobiy samara bermaydi. Ijroni muntazam nazorat qilib borish kishilarni intizomga odatlantiradi.
Muntazam nazorat - bu faqat ilgari ay tilgan ko'rsatma va takliflarning ijrosini tekshirishgina emas, balki guruhda ma’lum vaqt bo'lagida qilingan ishlarni solishtirib ko'rish hamdir,
Masalan: o'quv yilining boshida bolalarning mashg'ulotlardagi tafakkur faoliyatlarining faolligini tekshirish tarbiyachilar muammoli xarakterdagi savol va vaziyatlardan kam foydalanishlarini bolalarda mustaqillik hamda fikrlarning tanqidiyligini yetarlicha rivojlantirmasliklari va shu kabilarni ko'rsatadi. Bu kamchiliklar sabablarini pedagoglar jamoasida birgalikda muhokama qilib va ularni bartaraf qilish yo'llarini belgilab, direktor yarim yildan so'ng boshlang'ich ma'lumotlarni yangi mashg'ulotlar bilan solishtirib yana tekshiradi.


XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan bog’liq tashkiliy va amaliy ishar har tomonlama, davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi hech birimizga sir emas. Maktabgacha ta’lim tizimini tashkil etish va boshqarishga oid tizimni ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilganligi ham so’zimiz isbotidir. Maktabgacha ta’limni tashkil etish uchun avvalombor uni har tomonlama bolalar uchun mosligi har tomonlama tekshiriladi va ruxsatnoma beriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkilot hajmidan kelib chiqqan holatda bevosita direktor va bilvosita metodist tomonidan boshqariladi. Uning barcha haq huquqlari undagi yangi tashkiliy qo’mita direktor tomonidan tashkil etiladi. Metodist maktabgaca ta’lim tashkilotidagi pedagogic faoliyat bilan shug’llanadi.
Barcha pedagog xodimlarning pedagogic faoliyatini nazoratga oladi. o'z malakasini belgilangan tartibda, har uch yilda oshirib borish; o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish.

Download 292.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling