Metodikasi Reja: 1
Ikkinchi sinfda tabiatshunoslik materialini o’rganish metodikasi
Download 34.08 Kb.
|
1-2- sinflarda “atrofimizdagi olam” darsligini o’qitish metodikasi
Ikkinchi sinfda tabiatshunoslik materialini o’rganish metodikasi. 2- sinfda o’quvchilar atrof olam bilan tanishish bo’yidia dasturlarda tabiat bilan tanishishni davom ettiradilar. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi shuni yodda tutishi kerakki, tabiat va jamiyat atrof olam bilan tanishtirish kursida ikki parallel yo'1 emas, balki bir yo’nalishdir, unda tabiatshunoslik va ijtimoiy xarakterdagi masalalar
O’zaro bir -birlarini boyitib, uyg’unlashgan. Garchi ba'zi darslarda ko’proq tabiatshunoslik, boshqalarida ijtimoiy masalalar qarab chiqilsa ham, asosiy g’oya - inson, jamiyat, tabiat birligi, ajral-mas butunligiga asoslangan. Bu g’oya kursning asosini tashkil qUadi. Ikkinchi yil o’qitishning vazifasi birinchi sinfda belgilangan yo’nalishlarni yanada rivojlantirishdir. Har bir mavzuni ochib berishda bolalarning Vatan, jonajon tabiat, ijtimoiy hayot to’g’risidagi aniq tasavvurlari kengayadi. o’quvchilarda uyda, maktabda va boshqa jamoat joylarida to’g’ri yurish-turish uquvlari hamda ko’nikmalarini shakllantirishga, bolalar o’rtasida o’rtoqlik munosabatlarini, kattalarga o’tiborni, mehnatga hurmatni tarbiyalashga, shuningdek, tabiatdagi muhim o’zaro aloqalarni aniqlashga, unga muhabbat va muruvvatli munosabatni shakllantirishga e'tibor qaratiladi. 1- va 2- sinf dasturlarini taqqoslash aytib o’tilgan har bir mavzuda qanday yangi masalalar ko’rib chiqilishini ko’rsatadi. Chunonchi, “Bizning uy” mavzusi bo’yicha o’quvchilarning bilganlarini takrorlay borib, o’qituvchi ota-onalar kasblari, oilada mehnat majburiyatlarini taqsimlanishi masalasiga to’xtalishi kerak. 2- sinfda “Kuzda odamlar mehnati”, “Ijtimoiy foydali mehnat” va “Ota-onalar kasbi” mavzulari bo’yicha o’quvchilar tanishadigan obyektlar doirasi kengayadi, ba'zi o’zaro aloqalar ular ongiga yetkaziladi, umumlashtirish shakllanadi. Chunonchi, bolalarni transportning yangi turlari bilan tanishtira turib, o’qituvchi yer usti, havo, suv transportlarining barcha turlari uchun nima umumiyligini, transportning qancha turlari borligini hikoya qiladi. Bolalar yo’lovchi tashuvchi transportdagi yurish-turish qoidalarini bilib oladilar, ularni bajarishga o’rganadilar. Bu shu mavzuning boshqa masalalariga ham daxldordir: shaharning madaniy-oqartuv muassasalari, maishiy xizmat korxonalari va boshqa joylarga borish, ularning vazifalarini aniqlash, shu muassasalarda ishlayotgan odamlar mehnati bilan, tanishtirish bilan bog’lanadi. Bunda har safar jamoat joylaridagi yurish-turish qoidalari ishlanadi. Mashg’ulotlar davomida bolalarda sinf, maktab jamoasi hayotida faol qatnashishga, kattalarga baholi qudrat yordam berishga intilishni tarbiyalashga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish muhimdir. Bolalarga turli kasbdagi kishilar mehnatiga hurmat hissini tarbiyalashga alohida o’rin beriladi. Odamlar mehnati bilan hayot uchun zarur bo’lgan barcha narsalar yaratiladi: don yetishtiriladi, yangi uylar, maktablar, kasalxonalar quriladi, kitoblar chop etiladi, deb ta'kidlaydi. Qishloq joylarida - g’allakorlar, paxta-korlar, chorvadorlar, agronomlar mehnati, shaharlarda - muhandis, konstruktor, ishchi va shu kabilarning mehnati qadrlidir. Bolalarga aniq misollarda sanoat hamda qishloq xo’jaligining jadal rivojlanishi nimaning hisobiga ta'minlanayotganligini, turli kasb egalarining mehnatini mashinalar qanday yengillashtirayot-ganligini, nima uchun ular (aloqa boiimi, ferma, do’kon va shu kabilar) yordamida ishlar tez va yaxshiroq bajarilishini ko’rsatmoq lozim. O’qituvchining vazifalaridan biri har bir kishining mehnati boshqa odamlarning mehnati bilan bog’liqligini tushuntirishdir. Hosilni yig’ib terib olish yoki uy qurilishini kuzatib, bolalar, shuningdek, odamlar mehnati xizmat qiluvchi transportning (kombaynlar, yuk mashinalari va shu kabilarning) batartib ishiga bog’liq ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Agar o’qituvchi o’z hikoyasini atrofdagi hayotdan misollar keltirish bilan biiga olib borsa, ularni mamlakatimizda sodir bo’layotgan voqealar bilan bog’lasa, yanada yaxshi bo’ladi. Eng muhim vazifalardan yana biri - bolalarni tabiatning konkert obyektlari va hodisalari bilan tanishtirishni davom ettirishdir. o’simlik va hayvonlar to’g’risidagi, yil fasllarining asosiy belgilari haqidagi bilimlarsiz o’quvchilarda ekologik aloqalar, tabiatni muhofaza qilish zarurligi to’g’risida tasavvurlarni shakllantirish, tabiatga muruvvatli munosabatni tarbiyalash mumkin emas. Dasturda bolalar farq qila olishga o’iganishlari kerak bo’lgan daraxt, buta hamda xona o’simliklarining muxtasar ro’yxati ko’rsatilgan. O’quvchilarning faqat o’simlik va hayvonlarning nomlarinigina bilishlari emas, balki ular (daraxt, buta, o’t o’simliklari, dar-randa, qush, baliq, hasharotlar)ni guruhlashtira olishlari ham muhimdir. Masalan, o’quvchilarni xona o’simliklari bilan tanishtira turib, o’qituvchi o’quvchilardan qaysi o’simliklaraing nomlarini bilishlarini so’raydi. Keyin 3-4 o’simlik nomini aytadi. Farq qiladigan belgilari yaxshi ifodalangan o’simliklarni tanlaydi. Erta gullovchi o’simliklar oldida bolalar albatta hasharotlarni ko’radilar. o’qituvchi bolarilarning o’simliklar oldiga shirin nektar (gul shirasi) yig’ish uchun uchib kelganliklarini, uni keyin asalga aylantirishlarini tushuntiradi. Odamlar o’simliklarni yulib olganlarida ular faqat o’simliklarni halok qilibgina qolmasdan, balki hasharotlarga ham zarar keltiradilar. Bunday holda hashatorlar oziqdan mahrum bo’lib qoladilar. o’qituvchi: “Atrofda biz qanday hasharotlarni ko’ryapmiz? Nima uchun biz ularni qishda ko'rmaymiz?” deb so’rashi mumkin. Agar baqa yoki qurbaqani ko’rish iloji bo’lsa, nima uchun bu jonivorlar uyqudan kech uyg’onganliklarini so’rash kerak bo’ladi. Bolalar birinchi sabab - kunlar issiq bo’lib qolganligini aytadilar. Agar zarur bo’lganda o’qituvchi baqa va qurbaqalarning hasharotlar bilan oziqlanishini eslatib o’tishi kerak. Demak, bahorda hasharotlarning paydo bo’lishi baqa va qurbaqalar uyg’onishining ikkinchi sababidir. Negaki, ularning asosiy ovqati - iskabtopar va pashshalardir. Baqalarni o’ldirish - minglab zararkunanda hasharotlarni erkinlikka chiqarish demakdir. Shunday qilib, bolalar o’simlik va hayvonlar hayoti uchun zarur bo’lgan eng muhim sharoitlar haqida bilib oladilar, tirik mayjudotlar hayotidagi o’zgarishlarni shu sharoitlarning o’zgarishi bilan bog’laydilar, o’simlik va hayvonlarning har xil guruhlari o’rtasidagi aloqalarni bilib oladilar. Bu ekologik aloqalarni bilish tabiatga muruvvatli, mas'uliyatli munosabatni shakllantirishga yoidam beradi. Tabiat va jamiyatning o’zaro aloqalarini ko’ra turib, tabiatning amaliy ahamiyati ustida to’xtash lozim. Chunonchi, shahar (qishloq)dagi qurilishlarga bag’ishlangan mashg’ulotda har bir oila hayoti uchun uy-joy qurilishining ahamiyati to’g’risida, quruvchi kasbi, qurilish texnikasi to’g’risida, shuningdek, qurilish uchun material (qum, loy, ohak)ni odamlar tabiatdan olishi to’g’risida hikoya qilish mumkin. Inson yerdan temir rudasi, ko’mir, neft, tabiiy gaz qazib oladi. Demak, tabiat, yer odamlarni boqadi va kiyintiradi. Tabiatning amaliy ahamiyatini qadriga yetmaslik mumkin emas. Barcha mehnat va kasb turlari (shaxtyor, metalluig, g’allakor, paxtakor va boshqalar) tabiat bilan chambarchas bog’liqdir. Tabiatning turli qadriyatlari bilan insonning tabiatni muhofaza qilish faoliyati chambarchas bog’liqdir. Atrof olam bilan tanishtirish mashg’ulotlarida o’quvchilar tabiat muhofazasi bo’yicha muayyan bilimlarni oladilar. Birinchi sinfdan ikkinchi sinfga o’tishda metod hamda tashkiliy ishlarda vorislik saqlanadi. Ilgarigidek katta e'tibor ekskursiyalarga, ma'noli-rolli o’yinlarga, muammoli vaziyatlarga, ijtimoiy foydali mehnatni tashkil qilishga qaratiladi. Biroq 2- sinfda ko’proq mustaqil amaliy ishlar o’tkazish, bolalarga muayyan bilim va taqqoslash, tahlil qilish, klassifikatsiyalash, o’zaro bog’lanishlarni aniqlash, kuzatilgan faktlarni umum-lashtirish uquvlarini talab qiladigan murakkabroq muammoli vaziyatlar taklif qilish mumkin. 2- sinf dasturida tabiatga mavsumiy: erta va kech kuzda, qishda va erta bahorda ekskursiyalar o’tkazish mo’ljallangan. Bundan tashqari, imkoniyatga qarab o’qituvchi o’quv sayrlardan foydala-nadi, ular davomiyligining qisqaligi va odatda kuzatiladigan tabiat obyektlari va hodisalari sonining ozligi bilan farq qiladilar. Bolalar faqat tabiatgagina emas, balki har xil korxonalarga (fabrika, oran-jeriya, ferma, maishiy xizmat korxonalari va shu kabilarga) ekskur-siyalar o’tkazadilar, kinoteatr, ko’igazma, klublarga boradilar. 1- sinf o’quvchilaridan farq qilib, o’qitishning ikkinchi yilida bolalarga ko’proq talablar qo’yiladi: ular ekskursiya o’tkazuvchi bilan suhbatda faol qatnashishlari va o’qituvchi topshirig’i bo’yicha murakkab bo’lmagan mustaqil kuzatishlarni bajarishlari kerak. Chunonchi, 8- Martga bag’ishlangan mashg’ulot ekskursiya shaklida olib borilishi mumkin. Odatda, bolalar faqat e'tibor bilan ko’rib va ekskursovodni eshitibgina qolmasdan, balki ko’plab savollar ham beradilar. Ekskursiya 2- sinf o’quvchilari mehnat darslarida yoki kuni uzaytirilgan guruhda o’z qo’llari bilan tayyorlagan sovg’alarni taqdim qilish bilan tugallanadi. 8- Martga bag’ishlab bolalarning kichik konsert dasturini tashkil qilish ham mumkin. 2- sinfda deyarli har bir mashg’ulotda muammoli vaziyatlardan foydalansa bo’ladi. Axloqiy vaziyatlar ko’pincha sujetli-rolli o’yinlarga kiritiladi. Masalan, “Biz shahar bo’ylab boramiz” (“Transportda yurish-turish qoidalari” mavzusida) o’yin tashkil qilinadi. Sinfda stullardan “avtobus” quriladi. Oldinda haydovchi, uning qo’lida rul. U avtobusni haydab borayapti va to’xtash joylarini: “Zoopark”, “Teatr”, “Maktab”ni e'lon qiladi. To’xtash joyida yo’lovchilar chiqadilar va tushadilar, ular salonga kirib, o’rinlarni egallaydilar, bir-birlarigajoyberadilar, chiptaoladilar vahokazo. Pedagog o’yinga rahbarlik qiladi, o’yinga har xil muammoli vaziyatlar kiritadi. Masalan, o’qituvchi bolalarga shunday vaziyatni taklif qiladi: “Sen avtobusga chiqding va o’z do’stingni ko’rib qolding”, “Sen avtobusda o’tiribsan, to’xtash joyida salonga keksa erkak kirdi”, “Sen buvang bilan avtobusga chiqding, bo’sh o’rin esa bitta”, “Sen kelgusi to’xtash joyida tushasan, oldinda odamlar ko'p”, “Sen do’sting bilan baland ovozda gaplashayapsan, yo’lovchilardan biri tanbeh berdi”. Bu vaziyatlarning qahramonini tasvirlab, bolalar u yoki bu holatda qanday yo'l tutishlarini ko’rsatishlari kerak bo’ladi. Taklif qilingan yechim butun sinf bilan muhokama etiladi. Boshlang’ich sinflarda bolalarni o’qitishning qulay sharoit-laridan foydalanib, predmetlararo bog’lanishni to’liq darajada amalga oshirish zarur. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha mashg’ulotlarda shakllantiriladigan aniq tasavvurlar boshqa predmetlar bo’yicha vazifani hal qilishga yordam beradi va aksincha. Predmetlararo aloqa nutqni rivqjlantirish kabi vazifalarni hal qilishda amalga oshiriladi. “Atrof olam bilan tanishtirish” kursi o’quv materialining o’zi, foydalaniladigan ish uslublari va metodlari bola nutqini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu mashg’ulotlarda bolalar bir-birlari bilan bevosita muloqotda bo’ladilar, taassurotlari bilan o’rtoqlashadilar, o’zlarining qiziqishlari haqida hikoya qilib beradilar. Sujetli-rolli o’yinlarda bolalar improvizatsiya qilib, o’z qahramonlari uchun matn yaratadilar. Mehnat ta'limi, o’qish, atrof olam bilan tanishish kabi predmetlar bilan bog’lanish tabiatga va ishlab chiqarishga kompleks ekskursiyalar o’tkazishda amalga oshirilishi mumkin. Download 34.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling