Amaliy ishlar Oʻquv ishlarni xar xil mexnat operasiyalariga oʻrgatish metodi. Amaliy ishlar qatoriga ekskursiya vaqtida tabiiy materiallar yigʻish, oʻsimliklarni parvarish qilish, gerbariy va kolleksiyalar tuzish, mulyaj, maket, koʻrgazmali qurollar tayyorlash kiradi. Amaliy ishlar dastur va darsliklarda kirtilgan va ularni bajarish majburiy. Hikoya Oʻquvchilarga bilim berishning yetakchi metodi oʻqituvchining jonli soʻzi - hikoyasidir. U oʻqish kitoblarini oʻqish, obyekt, jism va hodisalarni namoyish qilish, oʻqitishning texnika vositalaridan foydalanish, oʻquvchilar oldiga savollar qoʻyish, badiiy adabiyot oʻqish va boshqalar bilan uygʻunlashadi. Hikoya oʻqituvchi shaxsiga bogʻliq, shuning uchun u juda katta imkoniyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |