Metodlar klassifikatsiyasi. Tabiatshunoslikni oʻqitishda foydalaniladigan metodlar tasnifi
Download 217.4 Kb.
|
2-mavzu taqdimoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Borliq jismlari va hodisalarining (foydali qazilmalar, oʻsimlik va hayvonot dunyosining), u yoki bu tabiiy zona iqlimining xususiyatlarini izchil bayon qilishda qoʻllaniladi.
- Kirish suhbatidan
- Bayon qiluvchi suhbat
- Yakunlovchi suhbat
- Tasviriy koʻrgazmali qurollarni koʻrsatish asosidagi suhbat
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Aytib berishBayonning shunday turiki, unda aniq fakt, voqea, jarayon yoki harakatlar haqida tushunarli, ravon gapirib beriladi. Hikoya shohid (sayyoh, yosh tabiatshunos, sayohatchi, biror kashfiyotning ishtirokchisi va boshqalar) nomidan olib boriladi.Ta’riflashBorliq jismlari va hodisalarining (foydali qazilmalar, oʻsimlik va hayvonot dunyosining), u yoki bu tabiiy zona iqlimining xususiyatlarini izchil bayon qilishda qoʻllaniladi.XarakterlashTa’riflashning bir koʻrinishidir, u jism (narsa) yoki hodisaning belgi va xususiyatlarini sanab oʻtishdan iborat (togʻlar, daryolar, tabiiy zonalar xarakteristikasi).TushuntirishBayonning bir koʻrinishi, unda yangi tushunchalar, atamalar ochib beriladi, sabab-oqibatlar bogʻlanishi, tobelik belgilanadi, ya’ni u yoki bu hodisaning mantiqiy tabiati (masalan, nima uchun tundrada tun uzun, kun qisqa boʻlishi, nima uchun kun va tun, yil fasllari almashib turishi) ochib beriladi. Tushuntirishdan barcha darslarda foydalaniladi, koʻpincha u muhokama qilish bilan uygʻunlashadi.Muhokama qilishBayon qilish boʻlib, unda oʻquvchilarni xulosa va xotimaga olib keluvchi qoida hamda isbotlarning izchil rivojlanishi beriladi. Hikoyaning bu shaklidan oʻrganilayotgan hodisani (masalan, oʻsimlik va hayvonot dunyosining oʻzgarishiga iqlimning ta'siri, suv, metallning xususiyatlari) tahlil qilish zarur boʻlganda foydalaniladi.SuhbatSuhbat savolning hal qilinishida oʻquvchilar va oʻqituvchining ishtirokida xarakterlanadi. Suhbatning maqsadga qaratilganligi oʻquvchilar bilimini safarbar qilib, hal qilinishi kerak boʻlgan savollar bilan aniqlanadi.Kirish suhbatidanYangi boʻlim yoki yangi mavzuni oʻrganish oldidan foydalaniladi. Uning maqsadi oʻquvchilardagi darsda oʻrganiladigan masala boʻyicha tasavvurlarni aniqlash yoki tiklashdir.Takrorlovchi suhbatOʻrganilgan materialni mustahkamlash va fahmlab olishga yordam beradi. U yangi material oʻrganilgandan keyin, shu darsning oʻzida mavzu yoki boʻlim oʻrganilgandan soʻng 5 daqiqadan 20-25 daqiqagacha vaqt davomida oʻtkaziladi. Takrorlovchi suhbat paytida ham mavzuni oʻiganishdagi oʻsha koʻrgazmali qurol va tarqatma tabiatshunoslik materialidan foydalaniladi.Bayon qiluvchi suhbatOʻquvchilarning oʻzlari borliqning jism va hodisalarini kuzatishini nazarda tutadi. Oʻqituvchi tomonidan yoʻnaltirilgan oʻquvchilar oʻzlari uchun yangi obyekt va hodisalar bilan tanishadilar. Tirik tabiat burchagida oʻtkazilgan tabiat obyektlari va tajribalarni kuzatishlar natijasida oʻquvchilarda shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega boʻlgan atrof olamga tadqiqiy yondashish shakllanadi.Yakunlovchi suhbatYakunlovchi suhbatoʻquvchilar oʻrganilgan mavzu boʻyicha xulosa chiqara olishlari uchun oʻtkaziladi. Masalan, “Granit” mavzusi oʻiganilgandan keyin quyidagi savollar boʻyicha yakunlovchi suhbat oʻtkaziladi: Biz qanday mavzu bilan tanishdik? Qanday yangiliklarni bildik? Granit qanday tuzilishga ega? Granit rangi nimaga bogʻliq? Granit tarkibiga nimalar kiradi? Granitdagi kvars qanday aniqlanadi? Sludadagi kvars-chi? Dala shpatidagi-chi? Granitning yemirilishi natijasida nimalar hosil boʻladi?Tasviriy koʻrgazmali qurollarni koʻrsatish asosidagi suhbatTabiatshunoslik darslarida koʻpincha suratlardan foydalaniladi. Masalan, “Dashtlar tabiati” mavzusini (4- sinf) oʻrganishda oʻqituvchi doskaga “Bahorda dasht” nomli suratni iladi va mavzu boʻyicha suhbat oʻtkazadi: oʻquvchilar suratda nimalar tasvirlangan? Suratda qanday oʻsimliklarni koʻryapsiz? (qum qiyoqi, lola, gulsapsar, saksovul). Nima uchun dashtda oʻsimliklar kam? Nima uchun dashtda baland daraxtlar yoʻq? Suratda tasvirlangan hayvonlarni sanab bering (burgut, ilon, dasht qargʻasi, oʻq ilon, qum quyoni, chipor yashurka).E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!Download 217.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling