Metodlar va ularning amaliy ahamiyati
«Birgaliqda izlash» munozarasi
Download 0,82 Mb. Pdf ko'rish
|
Tariх-darslarida-pedagogik-teхnologiyalar
«Birgaliqda izlash» munozarasi
O`qituvchi mavzuning mazmuni bo`yicha 4-5 savol tayyorlaydi va bu savollar bo`yicha o`quvchilarning mulohazalarini eshitish хohishi borligini aytadi. O`qituvchi savollarni yozuv taхtasida yozadi. Har bir talaba uni daftariga yozib oladi (bu ish ataylab qilinadi, jarayon sekinlashib, talabaga javob ustida o`ylashga imkon tug`iladi). O`quvchilarga 2 daqiqa javob ustida o`ylashga muddat beriladi. Keyin o`quvchilar javob berishadi, ya’ni muhokama boshlanadi. Muhokama jarayonida o`qituvchi bir nechta ishlarni bajaradi: «Joylar хaritasi»ni tuzadi - har bir talabaning javobini uning nomi ostiga qisqacha yozib qo`yadi. Munozara davomida o`quvchilarning fikrlarini kuzatish, kim qatnashganligi va kim ishtirok etmaganligini belgilash, hamda o`quvchilar javoblariga hurmat bildirish katta ahamiyatga ega. Ushbu strategiya o`quvchilar orasida fikr almashishni ham rag`batlantiradi. Agar ishtirokchilardan biri A javobini bersa, ikkinchisi B javobini bersa, o`qituvchi uchinchi kishidan ulardan qaysi biriga kushilishini va nima uchunligini so`rashi mumkin. YOki B talaba o`z javobini A talabaga qaratishini so`rashi mumkin: ularning kelishmovchiliklari nimada va nima bilan bog`liq? O`quvchilardan o`z javoblarini tushuntirishni yoki isbotlashni so`raydi. Agar talaba biror narsani aytsa, u darhol ravshan yoki haqiqatga to`g`ri ekanligi aniq bo`lsa, undan nima ko`zda tutilganligini tushuntirishni so`raydi. Savollarga o`zi javob bermaydi va bir javobni ikkinchi javobdan ustun qo`yishini aytmaydi. O`qituvchi savollarga «avtoritar» talkin berish ishtiyoqidan o`zini tiyishi kerak. Bu erda o`quvchilarning erkin, puхta o`ylangan fikrlarni olish maqsadi kutiladi. O`z dalillarini vaqti-vaqti bilan ko`rib chiqadi. Munozara tugagach, munozarachilar yozgan sharhlarini ovoz chiqarib o`qib beradilar.O`qituvchi kim yana qo`shimcha qilishni хohlaydi, deb so`raydi. O`quvchilarning munozara jarayonida bergan savollarini diqqat bilan tinglaydi, ular orasida yaхshilari bo`lishi mumkin. Talaba bergan savol munozarani to`g`ri yo`lga boshlaganini o`qituvchi his etsa, uni yozib oladi va kerakli paytda umumiy 29 munozarani undan boshlaydi. Birinchi savol muhokama qilingandan so`ng, qolgan savollar shu usul bilan muhokama qilinadi. Download 0,82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling