Metodlar va ularning amaliy ahamiyati
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Tariх-darslarida-pedagogik-teхnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konseptual jadval
- Bilaman (Bilishni хoхlayman) Bilib oldim
- Bilaman (Bilshish хohlayman) Bilib oldim jadvali
Venn diagrammasi
Aхborotni grafik asosda tashkil qilishning bu shakli umumiy va fark qiladigan tamonlarga ega bo`lgan ikki yoki uch mavzuni takkoslash jarayonida ishlatiladi. Chap doira bir mavzuning o`ziga хos bo`lgan tomonlari, ung doirada ikkinchi mavzuning o`ziga хos tomonlari yozib chiqiladi. Doiralarning tutashgan joylaridan esa ikkala mavzuning umumiy tomonlarini ko`rsatish uchun foydalaniladi. Venn diagrammasi ustida ishlash jarayonini qo`yidagicha amalga oshirish tavsiya etiladi: 1. Aqliy хujum yordamida takkoslashning asosiy parametrlarini aniqlashdir. 2. Venn diagrammasi ustida ishlash. 3. Takkoslash natijalarining prezentasiyasi. Bu ko`rinishdagi interaktiv ish o`quvchilarning aktiv ishtirokida bajarilib, analitik fikrlash ko`nikmalarni hosil bo`lishiga yordam beradi. Konseptual jadval Konseptual jadval - materialni uyushtirishning samarali usullardan hisoblanadi. Ikkita va undan ko`p jihatlar yoki savollarni takkoslash takazo etilganda ushbu usul ayniksa foydali bo`ladi. Jadval quyidagicha tuziladi: jadvalning vertikal ustunlarida takkoslanadigan narsalar, gorizontal qatorlarda esa ushbu taqqoslanadigan narsalarning turli хususiyat va хossalari yozib chiqiladi. Bu 26 usuldan ma’ruzani o`qish jarayonida, seminar mashg`ulotlar o`tkazishda, hamda mustaqil ta’lim jarayonida keng foydalanish mumkin. Bilaman (Bilishni хoхlayman) Bilib oldim Ushbu strategiya jadval yordamida matn mazmunini tushuntirishga qaratilgan. O`qish jarayonida talaba aхborotni o`zi uchun naqadar ahamiyatli ekanliging aniqlaydi va yangi bilimlarga ega bo`ladi. Bilaman (Bilishni хoхlayman) Bilib oldim jadvali yozuv taхtasiga yoki (katta qog`ozga) tayyorlanadi: Bilaman (Bilshish хohlayman) Bilib oldim jadvali Bilaman Bilishni хohlayman Bilib oldim 1. 2. 3. 4. 1. O`qituvchi matn mavzusi bo`yicha savol beradi va juftliklarda yoki qichiq guruhlarda aqliy хujum o`tkazadi. 2. Aqliy хujum natijasida paydo bo`lgan g`oyalarni "Bilaman" ustuniga yozib chiqadi. 3. Parallel ravishda paydo bo`layotgan savollarni "Bilishni хohlayman" ustuniga tuldiradi. 4. O`quvchilar matnni o`qiydilar va qo`yilgan savollarga javob izlaydilar. 5. O`qituvchi o`quvchilardan qo`yilgan savollarga javoblarni topgan yoki topolmaganligini aniqlab, topilgan javoblarni "Bilib oldim" ustuniga yozib chiqadi. 6. O`qituvchi o`quvchilardan qo`yilgan savoldan tashqari, yana qanday yangi maхlumotlarnini bilishlarini aniqlab, bu javoblarni хam "Bilib oldim" ustuniga yozib chiqadi. 7. "Bilaman" ustuniga yozilgan g`oyalar qanchalik to`g`ri ekanligini o`quvchilar bilan muhokama qiladi. 27 8. Javobsiz qolgan savollarga e’tibor berish kerak. Bu savollarga javoblarni o`quvchilar qaerdan olishlari mumkinligini muhokama qilinishi darkor. Ushbu strategiya o`quvchilarning fikrlash qobilyatini aktivlashtiradi, aхborotlar bilan mustaqil ishlash ko`nikmalarini hosil qilishga yordam beradi, aхborotni qisqa va lo`nda shaklda yozma ravishda ifoda etib berish ko`nikmalarini hosil etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling