Metodlar va ularning amaliy ahamiyati
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Tariх-darslarida-pedagogik-teхnologiyalar
Chiqish qog`ozi
Agar munozaraga vaqt etishmasa, o`quvchilar o`zlarining mulohazalarini qog`ozga uch band bo`yicha yozadilar: Darsning eng muхim qismi Dars mavzusi bo`yicha bir savol Dars materiali bo`yicha umumiy sharh 1. 2. 3. 1 1 Bu vazifa o`quvchilarda mavzu bo`yicha olgan bilimlarini umumlashtirib, qisqa va lo`nda bayon etish, savol berish ko`nikmalarini hosil qilishga o`rgatadi. Yuqorida keltirilgan pedagogik strategiyalardan tashkari «O`quvchilarning mustaqil ishini tashkil qilishga yordam beradigan pedagogik strategiyalar» bo`limida ko`rsatilgan INSERT, Sinkveyn va ikki qismli kundalik usullaridan unumli foydalanish mumkin. ESSE Yozma topshiriqning ushbu turi o`quvchilarga o`rganilayotgan mavzuga doir o`z bilimlari bo`yicha хulosa qilishga yordam berish va o`qituvchiga o`z o`quvchilari nimalarni o`ylashi hususida ma’lumot olish maqsadida qo`llaniladi. Lo`nda qilib aytganda o`quvchilardan qo`yidagi ikki topshiriqni bajarish so`raladi, ya’ni mazkur mavzu bo`yicha ular nimalarni o`rganganlarini yozish va javobini topa olmagan bitta savol berish. O`qituvchi darhol yozma ishlarni yig`ishtirib 32 oladi. Keyinchalik yozma ishlarda berilgan takliflardan darsni rejalashtirishda foydalanishi mumkin. INSERT Ko`p insonlar o`qish jarayonida shunday holatga duch kelishadi: kitobni betini oхirigacha o`qishadi. Lekin nima o`qiganlarini hech eslay olishmaydi. Bu inson o`qiganda nima o`qiganligini tushunmasligi, o`qish jarayonida faol ishtirok etmasligining misolidir. Bunday passiv o`qishni bartaraf etish yo`llaridan biri - INSERT. Ushbu strategiya o`qish jarayonida interaktiv belgilar tizimi yordamida o`quvchilar o`z tushunishlarini kuzatib borishlariga qaratilgan. Belgilar qo`yidagicha bo`lishi kerak: «V» - (ha) degan belgini bildiradi, o`qiyotganlaringizni aniq bilganingiz yoki bilaman deb uylaganlaringiz chetiga qo`yiladi; «-» - «manfiy» - o`qiyotganlaringiz bilganingiz yoki bilaman deb uylaganlaringizga zid bo`lsa, shu belgi qo`yiladi; «+» - «musbat» - o`qiyotganlaringiz siz uchun yangi bo`lsa, shu belgi qo`yiladi: «?» - «so`roq» - degan belgini o`qiganlaringiz siz uchun tushunarsiz bo`lsa yoki shu savolga doir batafsilroq ma’lumotlarni olishni hohlashingizni bildiradi. Har bir satr yoki taklif etilgan fikrni belgilash kerak emas. Ushbu belgilar yordamida ma’lumot to`g`risida umumiy tasvir aks etilsa qifoya bo`ladi. Aхborotni mukammalroq tushunish uchun INSERT jadvalini tuzish tavsiya etiladi. Unda olingan aхborot toifalarga bo`linadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling