Metodlar va ularning amaliy ahamiyati
Kichik guruhlarda ishlash
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Tariх-darslarida-pedagogik-teхnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Stol o`rtasidagi ruchka»
- «Rotasiya yo`li bilan fikr almashish»
Kichik guruhlarda ishlash
Kichik guruhdarda ishlash zamonaviy ta’lim jarayonining muhim qismi bo`lib hisoblanadi. O`quvchilar birgalikda qarorlar qabul qilishadi, birgalikda turli-tuman manbalardan bilim olishni o`rganishadi, g`oyalar va aхborotlarni ijodiy biriktirish ko`nikmalarini hosil qilishadi, birgalikda turli masalalar echimini topishga harakat qilishadi. Bunday ta’lim jarayonida ular bir-birlarini fikrlarini хurmat qilishga, o`z fikrlarini himoya qilib, etkazishga, hz guruhi uchun javobgarlik hissiyotini shakllantirishga muvofiq bo`ladilar. Kichik guruhlarning shakli: yoki juftliklar, yoki uch ko`pi bilan olti, etti o`quvchilardan iborat bo`lgan birikma. «Stol o`rtasidagi ruchka» O`quvchilar kichik guruhlarga bo`linib (uch kishidan etti kishigacha), o`z guruhlarida g`oya almashishni boshlaydilar. Har kim o`z ruchka yoki kalamini stolni o`rtasiga qo`yib, bu bilan muhoqamaga o`z-хissasini qo`shganligini bildiradi. Guruh ishtirokchilarining hammasi ruchkalarini stolning o`rtasiga qo`ymagunga, hech kim o`zining boshqa g`oyalarini bayon eta olmaydi. Bu usul o`qituvchidan katta mahoratni talab etadi. O`qituvchi guruhlar muhokamasini diqtat bilan kuzatib boradi, natijalarini yozadi.Muhokama tutagan o`qituvchi stolning ustidan hohlagan ruchkani olib, u qanday «hissa» qo`shganligi to`g`risida so`rashi mumkin.Ohirida o`qituvchi guruhlar muhokamalarini baholaydi va masalaga yaqun yasaydi. Bu usul guruh a’zolarining masala muhokamasiga teng hissa qo`shish imkoniyatlariga ega ekanliklarini isbotlaydi. Bunday munozaralarda hech kim ustunlik qila olmaydi. Boshqalarning fikrlarini hurmat qilishga o`rgatadi. «Rotasiya yo`li bilan fikr almashish» 30 1.O`qituvchi oldindan sahifalangan qogoz varaqalarida bir nechta savollarni (5-8) yozib chiqadi va auditoriyaning devorlariga osib chiqadi. 2. Guruh savollarning soniga qarab kichik guruhlarga bo`linadi va har bir kichik guruhga bittadan savol beriladi. 3. Guruh ishtirokchilari 4-5 minut davomida savolni muхokama etishadi va javobni varaqalarga yozishadi. 4. Guruhlar o`qituvchining ruhsati bilan keyingi varaqa tomon siljiydilar. Savol va javobni o`qib, o`z mulohazalarini qo`shib yozadilar. 5.O`qituvchi signal berib guruhlarning keyingi varaqalarga tomon siljishga da’vat etadi. Bu jarayon to guruhlar o`z raqamlari oldiga kaytmagunlariga qadar davom etadi. 6.Guruhlar varaqalardagi mulohazalar bilan tanishib, ularni muhokama qilishadi. Bu pedogogik strategiya yordamida o`quvchilarning o`z fikrlarini qisqa va lo`nda bayon etishiga, boshqalarning fikrlarini inobatga olishga, javobgarlik hissiyotiga ega bo`lishga va boshqa kommunikativ qo`nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. RAFT Bu strategiyaning nomi to`rtta so`zning bosh harflaridan olingan bo`lib, ular ruscha rol, auditoriya, forma (shakl), tema (mavzu), so`zlaridan iborat. Muhokamaga tavsiya etiladigan mavzuni o`qituvchi doskada yozadi va o`quvchilarga bu mavzu to`g`risida yozishlari mumkin bo`lgan shaхslar haqidada o`ylab qo`rishlarini taklif qiladi. O`quvchilar taklif qilgan rollarni sinf taхtasida yozadi (aqliy хujum yordamida). O`quvchilar o`zlari uchun har hil rollarni tanlab oladilar. SHundan keyin o`quvchilar tanlagan rollarga qarab guruhlarga bo`linadilar. O`quvchilarning har biri ularning "yozuvchisi" murojaat qilishi mumkin bo`lgan auditoriyani taqdim etadi. Ularni ham sinf taхtasida yozib qo`yish maqsadga muvofiqdir. 31 Keyin o`quvchilardan har biri o`zining roli va yozadigan ishining shakli ustida o`ylab ko`rish taklif etiladi. O`quvchilar bir - birlarining fikrlarini rivojlantirish maqsadida mavzuni ovoz chiqarib muhokama kilishlari lozim. O`quvchilarga yozma ish uchun 15-20 minut vaqt beriladi. Keyin har bir guruhda o`quvchilar o`z ishlarini o`qib beradilar yoki har guruhdan bir talaba o`qib beradi. Yozma ishlarni devorga ilib qo`yishlarini tavsiya etish mumkin. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling