Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Interpretatsiya 
sharhlash, izohlash, tushuntirib berish, tal­
qin qilish, ochish.


Marksizm 
- tarixiy-falsafiy yo‘nalish sifatida XIX asrning 
ikkinchi yarmida Yevropada shakllandi. Marksizm yo‘nalishi- 
ning asoschilari germaniyalik K.Marks (1818—1883) va F.Engels 
(1820—1895) hisoblanadi. Ular tarixiy materializm g‘oyasini asos- 
lab, barcha tarixiy jarayonlarning asosini ishlab chiqarish muno- 
sabatlari tashkil etadi mazmunidagi o‘z fikrlarini ilgari surdilar. 
Marksistlar (marksizm tarafdorlari)ning qarashlariga ko‘ra jahon- 
ning umumiy tarixi bu iqtisodiy va siyosiy hokimiyat (hukmron 
lik) uchun kurash jarayonidan iborat, bunda sinfiy kurash tari­
xiy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchi va iqtisodiy munosa- 
batlar jamiyat taraqqiyotining asosiy omili sifatida birinchi o‘rin- 
ga qo‘yiladi. XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib bu qarashdan 
voz kechildi.
Pozitiv 
— tajribaga, faktlarga asoslangan.
Polisemantizm 
- ko‘p ma’nolilik.
Postmodernistlar 
tadqiqot obyektini subyektdan, dalillarni 
uydirmadan alohida ajratmaydilar va obyektiv haqiqatga erishish- 
ni shubha ostiga qo‘yadilar.
Relyativizm 
— relyativistik - Relyativistik yondashuv (relyati- 
vistlar) voqelikni obyektiv ravishda bilish mumkinligini inkor 
etadigan metodologik g‘oya, unga nisbiylik asosida yondashish 
tarafdorlari.
Sistema 
— muayyan tarzda o‘zaro bog‘langan va bir qadar 
yaxlitlikni tashkil etadigan elementlar majmuyi. Tarmoq, sho- 
xobcha, birlik, butunlik tashkil etuvchi narsalar majmuyi. Ta­
rix fanida umumiy yaxlit tarixiy jarayonlarning tarkibini tashkil 
etuvchi tarixiy jarayonlar, voqealar, hodisalar majmuyi.
Subyektivlik 
falsafa fanida tashqi, moddiy dunyo mavjudli- 
gini inkor etib, ular faqat odamlarning ongidagina mavjud deb 
qaraydigan falsafiy oqim; tarix fanida esa tarixiy voqelik va ta­
rixiy jarayonlarga, ularning tadqiqi va talqini jarayonida xolis 
(obyektiv) bo‘lmagan, o‘z mansubligi va dunyoqarashi jihatidan 
kelib chiqqan holdagi ilmiy bo‘lmagan yondashish. 
x


Tamoyillar 
— tadqiqotchiga nisbatan qo'yilgan talablar. Bilish 
tamoyillari tadqiqotchiga tadqiqot jarayonidagi vazifalarni bir 
maromda ma’lum tartiblarga asoslangan holda amalga oshirishi- 
da zarur bo‘ladigan omillardir. Ular tadqiqotchining u yoki bu 
tarix maktablari, falsafiy yo‘nalishlarga mansubligi va dunyoqa- 
rashi, fikrlashi va tafakkuridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Tamoyillar uslublar bilan mustahkam o'zaro bog‘liqlikda bolgan- 
ligi uchun ayrim hollarda ularni bir-biri bilan adashtirish holat­
lari ham uchraydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish o‘rinli- 
ki, tamoyillar uslublarga nisbatan birmuncha murakkab va keng 
tushuncha bolib, bir tamoyil o‘ziga bog‘liq holda bir necha uslub- 
larni shakllantirishi mumkin, ayni vaqtda esa bir uslub bir necha 
tamoyillarga xizmat qilishi mumkin.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling