Metodologiyasi


История исторического знания. С. 32


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 История исторического знания. С. 32.
133


fakt yoki dalil manbalarda tayyor holda uchramasligi va mavjud 
bo‘lmasligini tushunib yetdilar. «Dalilga sig'inish» va «hujjatlar- 
ga sajda qilish»ni tanqid qila boshladilar. Manbalar va dalillar- 
ga munosabatning bu tarzda o‘zgarishi esa manbalarning obyek- 
tivligini shubha ostida qoldira boshladi. Ko‘pgina tarixchilar va 
hatto faylasuflar ham manbalarning tahlili jarayonida ijodiy yon­
dashuv zarurligini tan ola boshladilar. Manbalarni chuqurroq 
o ‘rganish ko‘proq m a’lumot olish imkonini bera boshladi. Bi­
roq endi bu holatda, ya’ni «dalillarning ilohiylashtirilishi»ni tan­
qid qilish jarayonida tarixchilar ikkinchi boshqa bir muammoga, 
ya’ni endi tarixchining fikrlarini «ilohiylashtirilishi» va aksincha 
manbalardagi obyektivlik xususiyatining inkor qilinishiga olib 
keldi. Manba mazmunining tarixchi tafakkuridan kelib chiqqan 
holdagi bog‘liqlik haqida ta’kidlana boshlandi. Bu yo'nalish tarix 
falsafasining «tanqidiy» yo‘nalishi hisoblanadi. B.Kroche tarixiy 
manbalar tarixchining tafakkuri va ongidan tashqarida mavjud 
bo‘lmaydi, deb hisobladi. Tarixchining fikrlarisiz hujjatlar o‘lik- 
dir, amalda tarixiy manba tarixiy ong ichida, uning tarkibiga ay- 
lanib ketadi. Biroq, B.Kroche fikrining tarafdorlari tarixiy man- 
baning obyektiv mazmunini inkor qilgan holda uni tarixchining 
fikriga va tafakkuriga bog‘liq qilib qo‘ydilar.
Angliyalik tarixchi A.Marru pozitivistlarning tarixchini fakt- 
larning qayd etuvchisi sifatida bergan bahosiga keskin qarshi chi- 
qib, tarix bilish subyektining, tarixchining ijodiy mehnati mahsu­
li, deb baho berdi. Biroq bu fikri bilan u ham xatolikka yo‘l 
qo‘ydi, ya’ni tarixchi manbani yaratadi, deb aytgan fikrini ko‘pgi- 
na tarixchilar inkor qildilar.
E.Karr tadqiqotlarida tarixchining o‘rnini bo‘rttirishga qarshi 
chiqib, bu obyektiv xulosalar chiqarilishini shubha ostiga qo‘ya- 
di, deb fikr bildirdi.
XX 
asr fransuz tarixchisi Lyusyen Fevr manbalar haqida so‘z 
yuritib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tadi: «Tarix, shubhasiz yozma 
manbalar asosida yaratiladi. Qachonki ular mavjud bo‘lsa. Bi­
roq tarix yozma manbalarsiz ham yaratilishi mumkin, qachonki


ular mavjud bo‘lmasa. Qachonki kerakli gul bo‘lmasa, asal bosh­
qa mavjud gullardan ham yig‘ilishi mumkin. Shu kabi tarixchi 
ham boshqa manbalardan ma’lumot olishi mumkinki, bular so‘z 
yoki belgilar, manzara yoki tasvir, Oy tutilishi yoki bo‘yincha- 
ning shakli, toshlar, metall yoki geologik tekshiruvlar, qo‘ying- 
ki, insonga va uning faoliyatiga taalluqli bo'lgan barcha narsalar 
bo‘lishi mumkin»1.
Tarixchining manbadan qanday axborot olishi uning mazkur 
manba yuzasidan amalga oshirayotgan tadqiqoti oldiga qo‘yilgan 
savollardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Manba hech 
qachon «o‘zi haqida o‘zi gapirmaydi», biroq ayni vaqtda manba­
ning o‘zi haqidagi ma’lumotlarni aynan o‘sha manbaning o‘zidan 
ham olinishi mumkin. Biroq bu ma’lumotlar aynan shu manba 
yoki uning muallifi (mualliflari)ga taalluqli bo‘lgan holda, tad­
qiqot muammosiga aloqador bo‘lmasligi mumkin.
Ingliz tarixchisi va faylasufi R.Kollingvudning fikricha, 
«dunyodagi barcha narsalar u yoki bu haqdagi muayyan m a’lu­
motlarni o‘zi aks ettiradi»2. Biroq shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish ke- 
rakki, bu narsalar qachonki tarixchi tomonidan unga aniq bir 
«savol» berilgan taqdirdagina «guvohga» aylana olishi mumkin.
Ayrim tarixchilar esa manbani ijtimoiy faoliyat mahsuli hamda 
obyektiv tarixiy voqelik aksining shakli deb hisobladilar. Ularning 
fikricha, manbalar ijtimoiy hodisa bo‘lib, ularda ijtimoiy muno- 
sabatlar aks etadi, manbaning o‘zi esa obyektiv voqelikning sub­
yektiv obraz (siymosi, qiyofasi, shakli)dir. Bu nuqtayi nazar taraf- 
dorlarining e’tirof etishicha, manba tarixchiga bog'liq bolm agan 
holda mavjud bo‘ladi, faqatgina manbaning bilish jarayoniga jalb 
etilishi tarixchiga bog‘liqdir. Tarixchi manbani yaratmaydi, balki 
undan ma’lumotlarni ajratib oladi.
N.Jo‘rayevning fikricha, tarixiy manbani o‘rganish, uning 
asosli yoki asosli emasligini aniqlash tarixiy tadqiqot uchun

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling