ratishi lozim. Bunda tadqiqotchi
tomonidan manbalardagi qayd
etilmagan va yashirin axborotlarni izlash va ularni tadqiqotga
jalb eta olishi layoqati alohida o‘ringa ega. Bu o‘rinda
yozma
manbalardagi asosiy xususiyatlardan biri bo‘lgan manbaning tili
masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
I.Kovalchenko yashirin axborotlarni aniqlash imkonini beruvchi
manbalarni tahlil qilishning tizimli yondashuvi metodini ilgari sur-
di. (Mantiqiy yondashuv ham yashirin axborotni aniqlash imkonini
beradi—Z.I.) Manbalarni tizimli tahlil
qilish orqali axborotlaming
ishonchli ekanligini ham tekshirish imkoniyati yuzaga keladi.
Postmodernistlarda manbaning matni.
Keyingi yillarda m an
baga matn sifatida qarash fikri yuzaga kelgan. M atnlar o‘tmishda
sodir bo‘lgan voqealarni mantiqiy, til, notiqlik qonuniyatlari aso
sida «qaytadan so‘zlab» berishi mumkin.
Natijada tarixiy voqelik
shakli, mazmuni hamda mohiyati jihatidan o‘zgarishga «uchray
di». Y.Lotman tildagi mavhumlik yoki umumiylik va uning tav-
sifga va tavsiflanayotgan obyektga ta’siridan
kelib chiqadigan til
muammosiga e’tiborni qaratadi. Bu yerda manba tilining tad
qiqotchi tiliga tarjima qilish muammosi ham mavjud1.
Biz biladigan o‘tmish — bu tarixchining konstruksiyasidir. Bun
da manbani o‘z ichida barcha haqiqatni yashirib turgan idishga
o'xshatish mumkin. Uning og‘zini ochib,
ichidan ana shu tarixiy
haqiqatni, ya’ni tarixiy voqeliklar va ularning tafsilotlarini, sabab
va oqibatlarini anglatuvchi axborot va ma’lumotlarni olish mum
kin. Biroq tarixiy manbasiz tarixiy
tadqiqotni amalga oshirish
m umkin emas yoki manbaga asoslanmagan tadqiqot tadqiqot hi-
soblanmaydi. Manbalarga tayangan holda narrativ shakllantirila-
di. Biroq bu yerda tarixiy manba narrativini tarixiy ijod
narrativi-
ga aylantirish asosiy vazifa emas. Y. Topolskiyning ta’kidlashicha,
tarixchi o‘tmish bilan muloqotga kirisha olmaydi va ular o‘rtasida
aloqadorlik mavjud emas, biroq tarixchini
voqelik bilan juda zaif
bo‘lgan «tola» bog‘lab turadiki, uni inkor qilish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: