Ye.Topolskiy manbalarni to‘g‘ri
va egri manbalarga ajrata-
di. To‘g‘ri manbalarni tarixchi o‘z ko‘zi bilan kuzatish imkoniga
egadir (arxeologik yodgorliklar, binolar, ashyolar va boshq.). Egri
manbalar esa tarixchi tomonidan emas, balki boshqa bir shaxs to
monidan kuzatilgan holatlardir. Bunday manbalar qatorida xatlar,
kundaliklar, yilnomalarni keltirib o‘tish mumkin. A gar axborot in-
terpritatsiyaga
ega bolmasa, unda bu axborot asosiy tayanch ax
borot hisoblanadi. Tarixchi adabiyotshunosdan farqli ravishda
dalillarni o‘zicha to‘qib chiqara olmaydi. Dalillar narrativni shakl-
lantirish uchun xizmat qiladi, bunda tarixchi deduksiyaga murojaat
qiladi. Bularning barchasi tarixchi tomonidan manbalarga asos
langan bilimlari va manbalardan tashqari
bilimlari orqali nazorat
qilinadi.
Ye.Topolskiy tarixchining manbalardan tashqari bilimlarini
asoslab beradi. Gap shundaki, tarixchi
tadqiqotga kirishar ekan,
tadqiq etilayotgan davr va tarixiy voqelik haqida m a’lumotlarga
ega bo‘ladi, ya’ni bu davr bo‘yicha faktlarga, nazariy bilimlarga
ega bo‘ladi. Tadqiqot mavzusini tanlagan
vaqtdayoq tarixchi shu
bilimlaridan
foydalangan
holda tadqiqot oldiga va manbalardan
foydalanishdagi
vazifalarni
aniqlashda foydalanadi. Ayni vaqtda u
avvalgi tarixchilar mazkur manbalardan qanchalik darajada foy
dalangan liklarini ham aniqlaydi. Bu yerda oxirgi natijaning asos-
langanligi muhimdir.
Manbaning tanlanishi va uning tahlili tarixchining ayni vaqt
da tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan qanchalik bilimga va
ma’lumotlarga ega ekanligi bilan bogliq. Bunda tarixchining tad
qiqot jarayonidagi manbadan tashqari bilimlari
muhim ahamiyat
kasb etadi.
Tayanch tushunchalar:
axborot, manba, yaqqol va yashirin ax
borot, belgilangan va belgilanmagan axborot, axborotning yeti-
shish
va yetishmasligi, ilk manba, birinchi axborot, asosiy man
balar, qo‘shimcha
manbalar, tarixchining manbalardan tashqari
bilimi.