mana shu jarayonlarda tarixiy bilishning o‘ziga
xosligi namoyon
bo‘ladil.
Tarixiy voqelikka aloqador dalillar (faktlar).
Pozitivistlar tad
qiqot jarayonida qo‘llanilishi m umkin b o lg an oddiy va alohida
dalillarni (faktlarni) haqiqatan mavjud va to‘g‘ri
deb hisobla-
ganlar. Biroq ayni vaqtda tarixchi tom onidan bunday dalil
lar (faktlar)dan tashqari murakkab jarayonlar,
tizim lar ham
tadqiqot jarayonida o‘rganilishiga jiddiy e’tibor qaratm agan-
lar. Tarixchi esa makon va zamon
hamda vaqt chegaralarini va
me’yorlarini hisobga olgan holda murakkab dalillarning sifati-
ni aniqlaydi.
Har qanday tarixiy dalil (fakt)
ayni vaqtda boshqa dalillar
(faktlar) tizimi tarkibida va ayni vaqtda ular bilan o‘zaro aloqa-
dorlikda boladi. Dalillar (faktlar) tizimi ko‘p m a’nolidir.
Shuning
uchun ham tarixchilar ayni bir dalillar (faktlar)dan tarixiy voqe
likni turlicha tasavvur qilishlari mumkin. Tarixchilar tarixiy vo
qelikni turlicha tasavvur qilsalarda, biroq dalil (fakt)ning haqiqiy
mazmuni o‘z obyektivligini saqlab qoladi. Tarixiy dalillar (fakt
lar) alohida tarixiy voqelik
darajasida takrorlanmasdir, biroq ja-
miyat tizimi taraqqiyoti jarayonida mazmunan va mohiyatan tak-
rorlanishi mumkin.
Tarixiy manbalar dalillari (faktlari, ma’lumotlari).
Tarixiy man-
balarning tarixiy voqelik haqida nechoglik
haqqoniy va obyektiv
ma’lumot bera olishi hamda bu tarixiy manbaning tarixiy voqe
likka nisbatan ma’lumotlarining imkoniyatlari darajasini tarix
chi aniqlab berishi mumkin. Bunda germenevtika, ya’ni m an
balar va dalillarni (faktlarni)
tushuntirib berish, sharhlab berish,
talqin qilish muhim o‘rin tutadi. Manbalar ma’lumotlaridagi sub-
yektivlik va to‘qima ma’lumotlarni (xayoliy ma’lumotlar)
aniqlash
va ularni tarixiy tadqiqotlarda asosiy o‘ringa qo‘ymaslik, ularga
asoslanib qolmaslik va ularning shunday jihatlarini aniqlab berish
manbashunoslik fanining vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: