Metodologiyasi
Qarang: Ilhomov Z.A. Tarix fani metodologiyasi. — Т., 2013
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Qarang: Ilhomov Z.A. Tarix fani metodologiyasi. — Т., 2013.
Tarixiy faktlarni aniqlash, ularni talqin qilish tarixga oid tad- qiqotlarning muhim vazifasidir. Tarixchi nafaqat professional mahoratga ega bo‘lishi, shu bilan birga tarixiy faktlarni aniqlash, tahlil va talqin qilishda o‘zining obyektiv qarashlariga ham ega bo‘lishi kerak. Tarixni o‘rganishda eng birlamchi manba sifatida tarix yoki tarixiy jarayonning o‘zini asosiy o‘ringa qo‘yish, yozma man- balar, moddiy manbalardan foydalanish jarayonida uning mohi- yatini ochib berishda, ularga baho berishda yoki talqin qilishda esa ularning o‘ziga xos subyektiv xususiyatlarini va ayni vaqtda tadqiqotchi tomonidan subyektivlikka yo‘l qo‘yilishi mumkinli- gini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Manbalar mualliflari tomonidan tarixiy jarayonlarni tavsif- lashda ko‘proq umumiylik asosiy o‘rin tutadi. Voqealarning ke lib chiqishi, jarayonlarning sodir bo‘lishi, natijalari va oqibat- lari hamda ular bilan bog‘liq qator ma’lumotlar keltiriladi. Bir muallif ma’lum bir tarixiy jarayon, voqea, davlat yoki boshqa- lar haqida ma’lumotlar keltirgan vaqtda o‘z qarashlari va tafak- kuri, tarixiy jarayonni qay tarzda ko‘ra olishiga asoslangan holda tarixiy faktlarni tizimlilik asosida shakllantiradi va tarixiy man- bani yaratadi. Shuning uchun ayni bir davr, davlat yoki voqealar haqida yozilgan bir qancha manbalar va ularning mualliflari to monidan yaratilgan asarlarda umumiylik mavjud bo‘lsada, ayni vaqtda voqealarning turlicha talqinini kuzatish mumkin. Shu- ningdek, bir tarixiy jarayon tavsifi keltirilgan, biroq turli davr- larda yaratilgan tarixiy manbalarda ham shunday holatni kuza tish mumkin. Biroq keyingi davrlarda yaratilgan manbalardagi ustunlik jihati ham mavjudki, ular o‘zlaridan avvalgi mualliflar tomonidan yaratilgan manbalardagi ma’lumotlarni tahlil qilib, umumlashtirib, ma’lum ma’noda tadqiqotni amalga oshiradilar. Shunday ekan, manbalarning tarixni o‘rganishda eng asosiy o‘rin tutishini e’tirof etgan holda aytish mumkinki, har qanday man- bada umumiy tarixiy jarayonning u yoki bu holatlari e’tibordan chetda qoladi va har qanday manba o‘ziga xos tarzda subyektivlik kasb etadi. Albatta bunda manbalardagi ma’lumotlarning bir-bi- rini to‘ldirib kelishi muhim omildir. Aytaylik, qadimgi Misr, Xi- toy yoki o‘rta asrlar Yevropa davlatlaridagi hukmdorlar huzurida- gi yilnomachilar ko‘proq saroy bilan bog‘liq siyosiy jarayonlarni yoritish vaqtida xalqning umumiy iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy, ma’naviy hayoti bilan bog'liq ma’lumotlarni asosiy e’tibordan chetda qoldirgan bo‘lsalar, turli ijtimoiy toifaga mansub tarix chilar tomonidan yaratilgan asarlarda esa saroy hayotiga, dav- lat tuzilishi va boshqaruvidagi jihatlar umumlashtirilgan. Bun day xilma-xillikni ayniqsa antik davr mualliflari asarlarida yaqqol kuzatish mumkin. Demak, manbalar ma’lum ma’noda subyektiv- lik xususiyatida bo'lib, ular orqali tarixiy jarayonlarni to‘laqon- li tavsiflash imkoniyati ma’lum ma’noda cheklangan yoki bosh- qacha aytganda, tarixchining tadqiqot jarayonidagi imkoniyati manbalardagi m a’lumotlarga bevosita bog‘liq ekan, manbalar da tavsiflangan tarixiy jarayonlar va ularning tavsiflanmagan ji hatlarini aniqlash hamda o'rganishda tarixiylik va obyektivlik nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda ilmiy jihatdan mantiqiy izchillik asosida yondashuv muhim o‘rin tutadi. Tarixning turli davrlarida yaratilgan moddiy manbalar ham ta rixiy davr va tarixiy jarayonlarning umumiy holatiga ko‘ra hududiy va davriy jihatdan ma’lum darajada subyektiv xususiylikka egadir. Ma’lum bir moddiy manba umumiy holat va jarayonning ma’lum bir qismini yoritish, sharhlash yoki tavsiflash imkonini beradi. Bu orqali umumiy tarixiy jarayonlarning ma’lum bir qismi, misol uchun me’morchilik ishlari haqida, yoki sopol parchasi yoki buyumlar ij timoiy hayotning ma’lum bir qismi haqida tasavvur qilish imkonini beradi. Bunda umumiy tarixiy jarayonlar ma’lum ma’noda e’tibor dan chetda qolishi yoki boshqacha aytganda, ayni bir manba bu haqda to‘la tasavvur hosil qilish imkoniyatini bermasligi mumkin. Tarixchi uchun ana shu davr tarixiy jarayonlari, iqtisodiy ja rayonlar, jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti va madaniy holati ha qida mantiqiy fikr yuritish orqali bilimlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday tadqiqotning asosida eng avvalo birlamchi man- ba bu tarixning o‘zi, ya’ni ana shu tarix jarayonlari sodir bo‘lgan vaqt, jarayonlarni yuzaga keltirgan tarixiy sharoit va hududiy omillar bo'lishi kerak. Bunda tarixiy davrning va hududning si- yosiy va iqtisodiy holati, jamiyat m a’naviy hayotining asosiy ji- hatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa tarixchidan tegishli davr tarixiy jarayonlarini chuqur bilishni, shu davrga oid man balar va dalillarni tadqiqotga jalb etish va ulardan foydalanishda va ayni vaqtda ularga nisbatan mantiqiy flkrlay olishi mahoratiga ega bo‘lish talab etiladi. To‘g‘ri, bunda ayrim tarixchilar tomonidan tadqiqot jarayonida bunday yo‘l tutilishi subyektivlikka olib keladi, degan fikr bildiri- lishi tabiiy. Biroq bundagi ustuvor mohiyat tarixchining subyek- tiv jihatdan o‘z fikrini va xulosasini tarixiy jarayonga yoki uning mazmun-mohiyatiga singdirishi emas, balki tarixiy jarayondan kelib chiqqan holda mavjud voqelikni mantiqiy fikrlab, tarixiy jarayonlarni va voqealarni tasavvur qilish orqali manbalardagi ma’lumotlarga tayanib, ilmiylikka asoslangan mantiqiy xulosani bera olishdir. Tarixchi tomonidan tadqiqot davomida manbalardagi ma’lu motlarni aniqlab, ularni umumiy tarixiy jarayonlarni aniqlashda va tavsiflashda faqatgina faktlarning o‘ziga emas, balki shu bilan bir qatorda tarixiy jarayonlarning yuz berishidagi mantiqiy izchillikdan kelib chiqqan holdagi ilmiy yondashuv umumiy ilmiy xulosalarning mantiqiy jihatdan to‘laqonli bolishidagi muhim omildir. Tarixiy jarayonlarning tadqiqi asnosida manbalar asosiy o‘rin tutsada, ulardagi ma’lumotlarni aynan qanday bo‘lsa shunday- ligicha emas, balki tarixiy jarayonlarning umumiy holatidan mantiqiylikka asoslangan holda ilmiy xulosalarni tanlab olish maqsadga muvofiqdir. Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlab o‘tilganidek, faktlarsiz, dalillarsiz tarix yo‘q. Tarixchi tadqiqot mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda yozma va moddiy manbalarni, ulardagi ma’lumotlar, ya’ni faktlar va dalillarni tanlash asnosi da ularni saralaydi, ularni sharhlash orqali «jonlantiradi», o‘zi- ning ilmiy nuqtayi nazardan tasavvuri, tavsifi va sharhlari orqa- li ilmiy tizimga kiritadi va ma’lum bir tarixiy jarayonning bir qismini yorita oladi. Bunda birinchidan, tarixiy manbalarning tahlili orqali undagi m a’lumotlar, faktlar orqali tarixiy jarayon larning tavsifi va tahlili shakllantirilsa, ikkinchidan yozma m an balardagi mavjud m a’lumotlar orasidagi mavhumlik, yozma va moddiy manbalarni solishtirish va mantiqiy xulosalar chiqarish yordamida esa tarixiy jarayonlarning tavsifi va tahlilidagi uzilish- lar va mavhumliklarni to'ldirish imkoniyatini beradi. Yuqoridagi fikrlarga xulosa sifatida quyidagi fikrlarni aytib o‘tish o‘rinlidir. Birinchidan, tarixiy tadqiqotlar jarayonida ko‘rinadiki, barcha manbalar ham tarixiy jarayonlar tafsilotlarini o‘z tarkibida to‘liq qamrab ololmagan. Ikkinchidan, tarixiy jarayonlar, voqealar, hodisalarning bar cha xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan va ularning barcha mo- hiyatini aks ettira oladigan moddiy manbalarning ham, yozma manbalarning ham mavjud bolishi ham mantiqan, ham amalda mumkin emas. Uchinchidan, har qanday yozma va moddiy manbalarning yaratilishi bilan bog‘liq aksariyat holatlarda subyektivlik nisba tan mavjud va bu tarixiy jarayonlarning mazmun jihatdan butun borligicha aniq, mohiyat jihatdan obyektiv yoritilishini aksari yat hollarda shubha ostiga qo‘yishi mumkin (rasmiy hujjatlar va huquqiy mazmundagi hujjatlarni istisno qilgan holda). To‘rtinchidan, manbalarda keltirilgan ma’lumotlar, dalillar va faktlar orqali tarixiy jarayonni o‘rganish chog‘ida o‘rganilayot- gan masalaning ayrim jihatlari mualliflar e’tiboridan chetda qo- lishi yoki muallif ongi va dunyoqarashiga mos kelmasligi nati- jasida tarixiy jarayonlar tafsilotlarining tavsifida uzilish va ayni vaqtda mavhumlik yuzaga keladi. Bu esa manbalarda tarixiy jara yonlarning to‘liq tavsiflab berila olmasligining yana bir sababidir. Demak, tarix tadqiqotlarida yozma va moddiy manbalardan foydalanish chog‘ida ularning o‘ziga xos subyektiv xususiyat- larini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Bunda shu vaqtga- cha tadqiqotlar jarayonida manbalardan foydalanish uslublarini to‘laqonli qo‘llagan holda, tarixchi nazariyachilarning ta’kid- lab o‘tishicha, unga qo‘shimcha ravishda tarixiy jarayonlarning o‘zini mantiqan shakllantirish, modellashtirish va bir tizimga so- lish muhim ahamiyat kasb etadi. Eng asosiysi tarixiy manbalar va dalil interpretatsiyasida man- tiqiylik asosidagi yondashuv manbalarda aks ettirilmagan tarixiy jarayonlar tafsilotlaridagi bo‘shliqlarni to‘ldirish va tarixiy jarayon haqidagi to‘liq va yaxlit umumiy tasavvurga ega bo‘lish imkoni- yatini yuzaga keltiradi. Bundagi eng murakkab jarayon esa eng birlamchi manba sifatida tarix yoki tarixiy jarayonning o‘ziga murojaat qilishdir, ya’ni umumiy tarixiy jarayonlarni aniqlash- da va tavsiflashda faqatgina faktlarning o‘ziga emas, balki shu bi lan bir qatorda tarixiy jarayonlarning yuz berishidagi mantiqiy izchillikdan kelib chiqqan holdagi ilmiy yondashuv umumiy il miy xulosalarning mantiqiy jihatdan to‘laqonli bo‘lishidagi mu him omil ekanligini inobatga olishdir. Bunda tarixchining tadqiqot jarayonidagi professionalligi, tarixiy jarayonlarni butun mohiyati bilan chuqur anglamog‘i, da lillar va faktlarning haqqoniyligini ilmiy jihatdan va ayni vaqtda mantiqan qo‘llay bila olishi, xulosalarni chiqarishda ilmiylikka va obyektivlikka amal qilishi eng asosiy omildir. Agar tarixchi ixtiyorida ko‘plab manbalar va dalillar (faktlar) mavjud bo‘lsa, bunda tanlab olish uslubi qoilaniladi va tanlab olish jarayoni reprezentativ bo‘lishi talab etiladi. Tarixiy-ilmiy dalillar (faktlar) fanning rivojlanishi bilan bog‘liq holda, yangi manbalarning aniqlanishi, yangicha yondashuvlar- ning shakllanishi ta’sirida voqelikni to‘laqonli ravishda yoritib be- rilishi uchun imkon yaratadi. Bu jarayonda uning interpretatsiyasi o‘zgarib boradi. Aynan ana shu holat manbalardagi ma’lumotlarni ilmiy dalillar (faktlar)ga aylantiradi. Biroq, turli tarixchilar man balardagi ma’lumotlarni turlicha talqin qiladilar, bu esa relyati- vistlar (nisbiylik tarafdorlari)ga dalillar (faktlar)ning obyektiv maz- muni yuzasidan buzilishi borasidagi bahslari va munozaralariga sabab bo‘ladi. Postmodernistlarning ta’kidlashicha, interpretatsi- yalarning ko‘pligi tarixiy bilimning obyektivligiga putur yetkazadi. Biroq bu birmuncha bo‘rttirib yuborilgan nuqtayi nazardir. Chun- ki, birinchidan aynan bir hodisa yoki jarayonga bog‘liq ma’lumot lar va dalillar (faktlar)ning interpretatsiyasi unchalik ham ko‘p emas. Tarixchi har qanday tadqiqot jarayonida o‘zidan avvalgi ta- rixchilarning aynan bir voqeaga aloqador dalillarni (faktlarni) qan day talqin qilgani yoki sharhlagani yoki qo‘llaganligi, o‘zi esa ni- ma uchun uni boshqa mazmunda talqin etayotganligini ko‘rsatib beradi (sharhlab beradi). Aynan mana shu holat fanning chega- ra bilmas taraqqiyotini belgilab beruvchi omillardan biridir. Ik- kinchidan, aniq, konkret obyektiv mazmunga ega bo'lgan dalillar (faktlar)ning o‘zi interpretatorlar (manbalar, dalillar, ma’lumot larni o‘rganuvchilar va u yoki bu nuqtayi nazardan sharhlovchilar va talqin etuvchilar, tarixchi tadqiqotchilar (tarixni buzib ko‘rsa- tuvchi va dalillarni soxtalashtiruvchi «tarixchi»lar bunga kirmaydi)) ning sharhlash va talqin qilish jarayonidagi imkoniyatlarini chek- lab qo‘yadi. Manbalarni chuqur o‘rganish, dalillar (faktlar)ni atrof- licha tahlil qilish, ularni tarixiy tadqiqotlarga jalb etish jarayonida tarixiylik, ilmiylik, obyektivlik tamoyillariga amal qilish tarix fani taraqqiyotining garovidir. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling