Metodologiyasi
«Категории и методы исторической науки
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
«Категории и методы исторической науки
» (1984) nom- li kitobida tarixiy qonuniyatlarni sotsiologik qonuniyatlardan alohida ajratib ko‘rsatishga harakat qildi. Ulardan har biri bi lish faoliyatining tegishli darjasidagina ishlashi mumkin. Tari xiy qonuniyatlar o'zining abstraktlik darajasiga ko‘ra mazm un- liroqdir va ayni vaqtda sotsiologik qonuniyatlardagi abstraktlik darajasidan bir necha barobar pastroqdir. Agar sotsiologik da- raja umumiy holatda namoyon bo‘ladigan bo‘lsa, tarixiy daraja alohida maxsus holatda aks etadi. Biroq bu tezislar tarix fanining umumiy qonuniyatlarni qabul qilish va bilish darajasini pasay- tirishni hohlamagan tarixchilar tom onidan qabul qilinmadi. Bi roq ayni vaqtda M.A.Bargning mazkur fikrlarining o‘zi tarix fani uchun samarali fikrlar bo‘lib, eng avvalo u tarixiy qonuni- yatlarning sotsiologik qonuniyatlar bilan bir emasligini, qolaver- sa tarixiy qonuniyatlarning aniq va konkretligi, turliligi va maz- mun jihatdan boyligini ko'rsatib berdi. Tarixchiga sotsiologik qonuniyatlarni va qonunlarni bilishning o‘zi yetarli boMmaydi, balki tadqiqotlar mobaynida tarixiy jarayonlarning o‘zaro sodir bo‘lishida ta’sir ko‘rsatgan bir qator «xususiy» qonuniyatlarni ham jalb etish maqsadga muvofiqdir. Tarixiy qonuniyat (qonun) — bu turli ko‘rinishdagi «xususiy- tarixiy» qonuniyatlarning birlashgan ko‘rinishi bo‘lib, ularning o‘zaro tenglikda bir-biri bilan kesishish nuqtasidir. Jamiyat hayo- tida sotsiologik qonuniyatlarning yuzaga kelishidan chekinish yoki tizimlarga xos bo‘lmagan holatlar ham uchraydi. Tarix fani tarixiy jarayonlarni «to‘g‘rilash yoki izga solish» uchun sotsiologi- yaga imkon bermaydi. M.Barg tarixiy qonunlarni vaqt bo‘yicha, faoliyat ko‘lami, yuzaga kelish yoki sodir bo‘lish shakllari va sodir bo‘lish holatlariga ko‘ra turlarga bo‘ladi. Ular an’analar va statis- tik qonunlar sifatida o‘zlarini namoyon qiladi. 1889-yilda B.G.Mogilnitskiy faqatgina umumiy cjonunlar- ga asoslangan holda tarixiy jarayonlarning turlichaligini ko‘rsa- tib bolm aydi deb, ta’kidlagan edi. Tarixiy voqelik har qanday eng to‘g‘ri va eng mukammal qonundan ham mukammalroqdir. Tarixiy qonuniyat (qonun) — bu tarixiy jarayonlarning ich- ki o‘xshash holatlarini o‘zaro bogliqlikda aks ettiruvchi zaruriy, muhim ahamiyatga ega, barqaror holatda takrorlanuvchi aniq va konkret munosabatlardir. Tarixiy qonuniyatlar (qonunlar) aniq-umumiy, individu- al-boshqaruvchi, shartli (ehtimoliy) bo‘ladi. Ular tarixiy jarayon- ni hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik mohiyatiga asosan tushuntirib beradi. B.Mogilnitskiyning fikricha faqatgina sotsiologik qonuni yat (qonun)larning mavjudliginigina tan olish yoki e’tirof etish fatalizmga va apologetika (ko‘r-ko‘rona himoya qilish, barcha- si oldindan belgilangan va ma’lum qonuniyatlarga asoslangan)ga olib keladi. Tarixiy taraqqiyotda muqobillik masalasining qo‘yilishi m a’lum bir ahamiyat kasb etdi. Dastlab XX asrning 50—80-yil- larida fanda qonuniyatlarning qo‘llanilishi bo'yicha qat’iy qa- rashlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarga kelib jamiyat taraqqiyotining turli ko‘rinishlari haqi da so‘z yuritish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu vaqtda Yevropa ta- rixshunosligida jamiyat taraqqiyotining turli muqobil ko‘rinish- lari bor va ulardan birining ustunligi va jamiyatda qaror topishi faqat tasodifga bog‘liq ekanligi e’tirof etilgan edi. Biroq, taraqqiyot jarayonida turli g‘oyalar va an’analarni o‘z- o‘zidan qo‘llash m umkin emas. BoMishi m um kin bo‘lgan har bir muqobil holat obyektiv real voqelikda m a’lum darajada o‘z aso- siga ega bo‘ladi. Tarixchi ularni o‘ylab topmaydi, to‘qib chiqar- maydi, balki haqiqiy, real voqelikdan qidiradi. Jamiyat qara- m a-qarshiliklardan, xilma-xilliklardan iborat bo‘lib, unda turli g‘oyalar, bir-biriga bilan raqobatlashuvchi va kurashuvchi si yosiy partiyalar, ijtimoiy va iqtisodiy tizim lar faoliyat ko‘rsa- tadi. Tarixchi o‘z tadqiqotlari jarayonida qaram a-qarshiliklar va muqobilliklardan nim a uchun aynan bitta muqobillik ustun- likka erishdi yoki g'alaba qozondi, degan holatni o‘rganishi va aniqlashi kerak bo‘ladi. Qonuniyat ana shu tarixiy imkoniyat- dan foydalana olgan qaram a-qarshilik natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Tarixchi esa ana shu imkoniyatlardan qanday foydala- nilganligi va u qanday natijalarga yoki oqibatlarga olib kelgan- ligini o‘rganadi. Aksariyat hollarda voqelik sodir bo‘layotgan holatda uning natijalari yoki oqibatlarini zamondoshlari payqa- masligi mumkin, tarixchi esa ana shu holatlarning u yoki bu jihatlarini tarixiy xulosalash orqali m a’lum m a’noda oldindan «ko‘ra olishi» kerak. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, biror-bir muqobil- likning jamiyatdagi ustunligi qonuniyatlarning amal qilishini inkor qilmaydi, chunki subyektiv omillarning faoliyati obyektiv shart-sharoitlar bilan cheklangan bo‘ladi yoki boshqacha aytgan- da muqobillik har doim bo‘lishi mumkin. Biroq bu holatning inkor qilinishi obyektiv tarix haqidagi tasavvurlarni kamaytira- di va fatalizmga hamda mavhumlikka olib keladi. Albatta muqo- billikni yo‘q joyda ham m a’lum ma’noda ko‘rish mumkin, biroq bu tarixchining tafakkuri, tarixiy jarayonlarga obyektiv ravishda yondasha olishi va tarixiy bilimlariga bog‘liqdir. Yuqorida ko‘rib chiqilgan tarix fanining maxsus qonuni- yatlari haqidagi fikrlarga xulosa sifatida aytib o‘tish kerakki, ko‘pgina yevropalik faylasuflar tom onidan bu masalaga umu- m an muam m o sifatida m unosabatda bo‘linmagan, chunki ular tarix fanidagi qonuniyatlar (qonunlar)ning mavjudligini inkor qilganlar va uning bilish im koniyatlarini yetarli baholamagan- lar. U larning fikricha, tarixchi sotsiologik qonuniyatlardan foy- dalanyaptim i, demak tarix ham «sotsiologiyalashtirilmoqda» (ijtimoiylashtirilmoqda), o‘tmishdagi tarixiy jarayonlar va hodi salar haqidagi aniq va konkret tarixiy yondashuvlar esa yo‘qqa chiqariladi. Umuman bu fikrlardan ko£rinadiki, tarix fanining qonuniyat- lari (qonunlari) masalasi hali yana yangi fikrlar va ilmiy xulosalar- ga ehtiyoj sezmoqda va bu boradagi bahs-munozaralar yana da- vom etadi. Tarix fanidagi qonuniyatlar bilan uzviy bog‘langan yana bir ji- hat tarixni davrlashtirish va tarixiy zamon kategoriyalari masala- laridir. Tarixchilar I.M.Savelyeva va A.V.Poletayevning ta’kidlashicha, tarix fanida zamon (vaqt) kategoriyalari metodologiya fani uchun uning tarix fani predmeti va tarix fani metodlari kabi o‘ta mu him o‘rin tutadi1. F.Brodelning tarixiy vaqt masalalari yuzasidan bildirgan o‘xshatishiga ko‘ra «Tarixda vaqt tarixchining fikrlariga bog‘bon- ning belkuragiga yopishgan tuproq kabi yopishadi». Vaqt haqida gi tasavvurlar asosida farazlar va tadqiqotlarning xulosalari shakl- lanadi. Falsafiy m azm undagi ilm iy adabiyotlarni tahlil qilish nati- jasida yuqoridagi m ualliflar vaqtni ikki qismga bo‘ladilar, ya’ni bunga ko‘ra birinchi vaqt guruhiga statistik, diskretik, bir xil xususiyatli (gomogen) va tasodifiy-ta’sirsiz bo‘lsa, ik kinchi vaqt guruhiga o‘zgaruvchan, kontinual, har xil xusu siyatli (geterogen), tasodifiy-sam arali turlarga bo‘lingan. Bu yondashuv yevropa m adaniyatida bir necha yuz yillardan buyon am al qiladi. Tarixchilarning ta’kidlashicha, tarixchi vaqt bo‘yicha (vaqtga asoslangan holda va vaqt omilini hisobga olgan holda) faoliyat ko'rsatadi, ayni zamondan xulosalar chiqargan holda o‘tmish- ni to‘ldiradi. 0 ‘tm ishni to‘ldirishdagi vaqt bo‘yicha xilma-xil- lik va subyektivlik tarixiy bilishning alohida belgilari (xususiyat- lari)dan biridir. Masalan, xronologik jadvallar turli ko‘rinishda (kunlar, oylar, yillar, asrlar, davrlar, bosqichlar va boshq.) shakl- lantiriladi. Bunda ko‘rsatilgan sanalar oralig‘idagi bo‘shliq davr- larda qanday voqealar sodir bolgan, bu voqealar yoki jarayon lar davrlarga oid voqealarga qanday ta’siri bor, bog‘liqligi bor — bu masalalar ochiq qolishi mumkin. Shunga ko‘ra sanalarni bir tizimga keltirish, voqealarni va ularning sanalarini tanlash va xronologik jadvalga kiritish ko‘p hollarda subyektiv xususi- yatga ega bo‘ladi. Ayrim hollarda manbalarning mavjud emasligi yoki yetishmasligi va mustahkam emasligi sababli vaqtni dalillar (faktlar) bilan boyitish yoki mustahkamlashning imkoni bo‘lmay qoladi. Ayrim hollarda esa vaqtni tanlash va to‘ldirish holatlari mafkuraviy omillarga ham bog‘liq bo‘lib qoladi. Ba’zan esa keng tarqalgan ijtimoiy nazariyalar (sotsiologik nazariyalar — ziddi- yatlar, modernizatsiyalar, hokimiyat-hukmronlik) ham vaqtni to‘ldirish va xronologik tizimga solishga ta ’sir ko‘rsatadi. Shu tariqa tarixchi tarixiy tadqiqotlar jarayonida tarixiy voqealarni va hodisalarni vaqt bo‘yicha, qismlarga bo‘lgan holda, turli nuqtayi nazarlarni tahlil qilgan holda amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. Turli tarixiy davrlar, geografik mintaqalar va hududlar tarixini o‘rganishdagi tartibsizlik, tarqoqlik, tengsizlik, xilma-xillik tari xiy vaqt tushunchasidagi «oq dog‘lar»ga aylanadi. Yuqoridagi m ualliflarning fikricha tarixchi «vaqt bilan ish- laydi». Bunda u yashab turgan zamon (davr, vaqt)dan kelib chiqqan holda, tarixchining qanday ijtimoiy guruhga m ansub- ligi (professional yoki siyosiy) kabi om illar ta ’sirida «vaqt bilan ishlash»i, qo‘yiladigan vazifalar — ya’ni haqiqatni izlash, yosh- larni tarbiyalash, u yoki bu siyosiy tizim yoki siyosiy yo‘na- lishning tarixiy asoslarini aniqlash va asoslab berish kabi jarayonlarda «vaqt bilan ishlash»i, shuningdek eng asosiysi, ta rixchining o‘z mehnati, o‘z tadqiqoti va uning natijalariga qan- chalik jiddiy munosabatda bo‘lishi nuqtayi nazaridan «vaqt bi lan ishlash»i mumkin. Tarixchilar tomonidan vaqt va uning jihatlari haqida bildiril- gan fikrlar unchalik ham ko‘p emas. Biroq bular orasida fran- suz tarixchisi F.Brodelning «tarixiy vaqtning turli o‘lchamlari» tushunchasi alohida e ’tiborni tortadi. U diqqat-e’tiborni «tarixiy jarayonlarning arxitekturasi» deb nomlangan tizimga qaratadi. Bunda muallif bu tizim ni xayoliy, o‘ylab chiqarilgan konstruk- siyaga (tuzilishga), real (barqaror, sekin o‘zgaruvchan) Voqelikni esa mustahkam konstruksiya (tuzilish)ga qiyoslaydi. F.Brodel vaqtning uchta «qatlami»ni ajratib ko‘rsatdi. Bu qat- lamlarning eng quyidagi asosiy elementlari inson, yer va koinot bo'lgan ijtimoiy hayot qavatida barqaror tuzilish mavjudligi, bun da vaqt «juda sekin» o‘tishi, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosa- batlar yuz yillar davomida asta-sekinlik bilan o‘zgarib borishi bi lan xususiyatlanadi va «uzoq vaqt» hisoblanadi. Ikkinchi «qavat» iqtisodiy va ijtimoiy voqelik bo‘lib, davrlar takrorlanuvchi xususi- yatga ega (siklik xarakter), ular orasidagi vaqt masofasi qisqadir. Uchinchi «qavat» sifatida muallif siyosiy voqealarning xronologi- ya bilan aniqlanishini ko'rsatadi1. F.Brodelning «uzoq davom etuvchi vaqt» tushunchasi tarixchi- ga «voqealar ichidan» chiqib, jarayonlarga boshqacha ko‘z bilan qarash imkonini beradi. Uning bu fikrlari keyinchalik Le Rua Ladyuri tomonidan ham davom ettirildi. Yuqoridagilarga xulosa qilib aytish kerakki, tarixchi ham- ma vaqt yangi yondashuvlar va g'oyalarni qo‘llashga ehtiyot- korlik bilan munosabatda bo‘Iishi, yangi va sog‘lom fikrlarni qo‘llab-quvvatlashi, biroq ayni vaqtda ularning imkoniyatlarini obyektiv ravishda aniqlab olishi va tadqiqotlar jarayonida eng samarali va eng to‘g‘ri yondashuvlardan foydalanishi maqsad- ga muvofiqdir. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling