Metodologiyasi


Xolislik (obyektivlik) tamoyili


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Xolislik (obyektivlik) tamoyili. 
Mazkur tamoyilga ko‘ra tarixiy 
voqelik obyektivdir, tarixiy faktlar (dalillar) va manbalar obyek- 
tiv mazmunga ega bo‘lib, tarixiy tafakkur yordamida obyektiv 
haqiqatga erishish mumkindir. Agar tarixchi bu tamoyilga amal 
qilmasa, tarixiy tadqiqotni amalga oshirishidan samara bo‘lmay- 
di va xatolikka yo‘l qo£yishi mumkin. Bu masalada dastlab XIX 
asrda nemis tarixchisi L.Ranke tarixchilarga murojaat qilib, ta­
rixni obyektiv (xolislikka amal qilgan holda, xolisona yondashib) 
o‘rganishga chaqirdi. Uning fikricha, «tarixchi o‘tmishni taf- 
tish qilib (aynan «sud qilib») kelajak foydasi uchun zamondosh- 
larni o‘rgatish emas», balki faqatgina tarixiy jarayonlarni tadqiqot 
uslublaridan foydalangan holda va tarixchilarning tanqidlariga 
amal qilgan holda qanday bo‘lsa shundayligicha ko‘rsatib beri- 
shi kerak. Bu amalga oshishi murakkab bolgan ideal tadqiqot, 
biroq uni to‘liq ravishda amalga oshirishga harakat qilish tarix­
chi uchun zarurdir». L.Rankening Germaniyadagi kasbdoshlari 
uning bu fikrlariga qo‘shilmadilar va tarixchi siyosatdan chetda 
turishi mumkin emas, degan qarshi fikr bildirdilar. G.Treychke- 
ning fikricha, «tarixchi «faqatgina qabrda yotganida» siyosatdan 
(yoki siyosiy mansublikdan) xoli bo‘lishi mumkin».
Marksistlar tarixchilarning siyosatga aloqadorligini sinfiy qara- 
ma-qarshilik (yoki sinfiy mansublik) nuqtayi nazaridan ko‘rsatish- 
ga harakat qildilar. Bunda ularning aksariyat ko'pchiligi boshqa bir 
marksist G.Plexanovning tarix fani biror-bir partiya yoki siyosat­
ga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas, faqatgina tarixchining o‘zi bun­
day holatga mansub bo‘lishi mumkin, degan qarashlarini ham inkor 
qildilar. XX asr dastlabki choragida bu qarama-qarshilik asta-sekin 
so‘nib bordi va asosan sobiq sovet tarixchilaridan «so‘nggi tarixiy ja­
rayonlar haqida tarix faniga o‘zgartirishlar kiritish» va tarixchilarni 
«mafkuraviy front jangchilari» sifatida shakllantirilishi talab dara­
jasiga ko‘tarildi. Bunday vaziyatda bu tarixchilar tomonidan tarixiy 
haqiqatni izlash va xolisona tarixiy tadqiqot olib borish amalda o‘z 
ahamiyatini yo‘qotdi. Sovet mafkurasi tarix fanini o‘z ta’siriga olib 
uning fan sifatidagi mavqeiga ham putur yetkaza boshladi.


XX asr davomida yevropalik faylasuflar tomonidan ham obyek- 
tivlik (xolislik) tamoyilini inkor qilish va uni turlicha talqin qi­
lish holatlari davom etdi. Subyektivlik va relyativizm keng tarqa- 
lib, ommalasha boshladi. Biroq XX asrning 70-yillaridan boshlab 
postmodernistlarning tarix fani haqidagi fikrlari va qarashlari, bir 
qator ilmiy-nazariy yondashuvlari ilgari surila boshlagach obyek- 
tivlik (xolislik) tamoyiliga qarshi yana bir «hujum» yuzaga kel- 
di, ya’ni, postmodernistlarning «tarixchilar hech qachon obyektiv 
haqiqatga erisha olmaydilar va bu boradagi harakatlari samarasiz 
yakun topadi» deb ta’kidlaydilar.
Biroq tarixchilar postmodernistlarning bu fikrlarini to‘liq 
inkor qiladilar va hech qachon tarixiy haqiqatning yuzaga chi- 
qishi va uni amalga oshirishdan to‘xtamaydilar, bu asrlar da­
vomida tarixchilar tomonidan amalga oshirilgan tarix asarlari- 
ning yaratilishi va ulardagi tarixiy jarayonlarning yoritilishi va 
keyingi davrlarda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va 
ularning ilmiy xulosalaridan ham anglash mumkin. Agar tanqid 
asosli bolsa, u har doim tarixchilar tomonidan inobatga olina- 
di va bunda tarixchilar albatta tarixiy haqiqatning (tarixiy xolis- 
likning) qaror topishi va ilmiy jihatdan asoslanishi hamda tad­
qiqot oldiga qo‘yilgan maqsadlarining amalga oshirilishi uchun 
yangi uslublarni izlab topishga (shakllantirishga) va ularni ilmiy 
jihatdan asoslashga harakat qiladi. Bunda tarixchiga ta’sir etishi 
mumkin bo‘lgan bir qator omillar (siyosiy, milliy, diniy, ijtimoiy 
va boshqalar) ham borki, ular ham ba’zida tarix tadqiqotlarida o‘z 
ta’sirini ko‘rsatishi mumkin, bunday hollarda bildiriladigan tan- 
qidlar tarixchiga eng to‘g‘ri yo‘nalishni tanlab olishi uchun turt- 
ki bo‘lishi shubhasizdir.
Tarixchi tadqiqot obyekti, tarixiy voqelik yoki jarayon va hodi- 
salarni har tomonlama o‘rganishi lozim. Bilish obyekti har doim 
tarixiy jarayonning bevosita ishtirokchisi bo‘ladi, jarayonning bu­
tun mohiyatini o‘zida aks ettiradi.
Tadqiqot jarayonida xolislikka (obyektivlikka) erishisfi uchun 
bilish subyektining faolligi hamda kuzatuvchanligi, keng musho-


hada yurita olishi, tafakkuri va bilishga intilishi, tadqiqotlardagi 
barcha uslublarni, ayniqsa fanlararo yondashuv uslublarini qo‘lla- 
shi katta yordam beradi.
Tarixchiga zarur bo‘ladigan omillar bu — yuqori darajadagi 
professionallik (yuqori darajadagi kasbiy mahorat va bilim), keng 
tafakkuri va chuqur aql-zakovatga egaligi, tadqiq etilayotgan davr 
(tadqiq etilayotgan tarixiy davrlar) insonlari (insoniyat) oldida- 
gi javobgarlik hissining yuqoriligi va ayni vaqtda mas’uliyatni his 
eta olishi, ayni vaqtda kasbdoshlari oldida va qolaversa, zamon- 
dosh kishilar oldidagi javobgarlik hissining yuqoriligi va mas’uli­
yatni his eta olishi hisoblanadi. Shu bilan birga tarixchining faol- 
ligi, manbalardagi ma’lumotlarni ilmiy muomalaga jalb qilinishi, 
modellashtirish va boshqalar jarayonida o‘zboshimchalik va xato- 
likka yo‘l qo‘ymaslik ham tarixchi oldiga qo‘yiladigan muhim ta- 
lablardan sanaladi.
Tadqiqotchi agar tarixiy tadqiqot obyekti yoki tadqiq eti­
layotgan material bilan yakkama-yakka qolgandagina (boshqa 
ta ’sirlarga uchramagan holda) uning tadqiqot jarayonidagi o‘rni 
m uhim ahamiyatga ega bo‘ladi, bunda tarixchi tadqiqotchi­
ning haqqoniyligi va iste’dodidan tadqiqotning natijasi yuza­
ga chiqadi.
B.Kroche, R.Kollingvudlarning ta ’kidlashicha, tarix tabiatdan 
farqli o‘laroq tadqiqotchining ongida obyektiv tarzda aks etmay- 
di. Tarixga va tabiatga aloqador faktlar tushuncha sifatida aynan 
bir xil ma’noni anglatmaydi.
Tabiatga aloqador faktlar shunday faktlarki, olim yoki tad­
qiqotchi ularni ayni ko‘rinishida qabul qilishi yoki laboratoriya- 
da hosil qilishi mumkin.
Tarixiy faktlar esa o‘tmishda va m a’lum bir vaziyatlarda sodir 
bo‘lgan va takrorlanmas hodisalar sifatida namoyon bo'ladi. Ular 
bevosita muomalaga kiritilgandan so‘nggina tarixiy mushohada 
obyektlariga aylanadi. Bu holatda tarixchining ixtiyorida faqatgi- 
na hujjatlar va boshqa qadimgi davrlar qoIdig‘i sifatida saqlanib 
kelgan narsalar yoki hodisalar bo‘lib, tarixchi ularga asoslangan


va tayangan holda faktlarni qayta shakllantirishi lozim. Aynan 
mana shu jarayonlarda tarixiy bilishning o‘ziga xosligi namoyon 
bo'ladi1.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling