Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Determinizm tamoyili. 
Sababiylik g‘oyasi yangi davrda o‘rta 
asrlardagi Uyg‘onish davriga xos bo‘lgan bashoratchilik g‘oyasi 
va voqealarning «tasodifiyligi» g‘oyasi o‘rniga paydo bo‘ldi. Sa­
babiylik tamoyili fransuz va nemis ma’rifatparvarlari tomonidan 
ilgari surilgan. U lar tarix — tartibsiz tasodiflardan iborat degan 
g‘oyaga qarshi chiqdilar. Ma’rifatparvarlarning determinizm ta­
moyili qat’iy mazmunga ega bo‘lib, u tarixda tasodiflar bo‘li- 
shi m um kin degan qarashlarni butkul inkor qilib xatolikka yo‘l 
qo‘ydi. XIX asrda shakllangan evolyutsion (tadrijiylik) uslubi 
(pozitivistlar va marksistlarning qarashlarida) sabab va oqibat- 
larning uzluksiz ketma-ketligiga asoslangan edi.
Determ inizm tamoyili tadqiqotchining e’tiborini tarixiy hodi­
salar va voqealarning shartli ravishda o‘zaro bir-biriga bog‘liq 
ravishda sodir bo‘lishiga qaratadi. Bu tamoyilga ko‘ra barcha vo­
qealar va hodisalar o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq ravishda sodir 
bo‘ladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Tarixchi tadqiqot jarayoni­
da tarixiy voqealar va hodisalarning sababi — oqibatlariga ko‘ra 
aloqadorligini, u yoki bu hodisalarning sodir bo‘lishiga turtki 
bo‘lgan omillarni aniqlashga e’tibor qaratish talab etiladi. Bunda 
tizimli yondashuv yordamida tuzilishdagi aloqadorlik o‘rganiladi.
Ko‘pgina tarixchilar o‘z tadqiqotlarida tarixiy voqelarning 
sababini aniqlashga harakat qiladilar va bu tarixdagi zaruriyat- 
lar va qonuniyatlar aloqadorligi mavjudligining e’tirof etilishi- 
dir. Biroq bugungi kungacha tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarining 
mavjudligini inkor etuvchilar determinizm tamoyilini ham inkor 
qiladilar va tarixiy voqealarning, hodisalarning tasodifiy ekanli- 
giga urg‘u berib, determ inizm (sababiylik) tamoyili inson erkin- 
ligi omili bilan mos kelmasligini ko‘rsatadilar. To‘g‘ri, tarixda 
tasodifiy va oldindan aytib bo‘lmaydigan voqealar va hodisalar

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling