Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tizimlilik tamoyili. 
XX asrga kelib barcha fanlar tadqiqotlari- 
da tizim lilik uslubidan foydalanish asosiy o‘rin tutib bora bosh- 
ladi, bunda tadqiqot obyektiga sababiylik va vazifaviy aloqa­
dorligi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda murakkab tuzilm ali 
tizim sifatida qaraldi. M.A.Barg tom onidan fanga tizim lar (sis- 
temalar) va tuzilishlar (strukturalar), tizim lar tarkiblari (pod- 
sistema) haqidagi tushunchalar kiritildi. Tuzilish — bir tizim ni 
tashkil etuvchi hodisalar aloqadorligi va ularni bir tartibga so- 
lish shakllari bo‘lib, u tarixchi e’tiboridan yashirin holda bo‘la- 
di. Shu o ‘rinda mazkur tarixchi tom onidan «tuzilishi va jara­
yon» tushunchasi ham ilgari suriladi, bunda tuzilish o‘zgarmas 
va barqarorlik holat sifatida, jarayon esa o‘zgaruvchan va beqa- 
ror, doimiy harakatdagi holat va ular bir-birini to‘ldirib keladi, 
deb ko‘rsatiladi.
Tayanch tushunchalar: 
anglash, tamoyillar, bilish tamoyillari, 
regulyativ funksiyalar, bilishning subyekti, bilish subyektining 
faolligi, obyektivlik tamoyili, sababiylik tamoyili, tasodiflar, ta- 
rixiylik tamoyili, dialektik uslub, tarixni materialistik tushunish, 
voqealarning genetik aloqasi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Xolislik (obyektivlik) tamoyilini tushuntirib bering.
2. Subyektivlik nima?
3. Relyativizm nima?
4. Tarixchiga zarur bo‘ladigan omillar qaysilar?
5. Determinizm tamoyilini tushuntirib bering.
6. Tarixiylik tamoyilini tushuntirib bering.
7. Tizimlilik tamoyilini tushuntirib bering.


Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati:
Xolislik (obyektivlik) tamoyili 
— tarixiy voqelik obyektivdir, ta­
rixiy faktlar (dalillar) va manbalar obyektiv mazmunga ega bo‘lib, 
tarixiy tafakkur yordamida obyektiv haqiqatga erishish mum- 
kindir. Agar tarixchi bu tamoyilga amal qilmasa, tarixiy tadqiqot- 
ni amalga oshirishidan samara bo‘lmaydi va xatolikka yo‘l qo‘yi- 
shi mumkin. Bu masalada dastlab XIX asrda nemis tarixchisi 
L. Ranke tarixchilarga murojaat qilib, tarixni obyektiv (xolislik- 
ka amal qilgan holda, xolisona yondashib) o‘rganishga chaqir- 
di. Uning fikricha, «tarixchi o‘tm ishni taftish qilib (aynan «sud 
qilib») kelajak foydasi uchun zamondoshlarni o‘rgatish emas», 
balki faqatgina tarixiy jarayonlarni tadqiqot uslublaridan foyda- 
langan holda va tarixchilarning tanqidlariga amal qilgan holda 
qanday bo‘lsa shundayligicha ko‘rsatib berishi kerak. Bu amal­
ga oshishi murakkab bo‘lgan ideal tadqiqot, biroq uni to‘liq ra­
vishda amalga oshirishga harakat qilish tarixchi uchun zarurdir». 
L.Rankening Germaniyadagi kasbdoshlari uning bu fikrlari- 
ga qo‘shilmadilar va tarixchi siyosatdan chetda turishi mumkin 
emas, degan qarshi fikr bildirdilar. G.Treychkening fikricha «ta­
rixchi «faqatgina qabrda yotganida» siyosatdan (yoki siyosiy man- 
sublikdan) xoli bo‘lishi mumkin».

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling