Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tarixiylik tamoyili 
— tarixiylik tamoyilining shakllanishi va 
taraqqiy etib borishiga bir qator mutafakkirlar o‘z hissalarini 
qo‘shganlar, biroq ularning orasida asosiy fikrlar nemis «huquq 
tarixi maktabi» vakillari, fransuz restavratsiyasi davri tarixchi- 
lari va G.Gegel tomonidan bildirilgan. G.Gegelning tarixiylik 
tamoyilining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi dialektik uslubni 
asoslab berganligida edi. Tarixiylik tamoyiliga qo‘yiladigan aso­
siy talablar haqida so‘z yuritganda quyidagilarni alohida ko‘rsa- 
tib o‘tish kerak, ya’ni hodisalar o‘rtasidagi o£zaro aloqadorlik va 
ularning kelib chiqishi hamda ro‘y berishidagi umurtny bog‘liq- 
lik va kelib chiqish sabablaridagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlash,


hodisalarning sodir bo‘lishi bosqichlaridagi o‘zaro aloqadorlik, 
bir hodisa yoki jarayonning ikkinchi hodisa yoki jarayonning ke­
lib chiqishidagi ta’sirini o‘rganish va aniqlash, barcha hodisalar va 
jarayonlarni o‘rganishda ularga tarixiylik nuqtayi nazaridan ke­
lib chiqqan holda yondashish, hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik­
ni aniqlashda jarayonlarning tarixiy ahamiyatini ko‘rsatib berish 
masalalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bu hozirgi tarixiylik ta ­
moyili va uslublarining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Tizimlilik tamoyili 
— XX asrga kelib barcha fanlar tadqiqotlari- 
da tizimlilik uslubidan foydalanish asosiy o‘rin tutib bora bosh­
ladi, bunda tadqiqot obyektiga sababiylik va kelib chiqishidagi 
hamda vazifaviy aloqadorligi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
murakkab tuzilmali tizim sifatida qaraldi. M.A.Barg tomonidan 
fanga tizimlar (sistemalar) va tuzilishilar (strukturalar), tizimlar 
tarkiblari (podsistema) haqidagi tushunchalar kiritildi. Tuzilish
— bir tizimni tashkil etuvchi hodisalar aloqadorligi va ularni bir 
tartibga solish shakllari bolib, u tarixchi e’tiboridan yashirin hol­
da bo‘ladi. Shu o‘rinda mazkur tarixchi tomonidan «tuzilishi va 
jarayon» tushunchasi ham ilgari suriladi, bunda tuzilish o‘zgar- 
mas va barqarorlik holat sifatida, jarayon esa o'zgaruvchan va be- 
qaror, doimiy harakatdagi holat va ular bir-birini to‘ldirib kela- 
di, deb ko‘rsatiladi.



Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling