Metodologiyasi


TARIX FANI METODOLOGIYASIDA ASOSIY FALSAFIY


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

TARIX FANI METODOLOGIYASIDA ASOSIY FALSAFIY 
YONDASHUVLAR VA TARIXIY TADQIQOT USLUBLARI
Tarix falsafasi haqida tushuncha. Tarixni bilishning avtonom 
xarakteri. Falsafiy maktablarning va y o ‘nalishlarning ta ’siri. 
Pozitivizm. Tarixda sabab va oqibatlarni chuqur anglashni inkor 
qilish. Jamiyat evolyutsiyasi. Tarixni materialistik tushunish. 
Tarix — bu sinflar kurashi. Ishlab chiqarish va ishlab chiqa- 
rish munosabatlari taraqqiyoti dialektikasi. Neokantchilik. Ling- 
vistik burilish. Matn tahlili. Tarixni o ‘rganishda obyektiv fik r  
b o ‘la olmaslik g ‘oyasi. Tarixni adabiyotga almashtirishga urinish. 
Poststrukturalizm. Dalillarga bo ‘lgan munosabat. Ichki munosa- 
batlar. Postmodernizm. Strukturalizm. Tizimli uslub va funksi- 
ya viy tahlil. Ekzistensionalizm. Shaxsning fojiasi. Neopozitivizm. 
Tarixning diniy falsafasi.
Tarixni ilmiy jihatdan tahlil qilish, uni idrok etish, yuz ber- 
gan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar orqali muayyan davrning siyosiy 
va ma’naviy muhitini baholash, har bir davr kishilari ruhiya- 
ti, ma’naviy axloqiy mezonlari, voqea-hodisalarga munosabatini 
o‘rganish, uni falsafiy idrok etish tarix falsafasi tushunchasining 
mazmunini belgilaydi1.
Tarix va uni tushunish, uni anglash, uni idrok etish, uni 
tushuna olish va uni tushuntirib berish turli davrlarda turlicha 
nuqtayi-nazarlar va yondashuvlar asosida amalga oshirilganligi 
bois, turli davrlarda tarix va tarix fani hamda unga bo‘lgan mu­
nosabat ham turlicha bo‘lgan.
Aslida tarix falsafasi tushunchasi Sitseron (yunon faylasufi
miloddan avvalgi 106—43-yy.) tomonidan «tarixning otasi» deb 
uluglangan qadimgi yunon tarixchisi Gerodot (lot. Herodo­
tus, yunon. Irodotos, miloddan avvalgi taxm inan 484-yil, Ki- 
chik Osiyo, Galikarnas — miloddan avvalgi taxminan 426-yil, 
Yunoniston, Furiya) hamda Fukidid asarlaridan boshlangan.
/

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling