Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Pozitivizm. 
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab tarix- 
shunoslik sohasida ingliz olimi O.Kontning «pozitiv» falsafasi 
katta ta’sirga ega bo‘la boshladi. Uning izdoshlari tarix fanini 
ham «pozitiv» fanga aylantirishga harakat qildilar. Tarixchi turli 
xil «keragi yo‘q, kulgili» tizim lardan voz kechishi, aniq dalillarni 
qaror toptirish va ularni tavsiflab berish, dalillarni tekshirish va 
manbalarni tanqidiy tahlil qilishga e’tibor qaratishi kerak, deb 
hisobladilar.
Pozitivistlar tarixni «pozitiv» bilimga aylantirishga harakat 
qildilar. Bu tushunchaning mohiyati shundaki, pozitivistlar ham ­
ma haqiqiy, pozitiv bilimlar konkret fanlarning mahsulidir, falsafa 
esa bunday bilimlarni bera olmaydi, shuning uchun uning kera­
gi yo‘q, degan g‘oyaga asoslangan subyektiv qarashga ega edilar. 
Ular tarixiy dalillar bilan qanday ishlash, manbalarni tahlil qilish 
bo‘yicha bir qancha metodlarni taklif qildilar.
«Pozitiv tarix» g‘oyasiga nemis tarixchilari va neokantchilari 
V.Vindelband va G.Rikkertlar darhol qarshi chiqib, tarixni jami- 
yatning rivojlanib boruvchi qonuniyatlari asosida emas, balki, 
alohida va takrorlanmas holatlar, ko‘rinishlar asosida o‘rganishni 
tarixchi oldiga vazifa qilib qo‘ydilar.
Pozitivistlarning fikricha, jamiyatning taraqqiyot qonunlari bu 
tabiat qonunlarining davomidir. O.Kont sotsiologiyaning asos- 
chisi sanalib, evolyutsion yondashuvni (oddiylikdan murakkab- 
likka qadar) jamiyat taraqqiyoti qonuniyatining asosi ekanligini 
himoya qildi.
Jamiyat evolyutsiyasiga bir qator omillar ta’sir o‘tkazadi, ya’ni 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, geografik, mafkuraviy, biologik, psixo- 
logik va boshqalar bo‘lib, ular jamiyat taraqqiyoti jarayonida teng
1 Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. 66—67-bb.
185


o‘ringa va ahamiyatga ega bo‘lib, bir vaqtda harakatda bo‘ladi!ar, 
ya’ni ularning har biri jamiyat hayotida bir vaqtning o‘zida sodir 
bo‘lib turadi. Tarixchilar esa bu omillarni alohida yoki bir vaqtda 
bir nechasinigina o‘rganib, tadqiq etganlar. Hozirgacha tarixchi­
larning tadqiqotlarida bu holatni kuzatish mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga qiziqish va statistik uslublarni 
qo‘llash alohida o‘rin tuta boshladi. Bu ham o‘z o‘rnida tarix fani 
tadqiqotlarida ilgarilashga intilish bolib, ishlab chiqarish tarixi
qishloq xo‘jaligi tarixi, savdo-iqtisodiy munosabatlar tarixi tarixiy 
tadqiqotlarning obyektiga aylanib bordi. Asosiy e’tibor intellek- 
tual taraqqiyot, aqliy rivojlanishga qaratildi. Tarixchi pozitivist- 
lar ilgari surgan uslublardan biri bu tarixiy taqqoslash uslubidir. 
Pozitivistlarning asosiy kamchiliklari — tarixda hodisalarning 
ichki sabab-oqibat aloqadorligi imkoniyatlarini inkor qildilar va 
tarixchining asosiy vazifasi tarixiy hodisalar sodir bolishining 
«nima uchun sodir bo‘ldi» degan savolga emas, balki «qanday so­
dir bo‘ldi» degan savolga javob berishdan iborat deb hisobladilar.
Pozitivizm barcha tarixchilar tom onidan birdek qabul qilin- 
maganligi sababli uni turli tarixchilar turlicha nuqtayi nazardan 
qo‘llaganlar va tarixshunoslik sohasida o‘ziga xos iz qoldirgan- 
lar.
Ulardan biri Buyuk Britaniyalik G.Bokl jahon sivilizatsiyalari 
tarixini yaratish maqsadida 19 ta tilni o‘rganib, 20 mingdan ortiq 
kitobga ega bo‘lgan kutubxona tashkil qildi, biroq u faqatgina ik- 
ki kitobdan iborat «Angliya sivilizatsiyalari tarixi» nornli kitobi- 
ni yozishga ulgurdi. Bu kitobning ahamiyati shundaki, tarixchilar
G.Bokl tomonidan yozilgan va qo‘llangan uslublar va tadqiqot- 
dagi yondashuvlarni pozitivizm yondashuvining etaloni sifatida 
e’tirof etdilar. U tarixga eng mardonavor hamda murakkab va 
qiyin mashg'ulot sifatida ta’rif bergan. G.Bokl aqliy taraqqiyot ja- 
rayonining asosiy omili sifatida qonuniyatlarni izlab, ularni ik- 
kilanish va shubhalanish aqliy taraqqiyotning harakatlantiruv- 
chi manbayi deb ko‘rsatadi. Tarixiy hodisalarni aqliy taraqqiyot 
jarayonlariga ta ’sir ko‘rsatish nuqtayi nazaridan baholadi.


XIX 
asr oxirlariga kelib pozitivizm asta-sekin o‘zining ilg‘or 
qarashlarini yo'qota boshladi va tarixchilar ko‘proq empirizmga 
e’tibor qarata boshladilar. Shunga qaramay XIX asrning ikkinchi 
yarmini tarix fanining rivojlanishi davri sifatida baholanadi va 
bunda pozitivistlarning ham o‘ziga xos hissasi bo‘lgan.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling