Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
Strukturalizm.
Tarixiy voqelikni o‘rganish va tadqiq etishda- gi individuallashtirish uslubiga qarama-qarshi ravishda struktura- listlar strukturali-vazifaviy va strukturali-tizimli tahlil uslubini taklif qilib chiqdilar. Bu uslub borasida ish olib borgan fran suz lingvisti F. De Sossyur dastlabkilardan bo‘lib «diaxron» va «sinxron» atamalarini tarix fani tadqiqot uslublari doirasiga kirit- di. 1973-yil tarixchilarning xalqaro kongressida strukturalizm va uning tarixiy tadqiqotlardagi imkoniyatlari haqida ilk bor ma’ru- za qilindi. Struktura (tuzilish) obyektning muhim xususiyatlari va jihat- larini aniqlab beruvchi ichki mustahkam va barqaror munosabat- larining tizimi sifatida tushuniladi. Shuningdek bu uslub tarix da tarixiy voqelik, hodisa va jarayonlarni ularning ichki tarkibiy jarayonlari va hodisalari tizimi, ularning o‘zaro bog‘lanishi va munosabatlarni tekshiruvchi sifatida qarashni anglatadi. Ichki bog‘lanishlar va munosabatlardagi buzilishlar yoki bo‘shliqlar bu tizim nining mukammalligiga putur yetkazadi. Jamiyatda mak- rostrukturalar va mikrostrukturalar mavjud bo‘ladi. Tarixchi na faqat taraqqiyot darajasini o‘rganishi, balki, sinxron ravishda sa- bab-oqibatli aloqadorlik bilan bir qatorda vazifaviy aloqadorlikni ham o‘rganishi lozim. Biroq strukturalistlarning barcha qarash lari ham tarixchilar tomonidan to‘liq qabul qilinmagan, ayrim tarixchilar esa strukturaviylik tarixdan shaxsni siqib chiqara- di va tarixiy jarayonlarning tavsifi shaxs ishtirokisiz aks ettirili- shi mumkin, degan fikr ham bildirganlar. Biroq strukturaviylik uslublari orasidan tarix tadqiqotlari uchun qabul qilingan mate matik uslublar tarixni ilmiy o‘rganishda ma’lum muvaffaqiyatlar- ga erishdi va tadqiqotlarda qanday uslubdan kengroq foydalanish tarixchinig o‘ziga bog‘liqdir. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling