Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tarixiy-genetik uslub. 
Tarixiy genetik uslub va retrospektiv 
uslublar keng tarqalgan bo‘lib, ular tarixiy voqealarning tarki- 
bi, vazifalari va o‘zgarishlarni ketma-ket ochib berishga yo‘nal- 
tirilgan.
Tarixiy-genetik metodning mohiyati shundaki, o‘rganilayot- 
gan voqelikning tarkibi, tuzilishi, vazifalari va undagi o‘zgarish- 
larni tarixiy harakat jarayonlarida ketma-ketlikda tadqiq etishga 
qaratilgan bo‘lib, tadqiqot obyektining real holatiga imkon qadar 
ko‘proq yaqinlashtirilishiga imkon beradi1.
Tarixchi I. Kovalchenkoning ta’kidlashiga ko‘ra mazkur uslub­
lar «mantiqiy tabiati bo‘yicha bu analitik va induktiv, axborotning 
bayon etilishga ko‘ra esa tavsifiydir»2.

sabab va oqibat o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga yo‘nal- 
tirilgan bo‘lib, u yoki bu tarixiy jarayonlarning kelib chiqishini 
tahlil qilishga asoslanadi. Bunda tarixiy voqea ham individual
ham konkret holatda ko‘rinadi.
1 Ковальченко Д.И. Методы исторического исследования./— М.: Наука. 
2003. С. 184.
2 0 ‘sha joyda.


Bu metoddan absolyutlashtirilgan (mutlaqlashtirilgan) holatda 
foydalanish ayrim xatoliklarga olib kelishi mumkin. Tarixiy ja ­
rayonlarni o‘rgan ishga asosiy urg‘u berilgan holda bu jarayon­
larning barqarorligini yetarlicha baholash ham mumkin emas.
Shuningdek voqealarning individualligi va takrorlanmasligini 
ko‘rsatgan holda uning umumiylik kasb etishini ham e’tibordan 
chetda qoldirmaslik kerak. Bunda empirizmdan saqlash tavsiya 
etiladi.
Genetik uslub. 
Bu uslub tarixiy tadqiqotlarda tarixiy jarayon­
larning kelib chiqishini tadqiq etib, tadqiqot yo‘nalishini o£tmish- 
dan bugungi kunga tomon yo‘naltiradi. Bunda genetik uslub 
o‘tmishdan bugungi kungacha sodir bolgan tarixiy jarayonlar­
ning kelib chiqishi, rivojlanib borishi va keyingi holatlariga o‘ti- 
shi jarayonlarini voqealarning kelib chiqishi sabablarini aniqlash - 
ga e’tiborni qaratgan holda amalga oshiradi.
Retrospektiv uslub esa bugungi kundan olm ishga yoki natija va 
oqibatlardan sabablarga yo‘nalgan boladi. 0 ‘tmishning saqlanib 
qolgan elementlari orqali uni rekonstruksiya (qayta tiklash) qi­
lish mumkin. 0 ‘tmish bilan tanishish jarayonida bugungi mavjud 
holatlarni yuzaga kelishi bosqichlari va shakllanishini aniqlash 
mumkin.
Sinxron uslub — bir vaqtda sodir bolgan turli tarixiy vo- 
qealarni o‘rganishga yo‘naltirilgan. Jamiyatda har qanday hodisa 
o‘zaro bogliqligi sababli bu metoddan tizimli yondashishda foy­
dalanish bu bogliqlikni ochishga yordam beradi.
Bu esa u yoki bu mintaqada sodir bolgan tarixiy jarayonlarni 
tushuntirishga imkon yaratadi, shu bilan birgalikda ularning iqti­
sodiy, siyosiy hamda turli davlatlarning xalqaro aloqalariga ta’si- 
rini kuzatish imkonini beradi.
Xronologik uslub — har bir tarixchi tomonidan qollanilib
tarixiy jarayonlarning vaqt bo‘yicha (xronologik) ketma-ketlikda 
o‘rganish imkonini beradi. Biroq bunda e’tiborga molik faktlarni 
diqqatdan chetda qoldirmaslik kerak. Ayrim hollarda, ya’ni tarix­
chilar tomonidan ayrim dalillarning (faktlarning) mazkur tizim-


ga jalb eta olmagan hollarda tarixiy jarayonning tavsifidagi no- 
aniqlikka yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Bu uslubning bir ko‘rinishi muammoviy-xronologik uslub 
bo‘lib, yirik tadqiqot mavzusini tadqiqot jarayonida bir necha 
qismga bo‘lib, ularning har biri bo‘yicha alohida xronologik ji­
hatdan ketma-ketlikda tadqiqot amalga oshiriladi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling