Metodologiyasi


Tizimli yondashuv va tizimli tahlil


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tizimli yondashuv va tizimli tahlil. 
Tizim — real voqelikda­
gi alohida tarkibiy jarayonlarning umumiy yaxlitligi bolib, ular­
ning o'zaro birgalikdagi faoliyati va mavjudligi ularning tarkibiy 
qismlariga xos bo‘lmagan yangi umumiylashgan xususiyatlarning 
shakllanishiga olib keladi.
Har bir tizim o‘zining tartibi, tuzilishi va vazifalariga ega. 
Tizimning tarkibiy qismlari — ichki tizimlar va elementlardir. Jami- 
yatga xos bolgan ijtimoiy tizimlar birmuncha murakkab tuzilish- 
ga ega bolib, ularni o‘rganish va tadqiq etish tarixchining vazifa- 
sidir. Tizimli yondashuv uslubi jamiyat tizimlarini tartibga soluvchi 
qonunlarni tushunishga yordam beradi. Bunda tadqiqot jarayonida 
yetakchi uslub tizimli-vazifaviy (strukturaviy-funksional) tahlildir.
Ayrim tarixchilar tomonidan tizimli tahlilda ko'pincha tizim ­
ning muhit bilan birgalikdagi faoliyati inkor qilinadi. Barcha ij­
timoiy tizimlarning asosi o‘ta mustahkam bolgan o‘ziga xos- 
lik bolib, buning natijasida struktura (tizim) o‘zgarmas boladi. 
0 ‘zgarmas holatlarni sinxron o‘rganishga bolgan moyillik ko‘p 
hollarda dinamik diaxron tahlil (turli o‘zgarishlarni tadrijiylik
bosqichlari bo‘yicha tahlil)dan voz kechishga olib keladi.
Induksiya-deduksiya. 
Induksiya — alohida holatlardan umumiy 
voqealarga tomon tahlil etish. Deduksiya — umumiy holatlardan 
alohida, dastlabki voqealarga tomon o‘rganish.


Tarixchi dalillarni (faktlarni) o‘rganish natijasida umumiy tu- 
shunchalarga keladi, yoki aksincha, dalillarni (faktlarni) tushun- 
tirishda o‘ziga ma’lum tushunchalarni qo‘llaydi. Har bir dalil (fakt) 
da umumiy holatning ayrim qismlari mavjud bo‘ladi. Dastlab u 
alohida dalillar (faktlar) sifatida namoyon bo‘lsa, keyinchalik ham 
shundayligicha namoyon bo‘ladi. F.Bekon aynan induksiyani aso­
siy uslub deb hisoblaydi. Uning fikricha, deduksiyadagi muayyan 
bir fikrga kelish va to‘g‘ri xulosa chiqarish ko‘p hollarda xatolik- 
ka uchraydi. XIX asr tarixchilari aksariyat hollarda induktiv uslub- 
ni qo‘llaganlar. Hozirgi kunda ham deduktiv uslubga shubha bilan 
qarash mavjud. D.Elton manbalardagi empirik materiallarga xos 
bo‘lmagan nazariyalarni qo‘llash fan uchun zarar keltirishi mum­
kin, deb hisoblaydi. Biroq uning bunday keskin nuqtayi nazar 
boshqa tarixchilar tomonidan ma’qullanmadi. Hodisalarning tub 
mohiyatiga yetishish va uni anglash uchun o‘zaro yaqin fanlardan 
hamda tushuncha va nazariyalardan foydalanish lozim. Induksi- 
ya va deduksiya bir-biriga bog‘liq va ular bir-birini to‘ldirib keladi.
Analiz (tahlil) va sintez (hodisalami o‘zaro bog‘langan, bir butun 
holda tekshirish, olingan natijalarni umumlashtirish, ulardan bir bu­
tun xulosa chiqarish) uslublari. Mazkur tadqiqot uslublari ham ta­
rixchilar tomonidan tadqiqotlar jarayonida keng qo‘llaniladi. Tahlil 
obyektning turli tomonlarini alohida ajratib olgan holda, bir butun 
hodisani alohida qismlarga ajratgan holda o‘rganadi. Tarixchi o‘rga- 
nilayotgan davr yoki tadqiqot obyektini tadqiqot jarayonida bir butun, 
yaxlit holda jalb qila olmaydi yoki tadqiqot ko'lami tadqiqot obyekti­
ni yaxlit holida qamrab ololmaydi. 0 ‘rganilayotgan obyektning yoki 
davrning turli omillarini hamda tadqiqot obyektini turli nuqtayi na- 
zarlardan tadqiq etayotgan tarixchi tahlil natijasida qo‘lga kiritilgan 
ma’lumotlarni birlashtiradi va umumlashtirgan holda bir butun, yaxlit 
tushunchaga yoki xulosaga keladi. Tarixda va tarixiy tadqiqotda sintez 
nisbatan murakkab uslub bo‘lib, tadqiqot obyektini tushunishda sifat 
jihatdan jiddiy ravishda olg‘a siljishga imkon beradi.
«Tarixiy sintez» tushunchasi A.Berr tomonidan ishlab chiqil- 
gan. U XX asr boshlarida «Tarixiy sintez jurnali»ni va Xalqaro

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling