Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Intuitsiya. 
Yaxshi ma’lumki, olimlar ko‘pincha ilmiy muam- 
molarni hal etish jarayonida intuitsiyadan foydalanadilar. Tad­
qiqotchining bunday kutilmaganda yuzaga keladigan xulosasi 
keyingi jarayonda ilmiy uslublar bilan qaytadan tekshiriladi. Ta­
rixda XIX asr oxiridayoq V.Diltey tarixiy jarayonlarni tushunish 
va ularni anglashning asosiy uslubi sifatida intuitsiyani ko‘rsat- 
gan. Biroq uning bu nuqtayi nazari aksariyat tarixchilar tomo­
nidan qabul qilinmadi, bunday uslub tarix fani tadqiqotlarini in- 
qirozga olib keladi va xulosalar o‘ta subyektiv xususiyatda bo‘ladi, 
tarixiy tadqiqotlarda obyektiv uslublar zarur deb hisoblandi.
Biroq bu bilan intuitsiya tarixiy tadqiqotlarda jiddiy o‘rin 
tutmaydi deb qaramaslik kerak, tarixchida intuitsiya o‘z fanini 
chuqur bilishida va tarixchining bilimdonligida, u yoki bu uslub- 
larni o‘z o‘rnida qo‘llay bila olish malakasida ko‘rinishi mumkin. 
Bilimsiz hech qanday intuitsiya mavjud emas, tarixiy jarayonni 
tasavvur qilish yoki his qilish uchun albatta tarixchining iqtidori 
va bilimi zarurdir. Bunday xislatga ega tadqiqotchilar esa mazkur 
uslubni qo‘llab ajoyib ilmiy ishni amalga oshirishlari mumkin.
Tayanch tushunchalar: 
mantiqiy uslub, tarixiy uslub, taxm in- 
lardan aniqlikka o‘tish, tizim li yondashuv, tizim li tahlil, induk- 
siya, deduksiya, tahlil, sintez, modellashtirish, matematik m o­
dellashtirish, konkretlikdan abstraktlikka o‘tish, abstraktlikdan 
konkretlikka o‘tish, tizimli yondashuv, tizim li tahlil, analiz, 
tahlil, sintez, modellashtirish, matematik modellashtirish, in- 
tuitsiy.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Mantiqiy uslub qanday uslub va uning mohiyati?
2. Tarixiy uslub qanday uslub va uning mohiyati?
3. Taxminlardan aniqlikka o‘tish nima?
4. Sistemalik yondashuv va sistemalik tahlil va uning mohiyati.
5. Tarixiy tadqiqotlarda induksiy.
6. Tarixiy tadqiqotlarda deduksiy.
7. Tahlil va sintez hamda uning tadqiqotlardagi ahamiyati.
8. Tadqiqotlarda modellashtirish nima?
9. Matematik modellashtirish va uning tarix tadqiqotlarida- 
gi o‘rni.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling