Metodologiyasi


Diaxron uslub (davrlashtirish metodi)


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Diaxron uslub (davrlashtirish metodi). 
Vaqt muammosi ko‘pgi- 
na fanlar, jum ladan tarix fani nuqtayi nazaridan ham eng dolzarb 
muammolardan biri sanalib, ayrim tarixchilarning tushunchasi- 
ga ko‘ra «umumiy takrorlanmas (zamon va makonda) jarayon ju ­
da ko‘plab takrorlanuvchi (zamon va makonda) ichki tarkibiy ja- 
rayonlardan tashkil topadi»1.
Vaqt bo‘yicha jarayonlarning eng ahamiyatli xususiyatlari
yangi bosqichlarning, davrlarning shakllanish holatlari aniqlanib, 
jarayonlarning boshlanish va yakuniy davridagi holatlari solishti- 
rilib, taqqoslanadi, taraqqiyot va rivojlanishning umumiy yo‘na- 
lishlari aniqlanadi.
1990-yilda M adridda bo‘lib o‘tgan tarixchilarning XVII 
xalqaro kongressida Yevropa va Osiyoda yaratilgan tarixiy tad­
qiqotlarda ko‘tarilgan tarixdagi vaqt masalasi muammolari mu- 
hokama etildi. M azkur kongressda M.Barg tomonidan vaqt kate- 
goriyalarining tarixiy bilish tamoyillaridagi o‘rni haqida m a’ruza 
qilindi2.
M.Bargning qarashlariga ko‘ra, kalendar yil tarixiy vaqt tu- 
shunchasiga ko‘ra «tashqi» vaqt, ijtimoiy-tarixiy vaqtni esa «ich­
ki» vaqt sifatida talqin qilish mumkin. Bunda kalendar yil mutlaq 
doimiy va davomiydir, ijtimoiy-tarixiy vaqt esa qiyosiy va tanaf- 
fuslar bilan namoyon bo‘ladi, unda davriylik va takrorlanuvchan- 
lik, turg'unlik holatlarini kuzatish mumkin3.
1 Сорокин П.А. Голод как фактор. — М., 2003. С. 4.
2 Лаптева 
М .
П. Теория и методология истории: курс лекций /
М .
П. 
Лаптева; Перм. гос. ун-т. — Пермь, 2006. С. 176. 
/
3 Барг М.А. «Историческое время»: методологический аспект / / Новая и 
новейшая история. 1990. № 1. С. 66—67.


Davrlarning ahamiyatga molik jihatlarini aniqlash uchun 
davrlashtirish mezonlarini aniq va ravshan belgilab olish va 
bunda albatta jarayonning sodir bo‘lishidagi obyektiv sharoit- 
lar va jarayonning o‘zini inobatga olish zarur. Davrlashtirish- 
ning bir m ezonini boshqa bir mezon bilan alm ashtirish mumkin 
emas. Ayrim hollarda u yoki bu voqea va jarayon yoki bosqich- 
ning boshlanish sanasini aniq ko‘rsatish imkonsiz bo‘lib qoladi, 
chunki jamiyatdagi barcha jarayonlarning chegaralari harakat- 
lanuvchi va ayni vaqtda shartli holda belgilangandir. Bu tadqiqot 
jarayonida barcha jarayonlar va voqealarning turli xususiyatlarga 
egaligi, bir taxlitda sodir bo‘lmasligi va vaqt nuqtayi nazaridan 
kelib chiqqan holda ularni aniq bir «qolip»ga solib chegaralab 
q o'yish
maqsadga muvofiq emas va tarixchi tadqiqot jarayoni­
da bu jihatlarni albatta inobatga olishi zarurdir. Qachonki bir 
nechta tizim va mezonlar mavjud bo‘lib, ular tadqiqotga jalb 
etilsa, tarixiy bilish jarayonining ko‘lami va mazm unan boyligi 
ham ortib boradi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling