Metodologiyasi
Tarixiy taqqoslash uslubi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Мелконян Э.Л. Проблемы сравнительного метода в историческом знании. Ереван. 1981.
Tarixiy taqqoslash uslubi.
Taqqoslash uslubi dastlab ma’rifatpar- varlar tomonidan qo‘llanilgan. F.Volter birinchilardan bo‘lib o‘zi tomonidan yaratilgan tarixiy kitoblarida taqqoslash uslubini qo‘lla- gan, biroq bunda bu uslub tarixiy uslubga nisbatan ko‘proq vo- sita sifatida qo‘llanilgan. XIX asr oxirlariga kelib bu uslub tari xiy tadqiqotlarda, ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy tarix sohalarida ancha keng o‘rin tuta boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillar- da ayniqsa komparativ uslub keng qoMlanila boshlandi. Amalda bironta ham tadqiqot bu uslublarni qo‘llamasdan amalga oshiril- maydigan bo‘ldi. Aslida bironta ham ilmiy tadqiqot taqqoslash uslubini qo‘lla- masdan amalga oshirilmaydi. Taqqoslash metodi eng muhim va shu bilan birga tarixiy bilish jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan metoddir1. 1 Мелконян Э.Л. Проблемы сравнительного метода в историческом знании. Ереван. 1981. Daliliy materiallarni, ma’lumotlarni yig'ish, dalillarni tizim- lashtirish va tahlil qilish jarayonida tarixchi ko‘pgina jarayonlar ning mazmunidagi o‘xshashlikni, biroq ayni vaqtda jarayonlar ning zamon va makon bo‘yicha turliligi, bir-biridan farqlanishi omillari sababli xilma-xillik kasb etishini va yana ayni vaqtda shaklan umumiylikni ko‘rishi mumkin. Mazkur uslubning bilish jarayonidagi mazmuni uning tarixiy jarayonlarning mohiyatini tushuntirib berish uchun yo‘naltiradigan imkoniyatlaridadir. Ja- rayonning mohiyatini anglash va tushunish uchun uning o‘xshash- lik va farqlanuvchi xususiyatlarini tushunish kerak. Bu uslubning mantiqiy asosini analogiya tashkil etib, tadqiqot obyektidagi biror- bir o‘xshashlik asosida jarayonning boshqa jihatlari haqida ham xulosalar chiqarilishi mumkin. Tarixiy taqqoslash uslubi tarixiy jarayon tafsilotlari aniq va ravshan bo‘lmaganda uning mohiyatini ochishga, shuningdek, umumiylikni, qonuniylikni, takrorlanuvchanlikni aniqlash ham da umumlashtirishga va tarixiy parallellikni yuzaga chiqarish uchun imkon beradi. Bunda albatta bir qator talablarga rioya etishga to‘g‘ri keladi. Jumladan, avvalo taqqoslash tarixiy jara yonning shaklan o‘xshash jihatlarini emas, balki mohiyatini aks ettiruvchi aniq va konkret dalillar (faktlar) bilan amalga oshiri- lishi lozim, ikkinchidan, hodisalar va jarayonlarning tipologiya- si va davrini yaxshi bilish va tushunish lozim. Taraqqiyotning bir bosqichida yoki turli bosqichlarida bo‘lgan bir xil va turli xil hodi- salarni taqqoslash mumkin. Bir holatda mohiyat o‘xshashlik aso sida ochiladigan bo'lsa, boshqa holatda turlilik asosida aniqlani- shi mumkin. Biroq ayni vaqtda tarixchidan tarixiylik tamoyilini unutib qo‘ymaslik talab etiladi. Funksional-tuzilishli tahlil tarix fani tadqiqotlarida bosh qa tadqiqot metodlariga nisbatan birmuncha samarali hisobla- nadi. Funksional-tuzilishli tahlilning asosiy jihati shundaki, u mavhumlik (abstraktlik)dan aniqlik (konkretlik)ka o‘tish uchun asos bo‘la oladi, bu metodni tadqiqot jarayonida qo‘llash ilmiy bilimlarning eng yuqori darajasi bo‘lgan aniq nazariy bilimga yo‘naltirish imkoniyatini beradi1. Biroq bunda o‘rganilayotgan voqelik yoki tarixiy tizimlarni konsruksiyalashda subyektiv yon dashuv hamda haddan tashqari abstraktlashtirish (mavhumlash- tirish) maqbul emas. Tarixiy taqqoslash uslubini qo‘llashda bir qator cheklanishlarga duch kelish mumkin. Bu uslub real voqelikning turliligini tushu- nishga imkon bersada, konkret shakldagi xususiyatini ko‘rsatib berolmaydi. Shuningdek, tarixiy taraqqiyot sur’atining tadqiqida ham tarixiy taqqoslash uslubidan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Mazkur uslubning rasman (shunchaki qo‘llash, qo‘llani- shi «kerak» bo‘lganligi uchun qo'llash) qollanilishi xatoliklarga olib kelishi, ko‘pgina tarixiy hodisalar mohiyatining noto‘g‘ri tal- qiniga va tavsiflanishiga olib kelishi mumkin. Tarixiy taqqoslash uslubidan boshqa tadqiqot uslublari bilan birgalikda foydalanish mumkin. Afsuski, tarixchilar tomonidan tarixiy taqqoslash uslu- bi ko‘p hollarda analogiya va solishtirish bilangina qo'llaniladi, u tadqiqotlar jarayonida to‘liq yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan jihatla- rini inobatga olgan holda kamdan kam qo‘llaniladi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling