Metodologiyasi


Diaxron uslub (davrlashtirish uslubi)


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Diaxron uslub (davrlashtirish uslubi) 
tarixiy tadrijiylik 
asosida tadqiqotning amalga oshirilishi, tarixiy voqealarni 
ketma-ket, bosqichma-bosqich rivojlanishi bo‘yicha tadqiqot 
amalga oshiriladi.
Modellashtirish 
— bilish obyektlarini (ko‘pincha fizikada) 
ularning modellari yordamida tadqiq qilish. Modellashtirish aso­
sida tadqiqot obyekti bilan uning modeli o‘rtasidagi o‘xshash- 
lik, muvofiqlik yotadi. Hozir bu metod ilmiy tadqiqot jarayonini 
yengillashtiradi.
Retrospektiv uslub 
— retrospektivlik, o‘tmishga qaratilganlik. 
Tarixiy tadqiqotlarda bugungi kundan o'tmishga yoki natija va oqi- 
batlardan sabablarga yo‘nalgan holda tarixni tadqiq etish uslubi.
Sinxron uslub 
— sinxronlik xususiyatiga ega bo‘lgan, sinxron 
ravishda (bir vaqtda, baravar) sodir boMadigan. Bir vaqtda sodir


bolgan turli tarixiy voqealarni o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqot 
uslubi.
Tarixiy-tizimli uslub — turli darajadagi ijtimoiy-tarixiy tizim- 
larning mavjudligidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, 
voqelikning asosiy komponentlari — individual va takrorlanmas 
hodisalar, voqealar tarixiy vaziyatlar va jarayonlar ijtimoiy tizim- 
lar sifatida ko‘rib chiqiladi.
Tarixiy taqqoslash uslubi 
— tarixiy jarayon tafsilotlari aniq va 
ravshan bo‘lmaganda uning mohiyatini ochishga, shuningdek, 
umumiylikni, qonuniylikni, takrorlanuvchanlikni aniqlash ham- 
da umumlashtirishga va tarixiy parallellikni yuzaga chiqarish 
uchun qollaniladi.
Tarixiy-tipologik uslub 
- tipologiya tarix fanida tarixiy hodi­
salar va jarayonlarni umumiy alomatlari, jihatlari, mohiyatiga qa~ 
rab ilmiy asosda guruhlarga ajratish, tasnif (klassifikatsiya) qilish. 
Tipologik uslub tarixiy jarayonlarning mohiyatiga asosan tahlil 
qilishdir.
Tipologiya 
— tarix fanida tarixiy hodisalar va jarayonlarni 
umumiy alomatlari, jihatlari, mohiyatiga qarab ilmiy asosda gu­
ruhlarga ajratish, tasnif (klassifikatsiya) qilish.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling