Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Xronologik uslub 
— voqealarning ketma-ket sodir bo‘lishiga 
asoslangan, voqea va hodisalarni xronologik tartibda bayon qi- 
lishga yo‘naltirilgan tarixiy tadqiqot uslubi.


TARIX FANI TADQIQOTLARIDA MATEMATIK 
USLUBLARNING QO‘LLANILISHI
Matematik uslublar. Ommaviy jarayonlarning rivojlanishida qo- 
nuniyatlarni va tendensiyalarni aniqlashda matematik uslublar. 
Uslublarning reprenzentativ tanlanishi. Matematik modellashtirish. 
Rasmiy son uslubi. Ikki turi: imitatsion modeli va ko‘rsatish- 
o'rganish modeli.
Tarix fanida matematik uslublardan foydalanishning boshla- 
nishi XIX asr oxiri — XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Tarixchi- 
lar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning statistik tahlili bilan shug'ul- 
lana boshladilar.
Matematik uslublardan foydalanishning yangi bosqichi ik- 
kinchi jahon urushidan so‘ng, XX asrning 50—60-yillarida EHM 
lari paydo bo‘lgandan boshlandi. 1962-yilda AQSH dagi bir qator 
universitetlar va kollejlar siyosiy tadqiqotlar konsorsiumini tash- 
kil etdilar va bu faoliyat davomida AQSH tarixini ham o‘rga- 
nib ma’lumotlar to‘plashni boshladilar. Yangi tadqiqot uslublari- 
ga asoslangan holda «yangi iqtisodiy tarix», «yangi siyosiy tarix», 
«yangi ijtimoiy tarix» tushunchalari shakllandi. «Kliometriya» 
deb nom olgan yangi fan haqida fikrlar paydo bo‘la boshladi va 
dasturlar hamda m a’lumotlar bazalari yaratildi. Bu faoliyat nati- 
jasida ikki nafar kliometrist D.Nort va G.Fogel Nobel mukofoti 
bilan taqdirlandi. Ulargacha va ulardan keyin ham bunday nufuz- 
li mukofotga biron-bir tarixchi musharraf bo‘lmagan. Bu uslub- 
larni qoMlash borasida strukturalistlar dastlabkilardan boMdilar. 
Ayni vaqtda «tavsifiy» tarix tarafdorlari tarixiy jarayonlarni had- 
dan tashqari abstraktlashtirishga qarshi chiqdilar va manbalar- 
da miqdoriy ma’lumotlar (dalillar, faktlar)ning yetarli emasligini 
asos sifatida ko‘rsatib, tarixning fan sifatida o‘z qiyofasini yo‘qoti- 
shi mumkinligini ta’kidladilar.
Keyinchalik bu masaladagi bahslar to‘xtadi, kliometristlar tarix 
fanini tarixiy tavsiflashlarsiz matematikalashtirish va unga bog‘liq 
fan sifatida ko‘rsatish g‘oyasidan voz kechdilar. Biroq ayni vaqt-


da an’anaviy tarix tarafdorlari va mutaxassislar esa bu masala- 
ga boshqacha yondashib, matematik uslublar yordamida tarix 
fani tadqiqotlaridagi bir qator masalalarni hal etish mumkinligini 
ko'rsatib berdilar. Bu esa XX asrning 60-yillarida tarix fani tad­
qiqotlarida matematik uslublardan foydalanishni kuchaytirdi va 
ayni vaqtda matematiklar tarix fani tadqiqotlarida bag‘ishlangan 
ishlarga o‘z takliflarini kirita boshladilar, matematik uslublarga 
berilayotgan urg‘u kuchayib bordi. Biroq bu jarayonlarda tarixchi- 
lar tarixda barcha narsani miqdor jihatdan asoslab berish mumkin 
emasligini va tadqiqotlar jarayonida tarixiy uslublar hech qachon 
o‘z ahamiyatini yo'qotmasligini yaxshi tushunib turardilar. Ayni 
vaqtda tarixchilar tarix fani tadqiqotlari sohasida yaxshi sama­
ra berishi mumkin bo‘lgan matematik uslublarni ham o‘zlashti- 
rish kerak deb hisobladilar. Bundan kelib chiqadiki, tadqiqotlar 
jarayonida matematik uslublardan zarur hollarda boshqa maxsus 
tarixiy va umumfan uslublaridan ham foydalangan holda foyda- 
lanish maqsadga muvofiqdir, aks holdagi qollashlarda esa tarixiy 
jarayonlarni tushunishda xatoliklarga olib kelishi mumkin.
Matematik uslublar umumiy jarayonlarning rivojlanishida- 
gi qonuniyatlar va an’analarni aniqlab berishi mumkin. Ko‘plab 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy jarayonlar matematik uslublar yordami­
da o‘rganilmoqda. Matematik uslubsiz tizimli yondashuv tad ­
qiqot yuzasidan keng va atroflicha tushuncha bermasligi mum­
kin. Tipologik klassifikatsiya (tasniflash) jarayonida u bir xilda 
bo‘lmay ko‘p tomonlama (turli xil) bo‘lishi mumkin va bunda shu 
taxlitda yondashuv va tahlil talab etiladi.
Oddiy raqamlarni, foizlarni va oddiy hisobli guruhlarni tad­
qiqot jarayonida qo‘llash bu matematik uslublardan foydalanish 
degani emas. Hozirgi vaqtda dispersion, korrelyatsion, faktor 
(omil, muhit)li, klasterli tahlil, axborot nazariyasi elementlari va 
differensial (o‘zgaruvchan) tenglashtirish, matematik modellash- 
tirish uslublari tarix fani tadqiqotlarida qo‘llaniladi.
Matematik uslublar turli holatlar va omillar, u yoki bu ho- 
disalarning sabablari, asosiy faktlar (dalillar)ni aniqlash, ular-


ning qiyosiy ahamiyatini aniqlashda qo‘l keladi. Shuningdek, bu 
uslublar gneseologik m uam m olar — manbalardagi m a’lumotlar- 
ning haqqoniyligini tekshirish, m anbadan ko‘proq axborotlarni 
olish darajasini oshirish kabilarni hal etishda ham yordam be- 
radi. Ayni vaqtda m azkur uslublardan foydalanishning m e’yor- 
lari va tadqiqotlardagi o ‘rnini aniqlab olish muhim ahamiyat 
kasb etadi, chunki uning tadqiqot obyektining xususiyatlari, 
ayni vaqtda tarix fanining va matem atika fanining taraqqiyo- 
ti bilan holatlarini ham diqqat-e’tibordan chetda qoldirmaslik 
lozim.
Matematik uslublardan tadqiqot jarayonida eng zarur holatlar- 
da va qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘lgan holatlarda foydalanish 
mumkin va qo‘lga kiritilgan natijalarni va xulosalarni an’anaviy 
uslublardan foydalangan holdagi natijalar bilan taqqoslab borish 
maqsadga muvofiqdir. Bunda tarixchining matematika fani so- 
hasidan ham yetarli bilimga ega bo‘lishi muhim o‘rin tutadi va 
har ikki fan yuzasidan yuqori darajadagi bilimga ega tarixchi 
mutaxassislar tadqiqotlar jarayonida katta natijalarga erishishlari 
mumkin.
Shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi va ilmiy tadqiqotlar 
jarayoniga kirib kelishi bilan matematik uslublardan foydalanish­
ning yangi bosqichi boshlandi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling