Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

I
 
198


sintez markazini joriy etib, bir qator mamlakatlarda faoliyat olib 
borayotgan tarixchilar, sotsiologlar hamda tabiiy va matemati- 
ka fanlari sohalari olimlarini birlashtirdi. A.Berr madaniy-tarixiy 
sintez tushunchasini ilgari surib, psixologiya va antropologiyaning 
yutuqlaridan foydalanish hamda tarix va sotsiologiyani birlashti- 
rish g‘oyasini yoqlab chiqdi.
Har bir falsafiy yo‘nalish sintez uchun o‘z asoslarini ko'rsata bosh­
ladilar. Ulardan biri postmodernistlar tushunchasidan kelib chiqqan 
holda madaniy omillarga asoslangan sintez g‘oyasi bo‘lib, bugungi 
kunda ham bu borada aniq va konkret xulosalar mavjud emas.
Biroq shu narsa aniqki, tahlil (analiz) va sintez o‘zaro bog‘liq- 
dir. Tahlil jarayonida erishilgan muvaffaqiyat sintezsiz ahamiyat 
kasb etmaydi. Sintez tadqiqot uchun tahlilga yangi bir turtkilar 
berib, uning faolligini ta’minlasa, tahlil o‘z navbatida yangi sin- 
tezga yo‘l ochib beradi. Sintez ham muvaffaqiyatlarga erishgan 
bolsada, biroq ular qisqa va xususiy xarakter kasb etadi. Tarix­
chilar tomonidan sintezni aniqlovchi aniq bir omillarni ilgari su- 
rishda yakdillik yo‘q va tadqiqot predmetining ko‘lami qanchalik 
katta bo‘lsa, sintez ham shunchalik murakkab bo‘ladi.
Modellashtirish. 
Modellashtirish ilmiy faoliyatning keng 
tarqalan shakllaridan biridir. Barcha fanlarda modellashtirilayot- 
gan hodisalar haqida ma’lumot olishda, farazlar va nazariyalarni 
ishlab chiqishda modeldan foydalaniladi. Shu jum ladan tarixchi­
lar ham bu uslubdan tadqiqotlar jarayonida keng foydalanadilar. 
Tarixiy hodisalarni modellashtirish mantiqiy shakllantirish yor- 
damida amalga oshiriladi, ya’ni fikran mazmun-vazifaviy re- 
ja shakllantiriladi. Modellashtirish soddalashtirish, ideallashti- 
rish va abstraktlashtirish bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. 
U manbalardagi ma’lumotlarning reprezentativligini tekshirish- 
da, dalillarning ishonchliligini, farazlar va nazariyalarning ha- 
qiqiyligini tekshirish imkonini beradi. Masalan, jamoaning ho­
latini o‘rganish uchun uni modellashtiriladigan bolsak, bunda 
sotsiologiya, huquq, psixologiya hamda jamoaning o‘ziga xosli- 
gi omillarini ham e’tiborga olish talab etiladi. Bu esa o‘z navbati-


da fanlararo yondashuv uslubining qo‘llanilayotganligini ham 
anglatadi. Bu jarayonda bir holatni hisobga olish kerakki, bosh­
qa bir fanning modelini to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb etish maqsadga mu- 
vofiq emas, uni fanning tuzilishi mohiyati nuqtayi nazaridan 
shakllantirish lozim.
Matematik modellashtirish uslubi ham mavjud. Bunda 
matematik tartibsizlik nazariyasi, ijtimoiy halokatlar nazariyala- 
ridan foydalaniladi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling