Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
Marksizm.
Pozitivizm bilan bir qatorda bu davrda yangi qa- rash, ya’ni tarixni materialistik tushunish g‘oyasi shakllandi. Bu g‘oya dastlab K. Marks va F.Engelsning «Kommunistik partiya manifesti» (1848) nomli kitobida, keyinchalik «Kapital» asarida ko‘rsatib berildi. Marksistlar va marksizm tarafdorlari tarixni falsafiy umum- lashtirish, uning asosiy qonuniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘zlariga xos «ilmiy» g‘oyani ilgari surdilar. Bu g‘oyaning mazmuniga ko‘ra kishilik jamiyati taraqqiyo tining asosini ishlab chiqaruvchi kuchlarning va ishlab chiqa rish munosabatlarining dialektikasi tashkil etadi. Bu yerda gap pozitivistlar kabi faqatgina iqtisodiy omillar haqida emas, balki moddiy ne’matlarning yaratilishi va moddiy farovonlik haqi da ham bormoqda. Marksizmga ko‘ra jamiyat taraqqiyotining asosida ishlab chiqarish shakllarining almashinuvi, ya’ni ibti- doiy jam oa shakli, antik, feodal, burjuacha va kommunistik ish lab chiqarish shakllari ketma-ketligi yotadi. Tarix — bu sinf- lar o‘rtasidagi kurashdan iborat, deb ko‘rsatiladi. Tarixda sodir bo‘lgan har qanday voqea va jarayonlardan sinfiy kurash omilini izlash kerakligi ko‘rsatilib, K.Marks bu g‘oyaning yuzaga kelishi o‘ziga tegishli emasligini ham ta’kidlab o‘tadi. Haqiqatan ham bu boradagi dastlabki fikrlar O.Tyerrining «Завоевание Англии норманнами» («Angliyaning norm annlar tom onidan zabt eti- lishi») asarida istilochilarni (norm annlarni) hukm ron sinf, mag‘lubiyatga uchraganlarni esa eziluvchi, jabrlanganlar sifatida ko‘rsatib o‘tadi. Keyinchalik F.Gizo sinflarga bo‘lishda mulkiy farqlanish om ilini ham ko‘rsatib o‘tadi. K.Marks esa sinflarning ishlab chiqarish tizimidagi o‘rnini ko‘rsatib berdi. Uning sinfiy bo'linishga barham berishda proletariat (ishchilar sinfi) diktatu- rasining muqarrarligi haqidagi fikrlari va g‘oyalari jamiyat hayoti uchun o‘ta darajada keskinligi (radikalligi) sababli o‘z davrining ko‘pgina tarixchilari va mutafakkirlari tom onidan qat’iy ravish da rad etildi. Biroq ayrim hollarda xorij tarixchilari tomonidan tarix fanida sinfiy yondashuvning qisman o‘zgartirilgan holatda- gi ko‘rinishlari bo‘yicha, ya’ni mulkiy daromadi darajasiga qarab o‘rganish ham uchrab turdi. F.Engels K.Marksning tarixni materialistik tushunish borasida- gi qarashlari haqida fikr bildirar ekan, bunda xatoliklar ham mav- judligini ta’kidlab o‘tgan. Bu vaqtda ayrim tarixchilar tomonidan iqtisodiy omilga tarixiy jarayonlarni belgilab beruvchi taraqqiyot- ning yagona omili sifatida qaralgan, bu esa «soxtalashtirilgan ma- terializm» tushunchasining shakllanishiga olib keldi. Aslida esa, iqtisodiy omil taraqqiyotning yakuniy bosqichida muhim o‘rin tutgan bo‘lsa, ayni vaqtda tarixiy jarayonlarni belgilab beruvchi va jamiyat taraqqiyotiga ta’sir o‘tkazuvchi siyosiy, huquqiy, maf- kuraviy, falsafiy, diniy, adabiyot va san’at kabi asosiy omillarning mavjudligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. XX asrning 90-yillariga kelib marksizm qarashlari asosida- gi «tarixni materialistik tushunish» g‘oyasi tarixchilar tomonidan rad etildi va bu tamoyillar asosida amalga oshirilayotgan tari xiy tadqiqotlar ham barham topdi, endi tarixchilar tadqiqotlar ja rayonida ilmiy ijodiy erkinlikka erishib, shu vaqtgacha «yagona va to‘g‘ri» deb hisoblab kelingan tarixni materialistik tushunish g‘oyasi va tadqiqotlarni ham shu qarashdan kelib chiqqan holdagi «ilmiy xulosalarga moslashtirish»dan voz kechib, tarixni umum- fan tadqiqotlari tamoyillaridan kelib chiqqan holda ilmiy va ta rixiy, obyektiv jihatdan tadqiq qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar va bu jarayonlar hozirgi kunda ham takomillashtirib va mukammal- lashtirib borilmoqda. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling