Metodologiyasi
Tarix falsafasining nazariy asoslari. 37-b
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Tarix falsafasining nazariy asoslari. 37-b.
183 larni tanlash va tadqiqotga jalb etishda ko‘proq natijaga erishish mumkin, shuning uchun bir qator yirik tarixchilar falsafa sohasi- da ham katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Ayni vaqtda tarix chi falsafaning u yoki bu tamoyillarining eng nozik jihatlariga- cha e’tibor qaratmaydi, chunki bu falsafa fanining xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi va tarixchi ulardan faqat tadqiqot uchun va o‘z ilmiy tadqiqot mavzusining mazmunidan kelib chiqqan holda- gina zarur bo‘lganlari va samarali hisoblanganlarini olishi mum kin. Shundan kelib chiqqan holda quyida tarix fanining rivojlani- shi uchun jiddiy ta’sir ko‘rsatgan bir qator falsafiy yondashuvlar va falsafiy uslublar haqida so‘z yuritiladi. Shu o‘rinda 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida- gi quyidagi fikrlari alohida e’tiborga molikdir: — «Albatta, bunday falsafiy yondashuvlarning har biri o‘z davridagi mavjud siyosiy-ijtimoiy vaziyat, hukmron mafkura, jamiyatning huquqiy va madaniy saviyasi, turli sotsial guruh va toifalarning qarashlarini ifoda etishga xizmat qiladi. Ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida bunday bahslar sof nazariy masala doirasidan chiqib, m a’lum bir tuzum yoki dav- latning rasmiy mafkurasi maqomini ham olgan. Buning tas- dig‘ini uzoqqa bormasdan yaqin tariximizda — sho‘ro zamonida materialistik qarashni ustun qo‘yish natijasida materiya birlam- chi, ong esa ikkilamchi, degan tamoyilning hukmron dunyoqa- rash darajasiga ko‘tarilgani, buning oqibatida insonning ma’naviy qadriyatlari, ayniqsa, uning milliy va diniy tuyg‘ulariga bepisand qarab kelingani misolida ham ko‘rish mumkin. Ushbu masalaga chuqurroq va atroflicha nazar tashlaydigan bo‘lsak, avvalo shuni aytish kerakki, bu ko‘hna dunyo, biz yasha- yotgan hayot yagona, yaxlit bir voqelikdir. Shunday ekan, m od diy ehtiyojlarni insonning ruhiy olamiga qarama-qarshi qo‘yish, ularning birini ustun deb bilgan holda, tiriklikning asosiy maqsa di sifatida qabul qilish qandaydir biryoqlama qarash ifodasi, deb aytsak, xato bo‘lmaydi. Qolaversa, bu masalaga bunday keskin yondashuv, xususan, odamning ruhiy dunyosini mensimaslik, uni ikkilamchi o‘rin- ga qo‘yish oxir-oqibatda jamiyat hayotida inqirozga olib kelishi muqarrar ekanini tarix ko‘p marotaba isbotlagan»1. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling