Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Determinizm tamoyili
Marksistlar
— tarixchilarning siyosatga aloqadorligini sin- fiy qarama-qarshilik (yoki sinfiy mansublik) nuqtayi nazaridan ko‘rsatishga harakat qildilar. Bunda ularning aksariyat ko‘pchili- gi boshqa bir marksist G.Plexanovning tarix fani biror-bir par- tiya yoki siyosatga bog‘liq bolishi m umkin emas, faqatgina ta rixchining o‘zi bunday holatga mansub bo‘lishi mumkin, degan qarashlarini ham inkor qildilar. XX asr dastlabki choragida bu qarama-qarshilik asta-sekin so‘nib bordi va asosan sobiq sovet tarixchilaridan «so‘nggi tarixiy jarayonlar haqida tarix faniga o‘zgartirishlar kiritish» va tarixchilarni «mafkuraviy front jang- chilari» sifatida shakllantirilishi talab darajasiga ko‘tarildi. Bun day vaziyatda bu tarixchilartomonidan tarixiy haqiqatni iziash va xolisona tarixiy tadqiqot olib borish amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Sovet mafkurasi tarix fanini o‘z ta’siriga olib uning fan sifatidagi mavqeiga ham putur yetkaza boshladi. XX asr oxirlari- ga kelib tarix fanida bu qarashlardan voz kechildi. Determinizm tamoyili — sababiylik g‘oyasi yangi davrda o‘rta asrlardagi Uyg‘onish davriga xos bo‘lgan bashoratchilik g‘oyasi va voqealarning «tasodifiyligi» g‘oyasi o‘rniga paydo bo‘ldi. Sa babiylik tamoyili fransuz va nemis ma’rifatparvarlari tomonidan ilgari surilgan. Ular tarix — tartibsiz tasodiflardan iborat degan g‘oyaga qarshi chiqdilar. Ma’rifatparvarlarning determinizm ta moyili qat’iy mazmunga ega bo'lib, u tarixda tasodiflar bo‘lishi m umkin degan qarashlarni butkul inkor qilib xatolikka yo‘l qo‘ydi. XIX asrda shakllangan evolyutsion (tadrijiylik) uslubi (pozitivist lar va marksistlarning qarashlarida) sabab va oqibatlarning uzluk- siz ketma-ketligiga asoslangan edi. Determinizm tamoyili tad qiqotchining e’tiborini tarixiy hodisalar va voqealarning shartli ravishda o‘zaro bir-biriga bogliq ravishda sodir bo‘lishiga qara- tadi. Bu tamoyilga ko‘ra barcha voqea va hodisalar o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Tarixchi tadqiqot jarayonida tarixiy voqea va hodisalarning sababi — oqibatlariga ko‘ra aloqadorligini, u yoki bu hodisalarning sodir bo‘lishiga turtki bo‘lgan omillarni aniqlashga e’tibor qaratish ta- lab etiladi. Bunda tizimli yondashuv yordamida tuzilishdagi alo- qadorlik o‘rganiladi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling